Sayyor sudda 9 nafar mahkum muddatidan ilgari ozod qilindi
Jinoyatga jazo muqarrarligini tuşuntiriş barobarida, jamiyatda adolat, insoniylik tamoyillarining ustuvorligini taʼminlaş, adaşib jinoyat köçasiga kirgan fuqarolarni jamiyatga qaytariş, soğlom ijtimoiy muhitni qaror toptiriş kabi maqsadlar közlanayotgan ana şunday tadbirlar natijasida jinoyatçilik va huquqbuzarliklar kamayişiga erişilmoqda.
Aytiş joizki, mahkumlar huquqlarining sözsiz taʼminlanişi, şaʼni va qadr-qimmatining hurmat qilinişi, qayta jinoyat sodir etilişining oldini olişda Prezidentimizning 2018-yil 7-noyabrdagi “Jinoyat-ijroiya qonunçiligini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarori muhim dasturilamal vazifasini ötamoqda. Mazkur qaror ijrosi doirasida probatsiya guruhlari hisobida turgan nazoratdagi şaxslar bilan keng jamoatçilik iştirokida sayyor sud majlislari ötkazib kelinmoqda.
Yangi yil amudaryolik 9 nafar mahkumlarning oilalari uçun çindan ham quvonçli bayram böldi. tuman Içki işlar bölimining majlislar zalida ötkazilgan oçiq sayyor sud majlisida ilgari bilib-bilmay jinoyat sodir qilgan 9 nafar yurtdoşlarimizdan “Mahkum” degan tamğani olib taşlaş masalasi muhokama qilindi.
Sayyor sudda Jinoyat işlari böyiça tuman sudi raisi Sultonmurod Davletmurodov, tuman prokurori yordamçisi Sanjar Yormuhammedov, tuman Içki işlar bölimi boşliği, podpolkovnik Uluğbek Xudoyberganov, Yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi boş mutaxassisi Muhiddin Örozimbetov hamda tuman Probatsiya guruhi xodimlari qatnaşdi.
Sud majlisida tuman Içki işlar organlari Probatsiya guruhi hisobida turgan jami 9 nafar mahkum örnatilgan tartib-qoida talablarini bajarganligi va mehnatga halol munosabatda bölganligi sababli Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan şartli ravişda muddatidan ilgari ozod qilindi. Ularning mahkum degan tamğalari olib taşlandi va oilalari bağriga qaytarildi.
Şundan söng, tuman içki işlar bölimi boşliği, podpolkovnik Uluğbek Xudoyberganov va boşqalar sözga çiqib, ötgan yillarga nisbatan qayta jinoyatlarning soni kamayganligi va bu illatning oldini oliş, fuqarolar xavfsizligini taʼminlaş, har bir insonning jamiyatda munosib örnini topib ketişiga kömaklaşiş uçun barça birgalikda harakat qiliş lozimligi haqida sözladilar. Profilaktik ahamiyatga ega bölgan, milliy qadriyatlarimiz, bağrikenglik tamoyillarimizga töla mos tuşadigan bunday tadbirlar fuqarolarning huquqiy bilimlarini oşirişga xizmat qiladi.
I.Jabborberganov, tuman IIO Probatsiya guruhi katta inspektori, mayor.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶