KEKSA VA KAM TAʼMINLANGAN FUQAROLARGA ÖZ XONADONIDA BIOMETRIK PASPORTLAR BERILDI
Hozirda keksa, nogiron insonlarga biometrik pasportlar ularning xonadoniga borilib, mobil qurilmalar yordamida rasmiylaştirilmoqda. Ayniqsa, sönggi yillarda sohada amalga oşirilayotgan işlar nihoyatda jadallaşdi. Şuningdek, hududlardagi imkoniyati çeklangan, yurolmaydigan, kasallik natijasida Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölimiga kelolmaydigan fuqarolar murojaatiga köra, soha xodimlari öşa fuqaroni biometrik pasport uçun rasmga tuşiriş, barmoq izlarini oliş maqsadida maxsus apparatlarni xonadonlarga olib bormoqda. Hujjat tayyor bölgaç, jismoniy imkoniyati çeklanganlarning xonadoniga borib, fuqarolik pasporti topşirilmoqda. Bu aholining manfaatlarini taʼminlaş, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaşga xizmat qilmoqda.
Tuman Içki işlar bölimining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölinmasida ham bu borada fuqarolarga bir qator qulayliklar yaratilib, ularning fuqaroligini tasdiqlovçi hujjat – pasport oliş, xorijga çiqiş bilan boğliq hujjatlarini öz vaqtida rasmiylaştiriş maqsadida zarur axborot texnologiyalari bilan jihozlanişiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, xorijga çiqiş, yaʼni zagran pasportini oliş uçun Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölinmasiga yangidan kompyuter texnika uskunasi örnatildi.
Bölim xodimlari şaxsning elektron maʼlumotlarini tezkor yiğib, fuqarolarga pasport rasmiylaştirişda samarali xizmat körsatib kelmoqda. Ayniqsa, keksa va nogiron yurtdoşlarimizga öz vaqtida biometrik pasport olişlarida amaliy yordam körsatilmoqda.
Yaqinda bölinma xodimlari Qipçoq ovul fuqarolar yiğinida yaşovçi keksa otaxon, 1927-yil 15-may kuni tuğilgan Gulmirza bobo Saburovning uyiga borib, otaxonga yangi biometrik pasportni taqdim etişdi. Bundan taşqari, kam taʼminlangan fuqarolar, 1965-yil 15-mayda tuğilgan Qurol Maşaripov hamda uning turmuş örtoği, 1980-yil 23-oktyabr kuni tuğilgan Nasiba Örozboyevalarga tuman hokimligi tomonidan yangi biometrik pasport olişlari uçun davlat bojlari tölab berişdi. Ularning 2004-yil 2-iyun kuni tuğilgan farzandi Islombek Örozboyev esa qişki kiyim-boş bilan taʼminlandi.
Şuningdek, tumanimizda yaşovçi 536 nafar fuqaroligi bölmagan şaxslarning Özbekiston Respublikasi fuqarolik pasportini olişlari uçun tegişli hujjatlari töplanib, Özbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga köra, fuqarolik pasportlari olişlariga yordam körsatilmoqda. Ayni paytgaça, 148 nafar ana şunday fuqarolarga Özbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti rasmiylaştirilib berildi.
Tuman hokimligi va mahalla fuqarolar yiğinlari bilan hamkorlikda tizimli işlar taşkil qilinib, 18 yoşga tölgan yoşlarga, şuningdek, maʼlum sabablar bilan fuqarolik pasportini yöqotib qöygan şaxslarga pasport olişda qulayliklar yaratilib kelinmoqda.
A.UMAROV,
tuman IIB MvaFRB boşliği, katta leytenant.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶