NODIRBEK HARBIY XIZMATÇI BÖLIB, YuRTIMIZ SARHADLARINI HIMOYa QILMOQÇI
Nodirbek bolaligidan televideniyeda namoyiş etiladigan harbiy mavzulardagi körsatuvlarni, badiiy filmlarni qiziqib tomoşa qilardi, tomoşa qilgani sayin könglida ulğayib, harbiy xizmatçi böliş, sabot, matonat bilan yurtimiz sarhadlarini qöriqlaş orzusi mustahkamlanib borardi.
Şuning uçun ham 2018-2019 öquv yilida 39-sonli maktabning 9-sinfini tugatib, Urganç şahridagi “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyiga hujjat topşirdi va test sinovlarida eng yuqori ball töplaşga erişdi.
U ayni kunda litseyning faol va bilimdon, intiluvçan öquvçilarining biri. Qangli ovulida tuğilib ösgan ösmir yigitning bunday yutuqlarga erişişi boşlanğiç sinf öqituvçisi bölib işlaydigan onasi Muqaddas Rajabova, Qoraqalpoğiston Respublika nasos stantsiyalari, energetika va aloqa boşqarmasi “Manğit-Nazarxon arna” Amudaryo bölimida işlovçi dadasi Ahmadboy Fozilovlarning farzandlarini ilmli, odobli va yurtiga fidoyi qilib tarbiyalaş borasidagi saʼy-harakatlarining natijasi, desak mubolağa bölmas. Boisi, Nodirbekning opasi – oilaning tönğiç farzandi Şahzoda ham Nukus davlat Pedagogika institutining xorijiy filologiya fakultetida aʼlo baholarga öqiyapti.
Farzandingning yaxşi kunlarini körişdan ulkan baxt yöq ota-ona uçun. Buni, ayniqsa, Nodirbek “Temurbeklar maktabi”da qasamyod qabul qilgan damlarda çuqur his qildim. U litseyni tugatib oliy harbiy bilim yurtda öqib, yurtimizga xizmat qilmoqçi, – deydi uning dadasi Ahmadboy Fozilov.
Biz Nodirbekning orzulari uşalişiga tilakdoş bölib qolamiz.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶