Mutasaddi rahbarlarning tuman yoşlari bilan uçraşuvi ötkazildi
Yoşlar bilan işlaşda madaniy-maʼrifiy işlar samaradorligini oşiriş, Prezidentimizning 2019-yil 27-dekabr kungi maʼruzasi ahamiyatini keng tuşuntiriş maqsadida joylarda mutasaddi rahbarlarning yoşlar bilan uçraşuvlari ötkazilmoqda. Uçraşuvlarda yoşlar qalbida Vatanga sadoqat, mamlakatimizda olib borilayotgan keng kölamli islohotlarga daxldorlik tuyğularini şakllantiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
29-yanvar kuni Xalq taʼlimi bölimiga qaraşli 82-sonli umumtaʼlim maktabida tuman prokurori Javlonbek Muftullayev, Jinoyat işlari böyiça tuman sudi raisi Sultonmurod Davletmurodov, Içki işlar bölimi boşliği Uluğbek Xudoyberganov hamda Xalq taʼlimi bölimi mudiri Otabek Yöldoşevlarning tuman yoşlari bilan uçraşuvi ötkazildi. Unda Yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi raisi örinbosari Jasurbek Davletov, korxona-taşkilotlar rahbarlari, turli yönalişlar böyiça yuqori natijalarga erişgan faol öquvçi-yoşlar iştirok etdilar.
Yiğilişda sözga çiqqan masʼullar keyingi paytda yurtimizda yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ular uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş davlat siyosatining dolzarb vazifalaridan biriga aylanganini alohida taʼkidladilar. Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida ilgari surilgan ğoyalar mazmun-mohiyati haqida atrofliça söz yuritdilar. Undan taşqari, yangi Özbekistonni xalqimiz bilan birgalikda barpo etamiz, degan uluğvor maqsadlar zamirida ertangi kelajagimiz, yurtimiz taraqqiyoti masalasi turganligini, bu ezgu maqsadlarga, albatta, yoşlar bilan birgalikda erişiş mumkinligini, buning uçun yoşlar har tomonlama faol bölişlari kerakligi xususida gapirdilar.
Şundan söng, Özbekiston Yoşlar ittifoqi Yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi raisi örinbosari Jasurbek Davletov yoşlarga orzu-umidlarini röyobga çiqarişlarida kömaklaşiş, bandligini taʼminlaş, “Yoşlar — kelajagimiz!” davlat dasturi böyiça tumanda qilinayotgan işlar, yoşlar tadbirkorligini rivojlantiriş borasida körilayotgan çora-tadbirlar xususida axborot berdi.
Oçiq muloqot tarzida bölib ötgan uçraşuvda yoşlarning takliflari, taşabbus va muammolari ham örganildi. Özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilgan yoşlar töliq javoblar oldilar.
Uçraşuv yakunida yoşlarga esdalik sovğalari berildi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶