YoŞLAR UÇUN KONTsERT DASTURI TAŞKIL QILINDI
Bugungi kunda davlatimiz rahbari yoşlarga yuksak eʼtibor qaratmoqda. Bu esa butun yurtimiz böylab ertamiz kelajagi bölgan yoşlar bilan hukumat rahbarlarining uçraşuvlar taşkil qilib, ular bilan yanada mustahkam aloqa örnatayotganlarida öz aksini topmoqda.
Qoraqalpoğiston Respublikasi yoşlari bilan uçraşiş, ularning barça sohalar yuzasidan takliflarini hamda ularni qiynayotgan muammolarni örganiş, ularga barham beriş, yoşlarni qiziqtirayotgan savollariga javob topiş maqsadida maxsus işçi guruh tuzilgan. Uşbu işçi guruh ilk uçraşuvni tumanimiz yoşlari bilan boşladi.
Taʼkidlaş kerakki, şu maqsadda Özbekiston Respublikasidagi barça vazirliklardan, korxona-taşkilotlardan vakillar jalb qilingan. Vazirliklar masʼul xodimlaridan 20 nafari tumanimiz yoşlari bilan uçraşuvda iştirok etdi.
Işçi guruh kunning ikkinçi yarmida “Qiliçboy” ovul fuqarolar yiğini hududidagi Xotira maydonida yoş tadbirkorlarning iş faoliyati bilan tanişdi. Uçraşuvni Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi Qahramon Sariyev oçib berdi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi fidoyi yoşlar guruhi aʼzolari yurtimizda yoşlarga yaratilayotgan şart-şaroitlar, imkoniyatlar haqida nutq sözladi. Guruh aʼzolarining ajoyib çiqişlari barçaga yuqori kayfiyat bağişladi.
Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda yoşlarimizning öqib-bilim olişi, özi qiziqqan soha bilan şuğullanişi, hayotda öz örnini topişlari, komil inson bölib yetişişlari uçun barça imkoniyatlar yaratilgan. Bunday eʼtiborga munosib farzand bölişga, qolaversa, imkoniyatlardan samarali foydalanib, yurt ravnaqiga öz hissasini qöşiş uçun astoydil harakat qilayotgan yoşlarimiz ham talaygina. Ularning erişayotgan yutuqlari bilan maqtansak, arziydi.
Uçraşuv çoğida tumanimizning yoş tadbirkorlarining körgazmalari taşkil qilindi. Özbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qiliş, murojaatlar bilan işlaşni nazorat qiliş va muvofiqlaştiriş masalalari böyiça maslahatçisi örinbosari Alişer Usmanov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi Qahramon Sariyevlar tumandagi yoş tadbirkorlar bilan samimimiy suhbat olib bordi. Ularning tadbirkorlik faoliyatlarini qanday boşlaganlari, yoş tadbirkorlarning kelgusidagi maqsadlari bilan qiziqdilar.
Şuningdek, xotira maydonida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bölib ötdi. Tadbirda faol yoşlar, tumanimizdagi harbiy safarbarlik qismlarida xizmat qilayotgan askarlar ham özlarining isteʼdodlarini namoyiş qilişdi.
Tuman Madaniyat bölimi tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi dillarga xuşnudlik bağişladi. Tumanimiz sanʼatkorlari özlarining eng sara kuy-qöşiqlarini kuyladilar. Tadbir haqiqiy yoşlar bayramiga aylanib ketdi.

Çaros Arslonova, tuman hokimligi axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶