25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 19:36
Jamiyat 👁 540

Qilichboy ovulida Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlab katta tadbir oʻtkazildi

Qilichboy ovulida Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlab katta tadbir oʻtkazildi

2019-yil 13-dekabrda “oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish chora tadbirlari toʻgʻrisida” mamlakatimizning Prezidenti Sh.Mirziyoyevning farmoyishi eʼlon qilingan edi. Ushbu farmoyishga koʻra tasdiqlangan tadbirlar dasturiga muvofiq mamlakatimizning barcha hududlarida aholi orasida “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati” shiori ostida madaniy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish orqali xalqimiz koʻngliga Qurolli Kuchlarimizga boʻlgan faxr-iftixor tuygʻularini singdirish nazarda tutilgan. Shuningdek, har bir fuqaroga Vatan himoyachilari kuni bayramining ahamiyati fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishda, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarining oʻrni va ahamiyatini keng tushuntirish belgilangan.

Butun mamlakatimizda boʻlgani kabi ayni kunlarda tumanimizda ham 2019-yil 15-dekabr – 2020-yil 15-yanvar oraligʻida oʻtkazilayotgan vatanparvarlik oyligi doirasida yuqorida taʼkidlangan farmoyishga asosan umumiy oʻrta taʼlim, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida, ovul va mahallalarda, korxona-tashkilotlarda harbiy vatanparvarlik mavzusiga bagʻishlangan madaniy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar boʻlib oʻtmoqda.

Shu yilning 8-yanvarida Qilichboy ovulidagi Qilichboy madaniyat markazida ham “Armiya – tinchlik qalqoni” deb nomlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Unda tuman hokimligi, oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman Kengashi va tuman Mudofaa boʻlimi masʼullari, Qilichboy ovuli hududidagi maktablar faol oʻquvchilari, hududda joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari, ayni kunda oʻzlarining muddatli harbiy xizmat burchini oʻtayotgan qilichboylik 16 nafar askarlarning  ota-onalari ishtirok etdilar.
Tadbirni Qilichboy  ovul fuqarolar yigʻini raisi Bahrom Qodirov ochdi va barchani yaqinlashib kelayotgan Vatan himoyachilari kuni bilan qizgʻin qutladi. Shundan soʻng, Oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman Kengashi raisining keksalar va nuroniylar boʻyicha oʻrinbosari Baxtiyor Shomurodov, tuman Mudofaa boʻlimi xodimi Zokir Saʼdullayevlar ham bayram bilan tabriklab, Milliy armiyamiz qudrati, harbiylarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, yurt sarhadlarini qoʻriqlayotgan mard oʻgʻlonlar, Vatanimizning jasur himoyachilari koʻrsatgan qahramonliklar haqida soʻz yuritdilar. Hozirgi tinch, osuda va farovon hayotning qadriga yetish, uni asrab avaylashga har bir fuqaro masʼulligini ham taʼkidlab oʻtdilar. Shuningdek, mustaqilligimizni mustahkamlash uchun fidoyilik bilan mehnat qilish, buning uchun tinmay oʻqib oʻrganish, izlanish, bilim, malaka va tajribalarini oshirib borish asosida el-yurtga, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish kerakligi xususida gapirdilar.

Tadbirda Qilichboy madaniyat markazi badiiy havaskorlik jamoalari va 27-, 22-maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, shuningdek, 83- va 15-sonli maktablar oʻquvchilari ishtirokida tayyorlangan kontsert dasturi namoyish etildi. Ona Vatanni sevishga, tinchligini, osoyishtaligini butun borligʻi bilan asrashga daʼvat etuvchi, mardlik jasurlik, fidoyilikni ulugʻlovchi jangovar qoʻshiqlar barchaga manzur boʻldi, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchi jajji bolajonlarning harbiy libosda shaxdam qadamlar bilan raqs tushishlari koʻngillarda zavq uygʻotdi.

Vatanparvarlik oyligi doirasidagi tadbirlar tumanimizning barcha hududlarida boʻlib oʻtmoqda.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026