MAQSADIMIZ – VATANPARVAR YoŞLARNI TARBIYaLAŞ
Özbekiston mudofaasiga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkilotining asosiy vazifasi Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlarining mudofaa qudratini mustahkamlaşga kömaklaşiş, yoşlar va fuqarolarni mehnatga jalb etiş, Vatanni himoya qilişga tayyorlaş, yoşlar, fuqarolar örtasida ona Vatanni himoya qiliş haqidagi ğoyalarni tarğib etiş orqali ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş işlarida kömaklaşişdir
Mudofaaga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti tuman Kengaşi öquv sport-texnika klubi tomonidan hamkor taşkilotlar bilan birgalikda 2019-yil davomida yoşlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş maqsadida “Yoş çegaraçi”, “Burgutlar”, “Temurbeklar” kabi harbiy sport öyinlari muntazam ravişda ötkazilib kelinmoqda. Ayniqsa, sportning texnik va amaliy turlari böyiça olib borilayotgan tadbirlarda yuzlab tumanimiz yoşlari iştirok etişmoqda. Havo miltiğidan öq otiş, yozgi biatlon kabi sport turlari böyiça ötkaziladigan Qoraqalpoğiston Respublikasi birinçiligi musobaqalarida tumanimiz sportçi yoşlari faxrli örinlarni egallab kelmoqdalar. Ötgan 2019-yilda yozgi biatlon sport turi böyiça ötkazilgan Özbekiston çempionatida Şuhrat Jumaboyev faxrli 3-örinni egallab, sport ustaligiga nomzod normativini bajardi.
Bundan taşqari, 2019-yil davomida mudofaaga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti tuman Kengaşi tomonidan 700 nafar yoşlar “V” va “BC” toifalaridagi haydovçilik guvohnomasiga ega böldilar.
“Vatanparvarlik oyligi” doirasida ham tumanimizdagi barça öquv muassasalarida çaqiriqqaça yoşlarni tayyorlaş va jismoniy tarbiya fani öqituvçilari bilan hamkorlikda “Ona Vatanimga xizmat qilaman”, “Burgutlar”, “Temurbeklar”, “Yoş çegaraçi”, “Qasamyodim dilimda” kabi mavzularda madaniy-maʼrifiy tadbirlar, harbiy sport öyinlari taşkil qilindi. Bu tadbirlarda umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinf öquvçilari faol iştirok etişdi.
Vatanni seviş, unga sadoqat bilan xizmat qiliş har bir insonning muqaddas burçi. Bölib ötgan tadbirlarda qalblarida vatanparvarlik tuyğulari jöş urgan yoşlar özlarining bilimdonliklarini, iqtidorlarini, jismoniy va maʼnaviy yetukliklarini namoyon etdilar.
Şuhrat KAMOLOV,
mudofaaga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti tuman Kengaşi öquv sport-texnika klubi rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶