ADLIYa BÖLIMIDA OVUL VA MAHALLALAR RAISLARI IŞTIROKIDA YIĞILIŞ ÖTKAZILDI
Tuman Adliya bölimi tomonidan xalqimizning huquqiy madaniyatini yuksaltiriş, ayniqsa, Prezident Farmon va Qarorlari hamda hukumat Qarorlarining ijrosini taʼminlaşda keng jamoatçilik iştiroki va nazoratini taʼminlaş maqsadida huquqiy-tarğibot tarzidagi öquv-seminarlar, davra suhbatlari, ovul va mahallalar raislari hamda mutaxassislari iştirokida maʼnaviy-maʼrifiy hamda huquqiy tadbirlar tez-tez ötkazilib kelinmoqda.
Tuman hokimligi binosida fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça tuman Kengaşida ovul va mahalla fuqarolar yiğinlari raislari iştirokida bölib ötgan yiğilişda ham Adliya bölimi mutaxassislari tomonidan yangidan qabul qilinib, hayotga joriy etilgan Prezident Farmonlari va Qarorlarining mazmun va mohiyati yuzasidan tuşunçalar berildi.
Xususan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-dekabrdagi 4546-sonli “Byurokratik tösiqlarni yanada qisqartiriş hamda davlat organlari va taşkilotlari faoliyatiga zamonaviy boşqaruv tamoyillarini joriy qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarori va uşbu Qarordan kelib çiqib, özini özi boşqariş organlari rahbarlari tomonidan amalga oşiriladigan eng muhim vazifalar, binobarin, xalqimiz hayotiga doir ijtimoiy muammolarga barham berişda jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş böyiça tuman Adliya bölimi mutaxassisi Jamşid Bekimbetov batafsil töxtalib ötdi.
Şuningdek, Özbekiston Oliy Majlis palatalarining qöşma Qarori bilan tasdiqlangan “Töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar ötkazilişini tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisida”gi Nizomning mazmun-mohiyati, xalqimiz hayotidagi ahamiyati böyiça yiğiliş iştirokçilariga keng tuşunçalar berildi. Şu barobarida 2020-yilning 1-yanvaridan eʼtiboran amaliyotga joriy etilgan mazkur qöşma Qaror bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan talablarga ovul va mahalla fuqarolar yiğinlari raislari, köça boşçilari tomonidan yetarli ahamiyat berilmayotganiga eʼtibor qaratildi. Töy-tantanalar, oilaviy marosimlarni ötkazişda ortiqça dabdababozlikka yöl qöyilayotgani, joylardagi töyxonalarga töy egalari tomonidan 2 soatlik töy tadbiri uçun tölanadigan narxlar asossiz oşirib yuborilayotgani, sanʼatkorlarning aksariyati hamon kuçli ovoz kuçaytirgiç uskunalari, fonogramma asosida xizmat körsatayotganlari aniq nazoratga olinişi zarurligi taʼkidlandi.
Yiğiliş yakunida har ikkala muhim hujjat yuzasidan iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Barça savollarga tuman Adliya bölimi mutaxassisi Jamşid Bekimbetov atrofliça javob berdi.
R.YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶