Askar onalari şaraflandi
Yurt himoyaçisi degan şarafli nomga munosib bölib, mustaqilligimizni, ona-zaminimizni köz-qoraçiğidek asrab-avaylab kelayotgan Vatanimizning mard va jasur öğlonlari bor ekan, hayotimiz sokin, turmuşimiz farovon. Şu bois har yili mamlakatimizda 14-yanvar sanasi şarafli burçini ado etayotgan vatan posbonlarining bayrami sifatida keng miqyosda nişonlanadi. Bayram munosabati bilan yurtimiz böylab har xil musobaqalar, bayram tadbirlari taşkil qilinadi.
Aytiş joizki, bu bayram nafaqat Vatan himoyasi uçun xizmat qilayotgan yurt öğlonlarining, balki ularni mard, jasur, haqiqiy yurtparvar qilib voyaga yetkazgan onalarning ham bayramidir. El-yurt tinçligi va osoyiştaligini asrayotgan, ğayrat-şijoati, soğlom tafakkuri bilan yoşlarga örnak bölayotgan askar öğlonlarimizning onalarini har qança şaraflasak, eʼzozlasak arziydi. Zero, farzandi qalbiga Vatanni asraşdek muqaddas burç tuyğusini joylagan, uning soğlom, barkamol voyaga yetişi uçun butun borliğini baxşida etgan ayol aziz va möʼtabardir.
Yaqinda Amudaryo tumani Madaniyat markazining kontsert zalida Vatan himoyaçilari kuni munosabati bilan “Askar onalarini şaraflaymiz” deb nomlangan bayram tadbiri bölib ötdi. Tuman hokimligi, Xotin-qizlar qömitasi va qator taşkilotlar hamkorligida ötkazilgan uşbu tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Mudofaa boşqarmasi hamda tuman Mudofaa bölimi masʼullari, hokimlik vakillari, tumanimizdagi harbiy safarbarlik qismlari masʼullari va ularda xizmat qilayotgan harbiylar hamda yoşlar iştirok etdilar. Bayramga muddatli harbiy xizmatda özining Vatan oldidagi burçini ado etayotgan askarlarning onalari ham taklif etildi.
Tadbirni tuman hokimining örinbosari, Xotin-qizlar qömitasi raisi Maryam Ahmedova oçib berdi hamda barça Vatan himoyaçilarini, ularning onalarini, qolaversa, butun yurtdoşlarimizni Qurolli Kuçlarimiz taşkil qilinganining 28 yilligi bilan tabrikladi. Şuningdek, sohada amalga oşirilgan keng kölamli islohotlar samarasida Milliy armiyamiz saflarida xizmat qiliş, yurtimiz tinçligi, xalqimiz osoyiştaligini taʼminlaşga hissa qöşiş har bir yigit uçun yuksak şon-şaraf işiga aylanganini alohida taʼkidlab ötdi.
Tadbirda ayni kunlarda Vatan oldidagi burçini ado qilib, harbiy xizmatni ötayotgan mard, jasur askarlarning onalari ham sözga çiqib, hammani bayram bilan qutladi. Vatan himoyasi uçun xizmat qilayotgan askarlardan Eldorbek Qodirovning onasi Gavhar Sobirova, Javlonbek Olimovning onasi Gulora Jumaniyozovalar öğillari muddatli harbiy xizmatni ötayotganligini, askarning ota-onasi sifatida özlariga körsatilayotgan ulkan eʼtibor va ğamxörlik uçun davlatimizdan minnatdor ekanliklarini faxr-u iftixor bilan sözladilar.
Bayram tadbiri tuman Madaniyat bölimi xonandalarining ajoyib kuy-qöşiqlariga ulandi. Vatanni madh etuvçi, tinçlik-osoyiştalikni tarannum qiluvçi kuy-qöşiqlar, dilrabo raqslar bayram iştirokçilariga kötarinki kayfiyat bağişladi.
Vatan himoyasidek şarafli işni öz burçi deb biladigan mard öğlonlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan aziz va möʼtabar onalarga tuman hokimi va tadbir taşkilotçilarining taşakkurnomalari, esdalik sovğalari topşirildi.
Çindan ham, Vatan himoyasi har bir yigitning şarafli burçidir. Ona yurtini köz qoraçiğidek asrab, himoya qilişga qodir bölgan öğlonlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan onalarni esa qançalik eʼzozlasak ham kam.
Gavhar ÇIMBAYÇIYeVA, tuman Xotin-qizlar qömitasining boş mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶