Fizik olimlar 76-sonli maktabda öqituvçi va öquvçilar bilan uçraşuv ötkazişdi
Butun mamlakatimizda muhtaram Prezidentimizning yoşlar bilan bölgan uçraşuvida belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan “Yangi Özbekistonni yoşlar bilan birga quramiz!” şiori ostida mutasaddi rahbarlarning yoşlar bilan uçraşuvlari bölib ötmoqda.
Şu maqsadda taşrif buyurgan işçi guruhning uçraşuvlarida bilimga çanqoq yoşlar tomonidan bildirilgan takliflarga köra bir guruh professor-olimlar, akademiklar tumanimizdagi taʼlim muassasalarida mahorat darslari hamda öquvçi-yoşlar bilan uçraşuvlar ötkazişdi. Şunday uçraşuvlardan biri tumanimizdagi Xalq taʼlimi bölimiga qaraşli 76-sonli maktabda ham taşkil qilindi.
Uçraşuvga ÖzMU qoşidagi Nanotexnalogiyalarni rivojlantiriş markazi direktori, akademik Komil Muqimov, şu markaz katta ilmiy xodimi Mustafo Böronov, NDPI fizika öqitiş metodikasi kafedrasi dotsenti Moyadin Jalilov hamda Fizika-matematika fakulteti yoşlar bilan işlaş böyiça dekan muovini Xolmurod Yesemurodovlar taşrif buyurişdi. Unda tumandagi maktablarda aniq fanlardan taʼlim berib kelayotgan öqituvçilar hamda fanga qiziquvçi öquvçilar iştirok etdilar.
Uçraşuvda mehmonlar dastlab özlari faoliyat olib borayotgan soha, amalga oşirilayotgan islohotlar, qölga kiritilayotgan yutuqlar xususida sözlab berişdi.
Darhaqiqat, hayotimizga dadil kirib kelayotgan nanotexnologiya tuşunçasi jamiyatimiz taraqqiyotini yanada jadallaştiriş, turmuşimiz farovonligini oşiriş, hayotimizda öz yeçimini kutayotgan yekologik, ijtimoiy va boşqa muammolarni bartaraf yetişda muhim ahamiyat kasb yetmoqda. Çunki ilm-fanning bunday kaşfiyotlari noyob xususiyatlarga ega yangi metamateriallar va yekstremal şaroitlarga çidamli nanomateriallar oliş va ularni tatbiq yetişga xizmat qiladi. Şu bois, jahonda nanotexnologik tadqiqotlar kölamini kengaytiriş va bu boradagi innovatsion texnologiyalardan tobora keng foydalanişga eʼtibor kuçayib bormoqda. Masalan, kompyuter texnologiyalari sohasida olib borilayotgan izlanişlar natijasida kvant informatikasi fani yuzaga keldi. Uşbu soha nano ölçamli protsessorlarga yega bölgan kvant kompyuterlarini yaratiş va ular uçun dasturlar işlab çiqişni öz içiga oladi.
Bahs-munozaraga boy bölgan va oçiq muloqot tarzida ötgan uçraşuv ilm-fanga qiziquvçan öquvçilar, fizika fani öqituvçilarining bergan savollari bilan yanada jonlandi. Ayniqsa, öz kasbiga mehri baland, fanni yanada çuqurroq örganişga astoydil intilayotgan fizika fani öqituvçilardan Vahobjon Davletov, Azizbek Jumanov, Pölat Abdurahmonovlar özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, köplab maʼlumotlarga ega böldilar. Ilm-fan fidoyilari, olimlar ham berilgan savollarga hayotiy misollar bilan javob berdilar.
Mehmonlar maktab kutubxonasiga turli mavzulardagi kitoblar sovğa qildilar.Uçraşuv öqituvçi va öquvçilarda katta taassurot qoldirdi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶