TUMANIMIZDA 370 NAFARDAN ZIYoD SAYLOVÇI MUDDATIDAN OLDIN OVOZ BERDI
2019-yil 22-dekabr sanasi xalqimiz va mamlakatimiz tarixida öçmas iz qoldiradigan kun. Şu kuni fuqarolarning öz xohiş-istagini erkin bildirişlarini kafolatlovçi hujjat – yangi Saylov Kodeksiga muvofiq Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi va xalq deputatlari viloyat, tuman, şahar Kengaşlariga saylovlar bölib ötadi.
Yurtdoşlarimiz Vatan taraqqiyoti va xalq farovnligi uçun daxldorlik tuyğularini his qilgan holda özlarining munosib nomzodlariga ovoz berişga şaylanmoqdalar.
Oramizda şunday odamlar ham borki, ular xizmat safari, olisda taʼlim olişi yoki soğliğidagi muammolari tufayli saylov kunida öz yaşaş manzillarida böla olmaydilar. Ular saylov Qonunçiligimizga muvofiq, 12-dekabrdan beri tumanimizdagi tegişli uçastka saylov komissiyalariga saylov kunida yaşaş joyida böla olmasligi sabablari körsatib bergan arizalariga muvofiq, muddatidan oldin ovoz berib, özlarining fuqarolik burçlarini ado etdilar. Bu jarayon saylov Kodeksining 57-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga töla rioya qilingan holda amalga oşirildi.
Saylovlarga doir tarğibot-taşviqot işlarining yaxşi olib borilganligi saylovçilarning faolligida yaqqol körinayapti.
Oq oltin ovulida istiqomat qiluvçi, bir umr halol mehnat qilib, el-yurt ravnaqiga hissa qöşgan otaxon Bozorboy Niyozimbetov davolaniş uçun Toşkent şahriga jönab ketişdan oldin hududidagi uçastka saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat qildi va 14-dekabr kuni muddatidan oldin öz munosib nomzodlariga ovoz berib, fuqarolik burçini ado etdi. Buningdek misollarni köplab keltiriş mumkin.
Umuman, tumanimizda faoliyat olib borayotgan barça saylov uçastkalarida ham muddatidan ovoz beriş zarurati tuğilgan yurtdoşlarimiz uçun barça şaroitlar yaratildi.
Dörman ovulida istiqomat qiluvçi Ravşanbek Jumaniyozov ham sanatoriyada dam olişga ketayotgani uçun 19-dekabr kuni hududidagi 104-saylov uçastkasida muddatidan oldin ovoz berdi.
Muddatidan oldin ovoz beriş jarayonida tumanimiz böyiça 370 nafardan ziyod fuqarolarning şu mazmundagi arizalari qanoatlantirildi va ular özlarining munosib deb bilgan nomzodlariga ovoz berdilar.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶