“SIZGA QANDAY YoRDAM BERA OLAMAN” DEB NOMLANGAN NOANʼANAVIY OÇIQ DARS ÖTKAZILDI
Mamlakatimizda yoşlarning çet tillarni örganişiga taʼlimning barça bosqiçlarida ham ulkan eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada takomillaştirişga qaratilgan islohotlar olib borilmoqda.
Hozirgi kunda ingliz tili fani birinçi sinflardan boşlab oğzaki nutq va quvnoq öyinlar şaklida örgatib kelinmoqda. Öquvçilar 2-sinfdan boşlab, asosan til grammatikasini örganişga kirişadilar. Şunisi quvonçliki, öquvçilarda ingliz tiliga qiziqiş juda kuçli va bu öz natijalarini berayotir.
16-sonli umumiy örta taʼlim maktabida ham ingliz tilini örgatiş yaxşi yölga qöyilgan. Fan öqituvçilar yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda darslarni taşkil etib, maşğulotlar davomida öquvçilarning puxta özlaştirişlarini taʼminlaşga harakat qilişmoqda. Noanʼanaviy, yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars maşğulotlarini, turli tanlovlarni taşkil qilişib, öquvçilarning öz bilimlarini namoyiş etişlariga imkoniyat yaratişmoqda.
Yaqinda maktabdagi ingliz tili fani böyiça tajribali öqituvçilardan biri bölgan Gulzira Yangiboyeva 4-sinf öquvçilarining savodxonligini aniqlaydigan PIRLS xalqaro tadqiqotlar talablari böyiça noanʼanaviy oçiq dars taşkil etdi. “Sizga qanday yordam bera olaman” deb nomlangan uşbu qiziqarli maşğulotda öquvçilarning olgan bilimlarini hayotda qay darajada qöllay oliş könikmasi sinovdan ötkazildi.
Şunisi eʼtiborga sazovorki, öquvçilar mazkur darsga puxta tayyorgarliklar körişgani oçiq darsda qatnaşgan öqituvçilar va ota-onalarni quvontirdi. Öqituvçi ularni guruhlarga bölingan holda topşiriqlarni bajarişga jalb etdi. Mavzu yuzasidan har bir öquvçi öz fikrlarini dadil bildirib, özlari ifodalagan gaplarni amalda körsatib ham berdilar. Natijada guruhlar orasida döstona muhit yaratildi.
Oçiq dars noanʼanaviy bölganligi bois öquvçilar ulkan qiziqiş va eʼtibor bilan maşğulotni davom ettirdilar, ğoliblik uçun intiliş ham ğoyat samimiy edi. Oçiq dars mavzusi yuzasidan öquvçilar özlari darslikdan taşqari şeʼrlarni ifodali aytişdi, ingliz tilida öqiş va yoziş könikmalarini, oğzaki nutqini rivojlantiriş maqsadida berilgan turli suratlarni şarhlaş topşiriği, ayniqsa, qiziqarli böldi.
Bu topşiriqni öquvçilar guruh bölib bajarganligi – ularda hamjihatlikda yutuqlar sari intiliş hissini uyğotdi. Dars söngida oçiq darsda öquvçilarning bilimi, tezkorligi, zukkoligi odilona baholandi. Öquvçilarga şu kungi yangi mavzu tuşuntirib berildi va uyda bajariş uçun vazifalar topşirildi.
Noaʼnaviy oçiq dars öquvçilarning ingliz tilini örganişga bölgan qiziqişlarini yana ham oşirdi.
Oygul Rajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶