MUROJAATNOMANI TINGLAB, XURSAND BÖLDIM
Çor-atrofimizda umrguzaronlik qilayotgan odamlar orasida Içki işlar idoralarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölimlariga Özbekiston fuqaroligini oliş uçun neça yillardan beri murojaat qilib, kelayotganlari ham bor.
Ular ham hamma qatori tinç-osoyişta yaşaş, işlaş, öqiş imkoniyatlariga ega bölsa-da, bari bir köngli kemtik. Şu Vatanda saylovlarda ovoz berişdan taşqari barça fuqarolik huquqlari taʼminlanayotgani, hurmat qilinayotganidan xursand bölsalar, fuqaroligi yöqligidan öksiydilar. Ular asosan qöşni davlatlardan köçib kelgan yo kelin bölib uzatilib kelgan, şuningdek, vaqtinçalik boşqa davlatda yaşab, yana qaytib kelgan fuqarolardir.
Tumanimizning Amir Temur nomli ovulida 1958-yilda tuğilgan Botir Yölliyev hozir 62 yoşda. Farzandlari oilali, taşvişlaridan tingan. Biroq könglini doim bir öy kemiradi - fuqaroligi yöq. Ayoli Oqçagul Kujekova, farzandi Şogeldilar Özbekiston fuqarosi. Buning öziga xos sabablari bor: mustaqillikning dastlabki yillarida u Turkmaniston davlatida bir-ikki yil yaşadi, yana tuğilgan Vatani mehri tortib, qaytib keldi. Kelib bir umr fermer xöjaligida oilasi bilan pudratga yer olib, halol mehnat qildi.
Şu yil 24-yanvar kuni mamlakatimiz Prezidenti Ş.Mirziyoyevning Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida Botir Yölliyevga öxşaganlar uçun quvonçli yangilik bor: Muhtaram Yurtboşimiz “1995-yilgaça Özbekistonga kelgan va şundan buyon istiqomat qilayotganlarga avtomatik tarzda fuqarolik berilişi darkor”ligini taʼkidladilar.
Men Amir Temur nomli ovul fuqarolar yiğini raisi sifatida Botir Yölliyev uçun bundan juda xursand böldim. Va albatta buni unga yetkazaman.
Oybek YuSUPOV,
Amir Temur nomli OFY raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶