25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 20:52
Jamiyat 👁 737

Tuman hokimligida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi

Tuman hokimligida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi

Yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarning oldini olish masalasi bugungi kunda yoshlarga oid davlat siyosatining dolzarb yoʻnalishlaridan biridir. Shu bois huquqni muhofaza qiluvchi organlar, vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birga jamoatchilik vakillari tomonidan yoshlarning siyosiy faolligini oshirish, huquqiy ongi va madaniyatini rivojlantirish, yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish borasida ham keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tumanimizda ham jinoyatchilik va huququbuzarliklarning oldini olish borasida qator amaliy ishlar qilinmoqda.

Tuman hokimligining majlislar zalida yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarning oldini olish masalalariga bagʻishlab oʻtkazilgan yigʻilishni tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev olib bordi. Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, polkovnik Oʻrozboy Qurbonboyev va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv boshqarmasi oʻta muhim ishlar boʻyicha tezkor vakili, podpolkovnik Qahramon Kamolov ishtirok etdilar. Shuningdek, hokim oʻrinbosarlari, boʻlimlar, Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi masʼullari, fuqarolar yigʻinlari raislari ham qatnashdilar.

Tumani hokimi, 1-sektor rahbari Sultonboy Yoʻldashev oʻz soʻzida aholi oʻrtasida giyohvandlik, odam savdosi, diniy ekstremizm kabi jinoyatlarning oldini olish yuzasidan joylarda tushuntirish, targʻibot-tashviqot ishlarini muntazam olib borish, bunday salbiy holatlar sodir qilinmasligi uchun hududlarda jamoat tartibini saqlash, osoyishtalikni taʼminlash, odob-axloq qoidalariga rioya qilish va mahallalarda tartib-intizomni oʻrnatishni kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi. Shuningdek, yoshlarning taqdiriga befarq qaramasdan maʼnaviy-maʼrifiy, axloqiy tarbiyasiga alohida eʼtibor berish lozimligini, shu sababli har bir ota-ona farzandining kelajagiga, kelgusida vatan ravnaqiga hissa qoʻshadigan komil inson qilib tarbiyalashga oʻzini masʼul deb bilishi kerakligini ham aytib oʻtdi.

Shundan soʻng, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Oʻrozboy Qurbonboyev soʻzga chiqib, har bir hududda sodir etilgan maʼmuriy va jinoiy holatlar aholi oʻrtasida muhokama qilinishi, jinoyat sodir etilishi sabablari oʻrganilishi kerakligi va jinoyat sodir etishga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish choralari koʻrilishi lozimligi haqida soʻz yuritdi. Qolaversa, mast holatda avtotransport vositasini boshqarish va boshqa qoʻpol qoidabuzarliklar mahalla hamda mehnat jamoalarida muhokama etilishi muhimligini, oiladagi notinchlik, kelishmovchilik tufayli sodir etilgan ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar chuqur tahlil qilinishi kerakligini alohida eʼtirof etdi. Bu turdagi jinoyatlarning oldini olish uchun hokimlik, davlat organlari va jamoatchilik tashkilotlari bilan birgalikda ish olib borish, har bir notinch oilani oʻrganib chiqish hamda ulardagi nizolar, kelishmovchiliklarni bartaraf etish choralarni koʻrish yuzasidan taklif va tavsiyalar berdi.

Yigʻilishda tuman hokimi oʻrinbosarlari Alisher Yoʻldoshev hamda Maryam Ahmedovalar soʻzga chiqib, yosh oilalar va uyushmagan yoshlar, xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha bir qancha ishlar amalga oshirilganligi, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha mahallalarda har payshanba kuni keng targʻibot-tashviqot ishlari olib borilayotganligi xaqida maʼlumot berib oʻtdilar.

Yigʻilishda ishtirok etgan boshqa masʼullar ham bu borada oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Charos Arslonova, tuman hokimligi Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026