“VATANGA XIZMAT – ENG OLIY BAXT” şiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ötkazildi
Mamlakatimizda 2019-yilning 15-dekabri, 2020-yilning 15-yanvari oraliğida ötkazilgan “Vatanparvarlik oyligi” doirasida yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ularning harbiy xizmatga bölgan qiziqişlarini oşiriş maqsadida tumanimizdagi umumiy örta taʼlim maktablarida turli tarğibot tadbirlari bölib ötdi.
13-yanvar kuni “Vatanga xizmat – eng oliy baxt” şiori ostida 48-sonli maktabda bölib ötgan oylik doirasidagi tadbirdan ham öquvçilar könglida Milliy Armiyamizga hurmat, qudratiga işonç tuyğularini mustahkamlaş kabi maqsadlar közlandi. Şuningdek, mazkur tadbir har bir yigit uçun harbiy xizmat burçini ado etiş – şarafli burç ekanligini, buning uçun ular ham jismonan, ham maʼnan yetuk bölib voyaga yetişlari, yurtiga fidoyi, sadoqatli bölişlari lozimligini tarğib etişga bağişlandi.
Aytiş joizki, hududda uşbu maktabni bitirib, ayni kunda muddatli harbiy xizmat burçini ötayotganlar, hayotini harbiy xizmatga bağişlaganlar köpçilikni taşkil etadi.
Har yili 14-yanvar – Vatan himoyaçilari kunida muddatli harbiy xizmatni ötab kelgan sobiq askarlar, harbiy sohada xizmat qilayotganlar iştirokida tadbirlar ötkazilib kelinadi. Şularning taʼsirida joriy yilda 10-11-sinflarda öqiyotgan öquvçilar orasida harbiy sohada öqib, ilm olib, yurtimiz osoyiştaligini asraşni niyat qilganlari köpçilikni taşkil qiladi. Ular bilan maktabning çaqiriqqa qadar boşlanğiç tayyorgarlik fani öqituvçisi Sirojiddin Kamolov qunt bilan şuğullanib, könglida burçga sadoqat, huşyorlik va ogohlik tuyğularini mustahkamlaşga harakat qilmoqda. Undan taşqari, ularni Qurolli Kuçlarimiz faoliyati, mamlakatimiz mudofaa salohiyatini kuçaytiriş va harbiy xizmatning nufuzini oşiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar bilan muntazam taniştirib bormoqda.
14-yanvar – Vatan himoyaçilari kuni munosabati bilan ötkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir dastlab sinfxonada maşğulot tarzida boşlandi. Dars tugagaç, barça maktab hovlisiga yiğildi va tantanali tadbir bölib ötdi.
Tadbirni maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosari Ilhom Qalandarov tabrik nutqi bilan oçdi.
Qutluğ sana munosabati bilan tantanavor ruhdagi harbiy qöşiq, musiqa sadolari ostida maktabning 10-,11-sinflari öğil bolalari iştirokida harbiy maşğulotlar namoyiş etildi. Uşbu taʼlim maskanini tugatib, harbiy soha mutaxassisi bölib, yurtimiz osoyiştaligiga hissa qöşayotgan Sohibjon Bozorboyevning onasi Omongul opa barça yiğilganlarni Vatan himoyaçilari kuni bilan qutladi, harbiy xizmatçi onasi bölganligidan faxrlanib yaşaşini bildirdi.
Sana munosabati bilan maktab badiiy havaskorlari namoyiş etgan kontsert dasturi barçaga manzur böldi.
Uşbu tadbirni maktab çaqiriqqa qadar boşlanğiç tayyorgarlik fani öqituvçisi Sirojiddin Kamolov va öqituvçilar jamoasi hamkorlikda tayyorlaşdi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶