NAMUNALI ASKAR
Tumanimizda xizmat qilayotgan harbiy safarbarlik guruhlarida barçaga örnak bölib kelayotgan askarlar talaygina. Şulardan biri 9202 “K” harbiy qismdagi oddiy askar Örinbosdi Mirzaolimovdir.
Xarbiy xizmatga kelganining dastlabki kunlaridan özining bilimdon va masʼuliyatliligi, intiluvçanligi bilan har bir işda örnak va namuna böla olgan, safdoşlari orasida ajralib turadigan Örinbosdi harbiy qismda taşkil qilinadigan turli tadbirlarda va jamoat işlarida faol iştirok eta boşladi. Ayniqsa, bayram tadbirlariga turli dasturlari, özining ajoyib çiqişlari bilan fayz kiritdi. U tumanda harbiylar örtasida ötkazilgan inşolar tanlovida faxrli 3-örinni egalladi. Askarlar örtasida bölib ötgan “Quvnoqlar va zukkolar” musobaqasida ham Örinbosdining jamoasi ğoliblikni qölga kiritişga muvaffaq böldi.
Hozirda u Şimoliy-ğarb mintaqaviy ştabi 9115-harbiy qism maʼnaviy-maʼrifiy işlar bölimi tomonidan saralangan harbiy xizmatçilardan taşkil topgan “Sokin sarhad” guruhining ijodkor aʼzosi sifatida ham faoliyat yuritadi. Askar çuqur maʼno-mazmunga ega, ajoyib şeʼrlar yozadi. Uning ayrim köngilga yaqin şeʼrlarini safdoşlari darrov yod olişadi, baʼzilari esa gazetalarda ham çop etilib turadi.
Intiluvçan askar harbiy xizmatni ado etiş mobaynida bir qator yutuqlarga erişdi. U aʼlo darajadagi harbiy xizmatlari uçun Yuqori qömondonlik tomonidan “Çegara qöşinlari aʼloçisi” kökrak nişoni bilan taqdirlandi.
Harbiy qismda munosib xizmat qilayotgan askar Örinbosdi Mirzaolimov intizomi, intiluvçanligi, masʼuliyatliligi va boşqa xislatlari bilan doim safdoşlariga örnak bölib kelmoqda.
Raşid JANNAZAROV,
harbiy xizmatçi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶