Vazirlik va taşkilotlar rahbarlari yoşlar bilan uçraşdi
Mamlakatimizda yoşlarni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalaş, maʼnaviy yetuk va jismonan soğlom barkamol avlodni voyaga yetkaziş, ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş borasida muayyan işlar amalga oşirilmoqda.
Şu bilan birga, sohadagi vaziyat va amalga oşirilgan tadbirlar tahlili yoşlarning keng qatlamlariga daxldor bölgan dolzarb masalalar, ayniqsa, uyuşmagan yoşlarning hayotda öz örnini topişi uçun munosib şaroit yaratiş, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, kasbga yönaltiriş va bandligini taʼminlaş, taşabbuslarini rağbatlantiriş borasidagi işlarni yanada takomillaştirişni talab qilmoqda.
Şu sababli mutasaddilar yoşlar bilan uçraşuvlar ötkazib, ularning takliflari, fikr-mulohazalarini tinglab, muammolarini örganmoqda hamda ijobiy hal qilişga harakat qilmoqda. Şu maqsadda 11-yanvar kuni Amudaryo tumanidagi 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabining faollar zalida yoşlar bilan uçraşuv bölib ötdi.
Uçraşuvda Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yöldoşev, Qoraqalpoğiston Respublikasi Quriliş vaziri Jalğasbay Berdixanov, Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal demokratik partiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi raisi Şarapat Otemisov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Yer resurslari va davlat kadastri boşqarmasi boşliği Alişer Yakubovlar iştirok etdi.
Uçraşuv oçiq muloqot tarzida bölib ötdi. Mehmonlar yoşlarga özlarining hayot yöllarida erişgan muvaffaqiyatlarining sabablari, insoning şakllanişida bilim va mehnatning örni haqida hayotiy misollar orqali hikoya qildilar.
Uçraşuvda sözga çiqqanlar taʼkidlaganlaridek, jismonan soğlom, maʼnan yetuk, mustaqil fikrlaydigan va intellektual salohiyatli avlodni voyaga yetkaziş amalga oşirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridandir. Vatanimiz kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidan munosib örin egallaşi farzandlarimizning taʼlim-tarbiyasiga, qanday inson bölib hayotga kirib borişiga boğliq.
Yurtimizda ayni vaqtda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar jarayonini, yaʼni kuçli fuqarolik jamiyati va huquqiy demokratik davlat qurişdek ezgu maqsadimizni aholining asosiy qismini taşkil etuvçi yoşlar iştirokisiz tasavvur qilib bölmaydi.
Şu örinda taʼkidlaş kerakki, yurtimizda mazkur sohadagi faoliyatni tubdan takomillaştiriş maqsadida qabul qilingan Özbekiston Respublikasining “Yoşlarga oid davlat siyosati töğrisida”gi qonuni davr talablariga mos ravişda har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uçun masʼuliyatni öz zimmasiga olişga qodir, taşabbuskor, xalq manfaati yölida bor salohiyatini safarbar qiladigan, şijoatli yoşlarni tarbiyalaş, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini röyobga çiqariş uçun mustahkam huquqiy poydevor yaratdi.
Şuningdek, yoşlarni kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikka jalb qiliş, yoş tadbirkorlarning istiqbolli ğoyalari va loyihalarini röyobga çiqariş, ayniqsa, yoşlar bandligini taʼminlaş borasida tizimli işlar amalga oşirildi. Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Yoshlar - kelajagimiz” Davlat dasturi töğrisida”gi farmoni esa bu boradagi işlar samaradorligini oşirişga qaratilgan eng muhim hujjat böldi. Hozirda uşbu dastur doirasida köplab yoşlarimiz xususiy tadbirkorlik faoliyatlarini olib bormoqdalar. Bu orqali esa yangi iş örinlari yaratilib, yoşlarimizning bandligi taʼminlanmoqda.
Qolaversa, Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan, yoşlarning taʼlim-tarbiyasi uçun qöşimça şaroitlar yaratiş, xotin-qizlar bandligini oşirişga qaratilgan kompleks çora-tadbirlarni öz içiga olgan 5 ta taşabbus yoşlarimizga yangi imkoniyatlar yaratdi. Uşbu 5 taşabbusni aholi, ayniqsa, yoşlar örtasida keng tarğib qiliş yuzasidan salmoqli işlar qilinmoqda.
Uçraşuvda iştirok etgan yoşlar mehmonlarga savollar bilan murojaat qilib, tegişli javoblar oldi.
Tuman hokimligining axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶