21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 20:43
Adabiyot 👁 535

“El desa Navoiyni” deb nomlangan adabiy-musiqiy tadbirda ulugʻ shoirga ehtirom koʻrsatildi

“El desa Navoiyni” deb nomlangan adabiy-musiqiy tadbirda ulugʻ shoirga ehtirom koʻrsatildi

Alisher Navoiy! Bu nom qaysi davrada, qanday minbarda yangrashidan qatʼiy nazar, barcha uchun sevimli, aziz. Chunki yer yuzida oʻzbek degan buyuk millatni ana shu nom bilan bilguvchi davlatlar, el-u elatlarda ham Navoiy, desalar qalblarida ezgu tuygʻular junbushga kelguvchi, Navoiy dahosiga yuksak ehtirom bilan yashaguvchi insonlar bisyor. Mamlakatimizda ulugʻ shoirga ehtirom, shoirning bebaho merosiga muhabbat har bir vatandoshimiz uchun shon-sharaf, faxrdir.

Yurtimizning barcha hududlarida ayni kunlarda boʻlib oʻtayotgan A.Navoiy tavalludining 579 yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-musiqiy tadbirlarda  ham ulugʻ shoir dahosiga beqiyos katta hurmat va eʼtibor, ehtirom koʻrsatilmoqda.

9 fevarl – Alisher Navoiy tavalludi kuni munosabati bilan 22-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtgan adabiy-musiqiy tadbirda oʻquvchi-yoshlarning Navoiy asarlarini qay darajada oʻzlashtirayotganlari, shu barobarida Navoiy asarlaridan olgan taassurotlari turli sahna koʻrinishlari, shoir gʻazallari, ruboiy va tuyuqlari, masnaviy hamda muxammaslari talqinida oʻz ifodasini topdi.

Maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Nasiba Matsafoyeva rahbarligida tashkil etilgan, “El desa Navoiyni” deb nomlangan tadbirning maʼnaviy-maʼrifiy qismida 9-sinf oʻquvchilari ikki guruh boʻlib oʻzaro bellashdilar. Oʻquvchilar Alisher Navoiyning nihoyatda insonparvar, vatanparvar, elparvar shaxs sifatida yuksak obroʻ-martabaga  erishganligini sahna koʻrinishlari orqali koʻrsatib berdilar.

Yirik davlat va jamoat arbobi sifatida qilgan bunyodkorlik ishlari, madrasa talabalari uchun oʻz hisobidan nafaqalar ajratib, ularni darsliklar bilan taʼminlagani, kutubxonalar, maʼnaviyat va maʼrifat maskanlari, koʻpriklar hamda masjidlar qurib, yetim-yesirlarga, ehtiyojmand insonlarga koʻrsatgan beminnat yordamlari xususida oʻquvchilar havas va hayrat, iftixor bilan soʻzladilar.

Tadbirning adabiy-badiiy qismida Choykoʻl madaniyat markazi xodimi Rahima Xudoyberganova soʻzga chiqib, maktab oʻquvchilarining Navoiy dahosiga yuksak ehtirom ila tashkillashtirgan ushbu tadbiri jamiyatimizda Navoiy asarlarining bilimdonlari safi oshishiga xizmat qilishini taʼkidladi. Shu bilan birga navoiyxonlik kechalarini tashkil etish anʼanaga aylangani yoshlarning ongu tafakkurini yuksaltirish, ularni vatanparvarlik, insonparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilayotganini soʻzladi. Oʻz oʻrnida taʼlim dargohlarida oʻtkazilayotgan bu kabi xayrli ishlar ulugʻ mutafakkir asarlari mazmunini chuqur anglashga, yoshlarni Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashga, mehr-oqibat va oʻzaro hurmat tuygʻularini mustahkamlashga xizmat qilishini ham aytib oʻtdi.

Shundan soʻng, oʻquvchi-yoshlar “Navoiy va Guli”, “Navoiy va Husayn Boyqaro” adabiy kompozitsiyalarini mahorat bilan ijro etishdi. Navoiy gʻazallari, ruboiy va tuyuqlari asosida bahri-baytlar aytishib, tadbirga fayz bagʻishladilar.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026