TUMANIMIZ VAKILLAPI XALQAPO AKTsIYa ĞOLIBLAPI BÖLIŞDI
Har yili butun dunyoda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti taşabbusi bilan 25-noyabrdan 10-dekabrgaça “Xotin – qizlarga nisbatan zöravonlikka qarşi 16 kun “ xalqaro aktsiya ötkazilişi anʼanaga aylanib qolgan. Mamlakatimizda ham Özbekiston Xotin qizlar qömitasi, Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça respublika Kengaşi, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Aholişunoslik jamğarmasining Özbekistondagi Vakolatxonasi hamkorligida 2019-yil 25-noyabrdan 10-dekabri oraliğida “Xotin - qizlarga nisbatan zöravonlikka qarşi 16 kun” xalqaro aktsiyasi ötkazildi. Aktsiya doirasida közda tutilganidek, mamlakat böylab barça ovul va mahallalar fuqarolar yiğinlari raislari hamda mahallalardagi xotin - qizlar bilan işlaş va oilalarda maʼnaviy - axloqiy qadriyatlarni mustahkamlaş böyiça mutaxassislarining xotin - qizlar huquqlarini taʼminlaş, zöravonlikka qarşi kuraşiş va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan işlaşga oid bilimlarini mustahkamlaş, ularning qöşimça bilim va könikmalarga ehtiyojini baholaş maqsadida On-Line test jarayonlari taşkil etildi.
Bu muhim tadbirda tumanimiz ovul va mahallalari raislari va xotin -qizlar qömitasining mahallalardagi mutaxassislari ham faol iştirok etdilar. Ular bir soat mobaynida Internetdan uzilmaslik texnik talabiga amal qilgan holda istagan hududlarida turib test jarayonlarida qatnaşib, belgilangan muddatda, berilgan 60 ta savollarga javob berişga harakat qilişdi. Natijalarga köra, tumanimizning Çoyköl ovul fuqarolar yiğini raisi Yaxşimurod Ahmedov, şu ovul tarkibidagi Bosuv mahalla fuqarolar yiğini xotin -qizlar bilan işlaş va oilalarda maʼnaviy -axloqiy qadriyatlarni mustahkamlaş böyiça mutaxassisi Dilfuza Abdullayevalar test sinovlarida eng yuqori ball töplab, ğoliblar safidan joy oldilar.
Şunisi eʼtiborliki, uşbu sinovga qamrab olingan 20 ming nafarga yaqin iştirokçilar içidan har bir maʼmuriy hududlardan 2 nafardan, yaʼni bir nafar mahalla raisi va 1 nafar xotin –qizlar bilan işlaydigan mutaxassis , jami 28 nafar iştirokçilar taşkilotçilar tomonidan rağbatlantirişga loyiq topilgan bölsa, Qoraqalpoğistonning ikki ğolibi ham tumanimiz vakillaridir.
Şu yilning 10-dekabrida Toşkent şahrida On-Line test ğoliblarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Marosimda Yaxşimurod Ahmedov va Dilfuza Abdullayevalar qatnaşib, taşkilotçilar tomonidan maxsus diplom va qimmatbaho sovğalar bilan rağbatlantirildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶