SUDYa TARAFLARNI YaRAŞTIRIŞ UÇUN JABRLANUVÇINING XONADONIGA BORDI
Mastlik odamni ne köylarga solmaydi. Tumandagi ovullardan birida yaşovçi (ismlar özgartirilgan) S.S ham mastlik oqibatida özini-özi sarson qilganlardan. U ovul hududidagi içki yöllardan birida boşqa kişiga tegişli bölgan MTZ-80X rusumli traktorni heç qanday boşqaruv huquqini beruvçi hujjatlarsiz, mast holatda boşqariş oqibatida transport halokati sodir etgan. Oqibatda, traktor kabinasida bölgan şaxs T.A jiddiy tan jarohati olgan. şu sababli S.S Özbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi, 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblandi va unga nisbatan jinoiy iş qözğatildi.
Şu yilning 7-yanvar kuni Jinoyat işlari böyiça tuman sudining iş yurituvida bölgan mazkur jinoyat işi Jinoyat işlari böyiça tuman sudining raisi S. Davletmuratov raisligida sayyor tartibda körib çiqildi.
Sudya yordamçisi E.Jumaniyozov kotibligida, tuman prokurorining yordamçisi E.Yormuhammedov, fuqaroviy daʼvogar N.A, ayblanuvçi S.S iştirokida fuqaro – jabrlanuvçi T.A ning yaşaş xonadonida bölib ötgan mazkur sayyor sud majlisida ayblanuvçi tomonlardan keçirim sörab, yetkazilgan zararlarni töliq qoplab berganligi, fuqaroviy daʼvogar N.A, jabrlanuvçi T.A ayblanuvçi S.S bilan öz xohişlariga köra ixtiyoriy yaraşganliklari tufayli Jinoyat işlari böyiça tuman sudi tomonidan yaraştirilib, mazkur jinoyat işi tugatildi.
Keçirimlilik va bağrikenglik tamoyili, sud işida oçiqlik va şaffoflikka amal qilinganligi bois, jabrlanuvçining xonadonida, bevosita xalq vakillari, xolislar iştirokida bölib ötgan mazkur sayyor sud faoliyatidan tomonlar mamnun böldilar.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶