25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 20:53
Jamiyat 👁 371

INSON HAYoTIDA KASBNING OʻRNI MUHIM

INSON  HAYoTIDA  KASBNING  OʻRNI  MUHIM

Dunyoda minglab kasblar bor. Mana shu rang-barang kasblar olamida qanday qilib moʻljal olish kerak? Hayot yoʻlingiz, mehnat faoliyatingizni toʻgʻri boshlash uchun qaysi kasbni tanlagan maʼqul? Bu ishda kasblar klassifikatsiyasi sizga yaxshi yordam berishi mumkin. Koʻp hollarda kasbning nomi,  uning qanday atalishi kasb tanlayotgan kishiga maʼlum boʻlmaydi.  Masalan,  aytaylik,  siz yaxshi rasm chizasiz,  bu mashgʻulot sizga juda yoqadi va siz bundan keyin ham oʻzingizdagi mana shu rasm chizish qobiliyati kerak boʻladigan joyda ishlashni xohlaysiz.  Xoʻp,  ayting-chi,  siz gazmol ishlab chiqarishda rasmlardan nusxa koʻchiruvchi degan kasb borligini,  poligrafiyada - dizayner,  kolorist,  retushyor kasbi borligini bilasizmi? Bu roʻyxatni yana davom ettirish mumkin.

Oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish boʻyicha maktab va oila hamkorligi koʻp jihatdan bu ishga ota-onalarning qay darajada tayyorgarlik bilan qatnashayotganligiga bogʻliq. Yaʼni, kasb tanlash boʻyicha oʻtkaziladigan tadbirlarga ota-onalarni faol jalb qilish, kasbga yoʻnaltirish boʻyicha oʻtkaziladigan tadbirlarda ota-onalar bilan individual maslahatlashishi, oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish boʻyicha suhbat oʻtkazish eng koʻp tarqalgan shakl hisoblanadi. Suhbat jarayonida bolalarning qiziqishlari,  moyilliklari, qobiliyatlari haqida maʼlumotlarni oʻzaro almashadilar. Maktabda oʻqituvchilar ota-onalarga kasb tanlash boʻyicha oʻtkaziladigan anketa savollariga olingan javoblar,  mazkur mavzuga bagʻishlangan insholarni tahlil qilish asosida toʻplangan materiallarni aytib beradilar. Ayniqsa, bunda mehnat taʼlimi darsining ahamiyati katta. Mehnat taʼlimida oʻquvchi nafaqat mehnat tayyorgarligini,  balki u oʻzining axloqiy sifatlarini ham shakllantiradi,  boshqa kishilarga munosabati tarkib topadi, jismoniy va ruhiy, maʼnaviy tomondan rivojlanadi. Oilada toʻgʻri mehnat tarbiyasini olgan bolalar kelajakda oʻzining maxsus mehnat tayyorgarligini muvaffaqiyatli oʻtkazadi. Oilada bolalarning mehnat tarbiyasi juda erta boshlanishi kerak.

U odatda oʻyinchoqlarni batartib saqlash,  ularning butunligiga javobgarligini oshirishdan boshlanadi. Bolalarning yoshi katta boʻlgan sari beriladigan mehnat topshirigʻi murakkablashib borishi, biroq uning miqdorini oshirmaslik kerak. Oʻzbek oilasi koʻp farzandli hisoblanadi. Shu bois, bolalar oʻrtasida mehnat taqsimoti boʻlishi shart. Agar ota-ona oʻz bolalarining baxtli boʻlishini xohlar ekan,  albatta,  bolani mehnatsevar qilib tarbiyalashi kerak. Shu bois bunda maktabning rahbarlik roli juda muhim. Maktab ota-onalarning ayrim kasblarga boʻlgan salbiy munosabatini bolalariga oʻtkazishiga harakat qilishlariga yoʻl qoʻymasligi zarur.

 Xulosa qilib aytganda,  inson hayotida kasb alohida ahamiyatga  ega hisoblanadi. Maktab oʻquvchilarining toʻgʻri kasb tanlashida ota-ona va maktab birgalikda ish olib borsa, taʼlim-tarbiya sohasida, albatta, koʻzlangan maqsadga erishiladi.

Shahnoza QURBONBOYeVA,
55-sonli umumtaʼlim maktabining texnologiya fani oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026