KAM TAʼMINLANGAN OILALAR FARZANDLARIGA KIYIM-KEÇAK TARQATILDI
Jamiyatimizda turli insonlar moddiy imkoniyatiga köra, turli turmuş tarziga egadir. Allohning barçani bir xil rizqlantiriş imkoni böla turib, har kimni har xil qilib qöyişida ham hikmat bor: Odamlarning bor davlatidan havolanib ketmasligi, şukronalikni unutmasliklari va çor-atrofidagi turli xil turmuş tarziga ega odamlar hayotidan öziga xos xulosalar olişlari kabi.
Har bir odamga turli taqdir yöllari nasib qilgan ekan, ular orasida kimningdir kömagiga, madadiga, kimningdir bir oğiz şirin söziga muhtojlar, ehtiyojmandlar ham uçraydi. Xalqimizning asrlar davomida şakllangan urf-odatlari qadriyatlariga köra, muhtojga faqat moddiy kömak bilan emas, balki, maʼnaviy dalda böliş, örinli va asosli fikrlar bilan ruhini kötariş, ertangi hayoti izga tuşib ketişiga işontiriş orqali ham kömak beriş lozim.
Ha, birniki mingga, mingniki tumanga, degan ibora bekor aytilmagan. Xalqimiz qöni-qöşni yor-birodarining yaxşi kunida quvonçini, musibat kelsa – ğamini birga kötarişadigan hamjihatligi bilan boşqa xalqlardan ajralib turadi. Bu davlatimiz siyosatida ham öz aksini topmoqda.
Şu yil 18-yanvar kuni Manğit şahrida joylaşgan 82-sonli maktabda tumanimiz maktablarida taʼlim-tarbiya olayotgan kam taʼminlangan va boquvçisini yöqotgan oilalarning 38 nafar farzandlariga qişki kiyim-keçaklar tarqatildi. Kiyimlar asosan 1-9-sinflar öquvçilariga möljallangan bölib, ularni öquvçilarga tuman hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Alişer Yöldoşev, mutaxassis Mahmudjon Safarboyevlar topşirdilar.
Tadbirda iştirok etgan ota-onalar davlatimizning yoş avlod kamoli yölidagi ğamxörliklari, eʼtiboridan mamnun ekanligini bildirdilar, farzandlarini yurtimizga munosib qilib voyaga yetkazişga harakat qilajaklarini izhor etdilar.
Ğamxörlik! Aslida bu söz zamirida bolalarning könglini kötariş, yoruğlik olib kiriş va ertangi kuniga işonç uyğota oliş mujassam. Davlatimizning yoş avlod kamoli yölidagi saʼy-harakatlari kelgusida özining ijobiy samaralarini beradi, albatta.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶