Tuman Xotin-qizlar qömitasining hisobot yiğilişi bölib ötdi
Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oşiriş, ularning turli soha va tarmoqlarda öz qobiliyat va imkoniyatlarini röyobga çiqarişi uçun şart-şaroit yaratiş, huquq va qonuniy manfaatlariga sözsiz rioya qilinişini taʼminlaş, onalik va bolalikni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, şuningdek, oila institutini mustahkamlaş borasida keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda.
Tumanimizda ham bu borada salmoqli işlar qilinmoqda. 8-yanvar kuni tuman hokimligi majlislar zalida tuman Xotin-qizlar qömitasining 2019-yilda amalga oşirgan işlari yuzasidan hisobot yiğilişi bölib ötdi. Yiğilişni tuman hokimi örinbosari, Xotin-qizlar qömitasi raisi Maryam Ahmedova oçdi va olib bordi. Yiğilişda hamkor taşkilotlar – tuman Fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş bölimi, tuman bandlikka kömaklaşiş markazi, Oila markazi, tuman tibbiyot birlaşmasi bilan birgalikda 2019-yil yakunlari sarhisob qilindi.

Şu örinda alohida taʼkidlaş kerakki, Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekiston Respublikasini yanada rivojlantiriş böyiça Xarakatlar strategiyasi töğrisida”gi va “Xotin-qizlarni köllab-quvvatlaş va oila institutini mustahkamlaş sohasidagi faoliyatni tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni mamlakatimizda xotin-qizlarga bölgan munosabatni yanada yangi bosqiçga kötardi.
Yiğilişda kun tartibidagi qator masalalar yuzasidan mutasaddilar sözga çiqib, özlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar. Xususan, Oila institutini mustahkamlaşda Fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş organlari bilan özaro hamkorlik yuzasidan mazkur bölim mudirasi Sanobar Xolboyeva, Xotin-qizlarning bandligini taʼminlaş, mehnat şaroitlarini yaxşilaş, xotin-qizlarni, ayniqsa, qişloq joylardagi yoş qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandçilikka keng jalb etiş masalalarida bandlikka kömaklaşiş markazi direktori Alişer Sobirovlar sözga çiqib, axborot berib ötdi.
Şuningdek, oilaviy ajrimlarning oldini olişda Oila markazi bilan hamkorlikda amalga oşirilgan işlar yuzasidan Oila markazi tuman bölimi rahbari Gulşod Yusupova, reproduktiv yoşdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga tibbiy yordam sifatini oşiriş va kölamini yanada kengaytiriş töğrisida tuman tibbiyot birlaşmasi boş ginekologi Muhabbat Yusupovalar sözga çiqdilar.
Axborotlarda taʼkidlanganidek, xotin-qizlarning muammolarini öz vaqtida aniqlaş, yordamga muhtoj bölgan va oğir ijtimoiy ahvolga tuşib qolgan xotin-qizlarning, şu jumladan, nogironligi bölgan xotin-qizlarning röyxatlari şakllantirilib, turli yordamlar körsatildi. “Xotin-qizlarni va oilalarni qöllab-quvvatlaş jamoat fondi” tomonidan nogironligi bölgan 15 nafar xotin-qizlarga nogironlik aravaçalari, 15 nafariga eşitiş moslamasi, 15 nafariga hassa va qöltiqtayoqlar berildi, 42 nafarining bandligi taʼminlandi hamda 6 nafariga Xotin-qizlarni va oilani qöllab-quvvatlaş jamoat fondi mablağlari hisobidan uy-joy summasining 10 foizi boşlanğiç badallari tölab berildi.
Şuningdek, xotin-qizlarning bandligini taʼminlaş, mehnat şaroitlarini yaxşilaş, xotin-qizlarni, ayniqsa, qişloq joylardagi yoş qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandçilikka keng jalb etiş maqsadida 17 nafariga Xotin-qizlar qömitasi tavsiyasi asosida Xotin-qizlarni va oilani qöllab-quvvatlaş jamoat fondi mablağlari hisobidan imtiyozli kreditlar berildi.
Ijtimoiy faol xotin-qizlarning röyxati mahallalar hamda korxona, taşkilot va muassasalar kesimida şakllantirildi hamda faol xotin-qizlar töğrisida maʼlumotlar bazasi yaratildi. Siyosiy partiyalarning aʼzolari orasida xotin-qizlarning uluşini oşirilib, ularning köpçiligi 2019-yilda bölib ötgan saylovlarda deputatlikka nomzod sifatida faol iştirok etdilar. Xalq deputatlari tuman kengaşi deputatligiga körsatilgan nomzodlarning 50 foizini xotin-qizlar taşkil qilgan bölsa, saylovlar natijasida 9 nafar ayol-qizlar xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi deputati qilib saylandi.
Taʼkidlanganidek, xotin-qizlarning öz bilim va professional malakasini, salohiyati va isteʼdodini röyobga çiqarişlari uçun ularni iş bilan taʼminlaş, kasanaçilik, oilaviy biznes va tadbirkorlikni rivojlantiriş uçun yangi imkoniyatlarni yaratib beriş bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.
Yiğilişda tuman Xotin-qizlar qömitasining 2019-yilga möljallangan iş rejasi hamda Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari, Xotin-qizlar qömitasi raisi va Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi tomonidan tasdiqlangan “Yöl xaritasi”ning ijrosi yuzasidan amalga oşiriladigan çora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Şuningdek, tadbir davomida jamiyat va davlat hayotida faollik va taşabbuskorlik körsatib, eng yaxşi natijalarga erişgan, samarali mehnati bilan yurtimiz ravnaqiga hissa qöşib kelayotgan tumanimizning faol xotin-qizlari tuman Xotin-qizlar qömitasining taşakkurnomasi va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligi Axborot xizmati rahbari

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶