HUQUQNI MUHOFAZA QILUVÇI ORGANLAR MUVOFIQLAŞTIRUVÇI KENGAŞI YIĞILIŞI BÖLIB ÖTDI
Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlatni barpo etiş, tinçlik-barqarorlikni mustahkamlaş, xalq farovonligini taʼminlaş borasida keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda. Şuningdek, bu borada qilinayotgan işlar samarasi tahlil qilinib, kelgusidagi maqsadlar aniq belgilab olinmoqda.
Yaqinda tuman hokimligi majlislar zalida Amudaryo tumani huquqni muhofaza qiluvçi organlar muvofiqlaştiruvçi kengaş yiğilişi bölib ötdi. Yiğiliş 2019-yilda tumanda qonun ustuvorligini taʼminlaş, qonuniylikni mustahkamlaş, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini muhofaza qiliş, jinoyatçilik hamda huquqbuzarliklarning oldini oliş borasida amalga oşirilgan işlardagi yöl qöyilgan kamçiliklar va kelgusida qilinişi lozim bölgan çora-tadbirlarni belgilab oliş maqsadida ötkazildi.
Muvofiqlaştiruvçi kengaş yiğilişini tuman prokurori, adliya maslahatçisi Javlon Muftullayev oçdi hamda olib bordi.
Yiğilişda tuman hokimligi va tumandagi huquqni muhofaza qilivçi organlar xodimlari, muassasa, korxona va taşkilotlar rahbarlari hamda fuqarolarning özini özi boşqariş organlari raislari iştirok etdi.
Yiğilişda sözga çiqqanlar taʼkidlaganlaridek, jinoyatçilikka qarşi kuraşiş barça davrlarda ham davlatning jiddiy va muhim masalasi hisoblanib kelingan. Inson tinç va xotirjam yaşaşni hohlaydi. Tinçlik bölgan joyda baraka va rivojlaniş böladi.
Tahlillar şuni körsatmoqdaki, huquqbuzarliklarning maʼlum qismi işsiz fuqarolar tomonidan sodir etilmoqda. Bunday şaxslar tomonidan huquqbuzarlik sodir etilişini oldini olişda aholi bandligini taʼminlaş, tadbirkorlikni rivojlantiriş muhim ahamiyat kasb etadi.
Davlatimiz rahbarining Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça harakatlar strategiyasini amalga oşirişga doir taşkiliy çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmoni hamda “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorlari şu yönalişdagi vazifalarni amalga oşiriş uçun dasturilamal vazifasini bajarmoqda. Uşbu qonun hujjatlari ijrosini taʼminlaş yuzasidan tumanimizda ham samarali işlar qilinmoqda.
Xususan, tuman prokuraturasi tomonidan ötgan davr mobaynida barça jabhalarda olib borilgan nazorat tadbirlari natijalariga köra, 259 ta prokuror nazorati hujjati qöllanilib, ularning muhokamasiga köra 293 nafar şaxs intizomiy, 110 nafar şaxs maʼmuriy va 1 nafari jinoiy javobgarlikka tortildi. Şuningdek, tergov va nazorat tadbirlarida davlat va jamiyat manfaatlariga yetkazilgan jami 54 mln. 634 ming sömlik zarar ixtiyoriy undirilib, 128 mln. sömlik zararni undiriş böyiça sudlarga daʼvo arizalar kiritilib, 144 nafar şaxsning buzilgan huquqlari tiklanişi taʼminlandi.
Yiğilişda joriy yilda yuqoridagi kabi xato va kamçiliklarga barham beriş yuzasidan qilinişi lozim bölgan vazifalar aniq belgilab olindi.
Çaros ARSLONOVA,
Tuman hokimligining axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶