MENING ÖĞLIM – VATAN HIMOYaÇISI
Ona Yurt himoyaçisining onasi böliş qançalik şarafli, şu bilan birga masʼuliyatli ekanini farzandi harbiy xizmatda bölgan onalar juda yaxşi tuşunadilar.Ötgan 2019-yilning fevral oyida öğlim Şahzodjon Karimovni harbiy xizmatga kuzatdik. Doimo bağrimda bölgan öğlimning bir yil davomida mamlakatimizning janubiy viloyati, qolaversa, notinç Afğoniston davlati bilan çegaradoş hududdagi harbiy qismlardan birida xizmat qilişi ona sifatida menda ham faxr, ham biroz xavotir uyğotdi. Xudoga ming-ming şukurki, Vatanimiz tinç, sarhadlarimiz mustahkam.
Ayni paytda Şahzodjon quruqlikdagi qöşinlar tarkibidagi harbiy qismlardan birida öz yigitlik burçini ötamoqda. Uning harbiy qasamyod qabul qilgan lahzalardagi mağrur turişlarini, haybatini körib qançalar quvongan bölsam, harbiy qism qömondonligi tomonidan taşakkurnoma olganimda özimni dunyodagi eng baxtiyor ona sifatida his qildim.
Qarang, bir pasda bir yil vaqt ötib ketdi. Xudo xohlasa, öğlim şu yilning bahorida harbiy xizmatdan qaytadi. Öğlim bilan telefon orqali tez-tez gaplaşib turaman va şuni his qilamanki, u ança özgargan. Dunyoqaraşi keng, bosiq, mulohazali, mehr-oqibatli, matonatli şaxs sifatida şakllangan. Bu menga quvonç bağişlaydi va öğlim bilan faxrlanaman.
Fursatdan foydalanib, barça askar onalarini, Vatanimiz sarhadlarida hamişa sobit Ona Yurt posbonlarini, jonajon xalqimizni Vatan himoyaçilari kuni bilan tabriklayman. Hamişa osmonimiz musaffo, sarhadlarimiz tinç va mustahkam, Ona yurt posbonlari – aziz harbiylarimiz omon bölsinlar!
Nilufar MADRAIMOVA,
uy bekasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶