SOĞLOM, MARD, SADOQATLI VA FIDOYI ÖĞLONLAR HARBIY XIZMATGA TANLOV ASOSIDA QABUL QILINADI
Har tong çor-atrofimizdagi osudalik, osoyiştalikdan, farzandlarimiz bağrimizda bezavotir ulğayayotganidan va yurtimiz osmoni tinç, ekanligidan könglimiz xotirjam bölib, dorilomon kunlarimizga çeksiz şukronalar aytamiz. Şunday damlarda mamlakatimizda umrguzaronlik qilayotgan barça fuqarolarning tinç-osoyiştaligini işonçli qöriqlab, har qanday tahdidlarga qarşi tura oladigan, yurtimiz sarhadlarini sergaklik bilan himoya qilayotgan, Qurolli Kuçlar safida xizmat qilayotgan harbiy xizmatçilarni, muddatli harbiy xizmat burçini ötayotgan askarlarni duo qilamiz.
Muddatli harbiy xizmat – har bir yigitning muqaddas burçidir. Bu boradagi ilk bilimlar yigitlarga umumiy örta taʼlim maktablarida çaqiriqqa qadar tayyorgarlik fani orqali singdiriladi va yoşlarda yurt taqdiriga daxldorlik, xizmatiga şay turiş xislatlari şakllantiriladi.
Şu boisdan ham har yili çaqiruv yoşidagi fuqarolar harbiy xizmatga boriş istagida Mudofaa işlari böyiça bölimlarga murojaat qiladilar va bu boradagi sinovlardan muvaffaqiyatli ötişga harakat qiladilar.
Muddatli harbiy xizmatga çaqiriluvçilar Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Çaqiriluvçilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari böyiça tayyorlaş va muddatli harbiy xizmatni ötaş uçun tanlab oliş tartibi töğrisidagi Nizomni tasdiqlaş haqida”gi Qaroriga muvofiq qabul qilingan Nizom talablariga muvofiq tanlov asosida qabul qilinadi.
Tanlov – bu çaqiruv yoşidagi Özbekiston Respublikasi fuqarolari bilan umumjismoniy tayyorgarlik, kasbiy tanlov, şuningdek, yakka tartibda suhbat ötkazişga oid tadbirlar kompleksini öz içiga oladi. Bundan közlangan maqsad Qurolli Kuçlarimiz tarkibini intellektual salohiyatli, dunyoqaraşi keng, soğlom, vatanparvar, fidoyi va sadoqatli çaqiriluvçilar bilan töldiriş, Vatanimiz tarixi, uluğ sarkarda bobolarimiz hayoti haqida egallagan bilimlarini, fikrlaş qobiliyatini va umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholaşdir. Tanlovda asosan ularning Vatan oldidagi masʼuliyati va burçlarini ongli ravişda anglagan holda qatnaşişlariga alohida eʼtibor qaratiladi.
Tuman Mudofaa işlari böyiça bölimida ham Nizomga muvofiq 2019-yilning 10-avgustidan buyon çaqiriluvçilarning hujjatlarini tayyorlaş, ularni maxsus tuzilgan tibbiy komissiyaning bosqiçma-bosqiç köriklaridan ötişlarini taşkil etiş işlari boşlanib ketdi. Komissiya xulosasiga köra, 2020-yilning 10-fevral kuniga qadar tibbiy köriklar jarayonida soğlom deb topilgan yigitlar maxsus tuzilgan tanlov kengaş tomonidan umumjismoniy, kasbiy tayyorgarligi va yakka tartibdagi suhbat orqali muddatli harbiy xizmatga tanlab olinadi. Jarayon tugagaç, mart, aprel oylarida tanlovdan muvaffaqiyatli ötgan çaqiriluvçilar muddatli harbiy xizmatga olinadi.
Tanlovdan öta olmagan yigitlar esa safarbarlik çaqiruv rezerviga tayinlanadi.
Amalga oşirilayotgan bu saʼy-harakatlar Qurolli Kuçlar tarkibini ilmli, yuksak salohiyatli va fidoyi öğlonlar bilan töldirişga qaratilgani bilan ahamiyatli. Boisi, munosib öğlonlargina yurtimizning tinç-osoyiştaligini asraşga qodirdir.
Muzaffar MADRAIMOV, tuman Mudofaa işlari bölimining
harbiy xizmatga çaqiruv bölinmasi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶