25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 20:51
Jamiyat 👁 635

OILA QADRIYaTLARI – HAR BIRIMIZ UChUN AZIZ

OILA QADRIYaTLARI – HAR BIRIMIZ UChUN AZIZ

Oila – hayot shamchirogʻi. Uning bagʻri obod, charogʻon boʻlmogʻi, avlodlar bardavomligi, baxt-saodat qoʻrgʻoniga aylanmogʻi – bu millat va xalq  farovonligi, obodonligi hamda baxtiyorligi mezonidir. Vatanning qudrati, taraqqiyoti, jahon aro obroʻ-eʼtibori ham koʻp jihatdan ana shu mezon bilan oʻlchanadi. Chunki oilalar tinch, farovon boʻlsa, mahalla, el-yurt – Vatan tinch, osoyishta, koʻngillar xotirjamdir. Shu bois, mamlakatimizda oilalar mustahkamligini taʼminlash davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri sanaladi.

Oila mustahkamligi haqida gap ketar ekan, soʻnggi vaqtlarda tez-tez takrorlanadigan oilaviy nizolar, ajrashishlar, bemavrid tirik yetim boʻlib qolayotgan begunoh goʻdaklar, shu barobarida hayotga yengil-yelpi qarayotgan yoshlar qayerdan paydo boʻlmoqda, nega avvallari oilaviy ajrashishlar hozirgiga qaraganda kam kuzatilgan? – degan savollar tugʻiladi.

Tuman FHDYo boʻlimi tomonidan taqdim  etilgan maʼlumotlar bilan tanisharkanman, buning eng muhim sabablaridan biri oila qadriyatlariga munosabatning sustligida emasmikan, degan fikrga keldim. Hayotiy kuzatishlarimdan kelib chiqib aytishim mumkinki, avvallari ota-onalarimiz oʻgʻil-qizlari uchun nafaqat umr yoʻldosh, balki quda-qudagʻay tanlashda ham oʻta ehtiyotkor boʻlganlariga koʻp bora guvoh boʻlganmiz. Eshigini ochib kelgan sovchilarning nega urugʻ-aymogʻini surishtirishgan? Qizi noqobil yigitning etagini tutib ketmasin, deb oʻgʻli tanlagan qizning palagi tozami, oʻgʻliga loyiqmi, biri-biri bilan gap-soʻzi qovushadimi, barchasini hisobga olishgan.  Farzandlari hayotga halol-u pokiza nazar bilan kirib borishlari uchun ota-onalarning  tanlovi va qarorlari koʻp hollarda oʻta muhim hisoblangan. Hozir-chi? Hozir buning tamoman aksi! Turmush uchun zaruriy bir sandiqqina seplar bilan uzatiladigan qizlarimizni bir emas, bir necha mashinaga yuk boʻladigan koʻch-koʻron bilan turmushga berayotirmiz. Hatto vijdoni qiynalmaydigan ayrim qudalar qiz tomonga “uni olib keling, buni olib keling”, qabilida buyruqlar berishgacha borib yetishmoqda. Hali hayotda boshi ogʻrib bir-ikki soʻm pul topmagan yosh kelin-kuyov birdaniga hamma narsaga ega, bekam-u koʻst oila sohib va sohibalari boʻlib olishgach, ularda hayotga yengil qarash, xudbinlik kayfiyati paydo boʻlayotir, nazarimda.

– Yosh oilalarning ajrashib ketishlari uchun arzirli sabablar juda kam, –deydi tuman FHDYo boʻlimi mudiri Sanobar Xolboyeva. – 2018-yilda 1703 ta nikoh qayd etilgan boʻlsa, 2019-yilda bu 1707 tani tashkil etdi. Nikohni qayd etish 4 taga oshgan. Bu quvonarli, lekin turli sabablar bilan ajrashishlar sonining oshib borayotgani achinarli. Ajrashishga qaror qilganlarni bu fikrlaridan qaytarishga qanchalik urinmaylik, deyarli koʻpchiligi katta hayot tajribasiga ega boʻlgan insonlarni ham eshitishni xohlashmaydi. Osongina ajrashib ketishadi.

Eʼtibor bering: 2018-yilda 106 ta, 2019-yilda esa 109 ta ajrashish qayd etilgan. Shundan voyaga yetmagan farzandlari boʻlmagan, FHDYo boʻlimida, oʻz roziliklari bilan ajrashgan er-xotinlar 2018-yilda 6 tani tashkil etgan boʻlsa, 2019-yilda bu 17 taga yetgan. 91 ta oila birinchi nikohidan sud qarori orqali ajrashgan. Er-xotindan biri takroriy nikohda boʻlgan 1 oila ham sud qaroriga asosan ajrashib ketishgan.

Hayotiy bir misol: G. sevib turmush qurgan oilasidagi muhitga moslasha olmadi. Gohida bor, gohida taqchil roʻzgʻor jilovini tutib turgan qaynonasining ish oʻrgatishlari, maslahatlarini qabul qilolmadi. Tez-tez ota-onasinikiga ketaverdi, ota-onalarini, erini eshitishni ham istamadi. Bir nafar qiz farzandi bilan oilasidan ajrashgan G. bir farzandi bilan xotinidan ajrashgan erkakka qayta turmushga chiqdi. Ikkinchi oilasida yana bir farzandli boʻldi. Birinchi eridan qizi uchun aliment ololmay sarson. Eri esa birinchi xotiniga har oy sayin falon ming soʻm aliment pulini naqdlab beradi.

– Qattiq pushaymonman, ajrashmasam boʻlar ekan, – deydi G. – Men birinchi erimdan aliment undirolmay ovoraman, erim esa ajrashgan xotiniga farzandi uchun har oyda naqd pul berishni kanda qilmaydi. Erimning koʻngli ham, mehri ham boʻlingan...

Bunday koʻngli va mehri boʻlingan er-xotinlar afsuski, koʻp.

Oila mustahkamligini taʼminlashda er-xotin alohida eʼtibor beradigan jihatlar talaygina. Avvalo shuni aytish kerakki, yangi oilalarda farzand tugʻilishi bilan bogʻliq masalalarga koʻpchilik er-xotin eʼtiborsizlik bilan qarashadi. Oila shajarasining davomchisi boʻlgan yangi insonning dunyoga kelishini qayd etish – oʻz oilasi safining koʻpaygani, oʻz vujudidan yangi avlod yaralayotgani Allohning juda katta inʼomi ekanligini unchalik teran his etavermaydilar. Koʻpchilik holatlarda bolaning tugʻilishi muddati oʻtkazib qayd etiladi. Xususan, 2019-yil davomida tumanimizdagi oilalarda 4762 nafar chaqaloq dunyoga kelgan boʻlsa, shundan tugʻilishini muddati oʻtkazib qayd etilganlari 218 tani tashkil etadi. Albatta, oilada farzandning dunyoga kelishi va oila aʼzolari bilan teng huquqli inson sifatida ism-sharifi qayd etilgan hujjatga oʻz vaqtida ega boʻlishini taʼminlash ham er-xotinning oila qadriyatlariga munosabatini belgilaydi.

FHDYo boʻlimida nikohlarini baxtiyorlik bilan qayd ettirayotgan yoshlar koʻzimizni quvnatib, koʻnglimizni shodlikka toʻldiradi. Lekin ming-ming taassufki, ana shu baxtiyor yoshlar orasida vaqt oʻtib yolgʻiz onalar paydo boʻlganini, farzandi uchun aliment toʻlashni unutgan otalar sudlarning eshiklariga qatnayotganini koʻrish juda ogʻir.

– Yoshlarimiz orasida, afsuski, shundaylari bor, – deydi Sanobar Xolboyeva. – 2019-yil davomida tuman FHDYo boʻlimida yolgʻiz onadan tugʻilishini qayd etish 109 tani, topib olingan, tashlab ketilgan chaqaloqlar tugʻilishini qayd etish 7 tani tashkil etdi. Otalikni belgilash borasida ham shunday holatlarni kuzatish mumkin. 2019-yil davomida jami otalikni belgilash 330 ta boʻlib, shundan 24 tasi sud qarori asosida qayd etildi.

– Ish faoliyatimda insonning yuragini larzaga keltiradigan holatlarga duch kelaman, – davom etadi Sanobar Xolboyeva. – Taqdir sinovimi, befarzandlik tufayli sabr-toqat bilan yashagan, oʻzaro mehr-oqibatli er-xotinlar ajrashishga qaror qilishsa, ularni tushunish mumkin. Lekin hayotni, oilani oʻyinchoq bilgan ayrimlar bolalarini tirik yetim qilib, arzimagan sabab bilan ajrashishga qaror qilishadi. Oʻrtada begunoh goʻdaklar tirik yetimlik jabrini tortishadi. Biri oʻgay ota, biri oʻgay ona turtkisi bilan yashashga majbur boʻlishadi. Yana bir toifa ayollar (asosan yosh-yosh qizlar) yengiltaklik bilan qilgan gunohlarini oʻzlaricha “yopib” bolasini tashlab ketishadi. Ana shunisi yomon, juda yomon!

Ha, azizlar, bu nainki inson zotiga isnod, balki jamiyatga, Allohning ulugʻ inoyatiga xiyonatdir. Kimdir yillar davomida farzandsizlik jabrini tortadi. Xudoyimdan birgina zurriyod berishini tilashdan hech charchamaydi. Allohim mehrimga, iltijomga bir mukofotini berar, degan umidda farzand asrab oladi. Qaysidir nobakor, notavon, koʻzi, qalbi koʻr kimsaning tashlab ketgan (tashlandiq, demoqqa til bormaydi) bolasiga mehrini beradi, qalbida, koʻzida asrab ulgʻaytiradi. Aslo, “tashlandiq” demaydi. Axir Allohning irodasi bilangina inson vujudida inson yaraladi, dunyoga keladi, ulgʻayib, balki yaxshi inson boʻladi, balki shu murgʻak jon dunyoni oʻzgartiradi. Ehtimol...

Axir uni Alloh yaratgan. Allohning neʼmatlariga noshukurlik qilish – tiriklikka, hayotga, hazrati Odamga xiyonat emasmi?! Bizningcha, shunday!

Bugun muhabbat bilan biri-biriga boqib turgan ikki yosh koʻngilda ertaga biri-birini rad etgulik manfiy kuch qaydan paydo boʻlayotir? Albatta, loqaydlikdan, azizlar. Biri internet tarmogʻi orqali yana biri telefonda, birlari koʻcha-koʻyda, toʻyda, talabalikda tanishib, oila qurayotgan yoshlarning qarorlarini qoʻllab-quvvatlashda biz kattalar xato qilayotganimiz yoʻqmi? Dabdabali toʻy, qoʻsha-qoʻsha jihozlar-u, sarpo-suruqlarga bir kunda ega chiqqan yosh oila hayot, turmush mashaqqatlariga duch kelganida biri-biriga yelka tutmoqni, oiladek muqaddas goʻshani obod etish oʻzlarining burchi ekanligini unchalik anglab yetishmayotir, nazarimda.

Ota boʻlib oʻgʻlimizga, ona boʻlib qizimizga oila qadriyatlari, turmushning zalvorli mashaqqatlari haqida oʻz xatti-harakatlarimiz, oiladagi namunali tutumlarimiz, muammolar qoshidagi bosiqligimiz, samimiyatimiz bilan ibratli va sevimli boʻlsak, farzandlarimiz biz qurgan oila qoʻrgʻoni qadriyatlarini oʻzlariga, albatta, singdiradilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026