«Adolat» SDP taşkil topganiga 25-yil tölganligi munosabati bilan tadbir ötkazildi
Mamlakatimizdagi eng katta siyosiy partiyalarning biri Özbekiston «Adolat» SDP 1995-yilning 18-fevral sanasida taşkil topgan. Joriy yilda uşbu partiyaning taşkil topganiga 25-yil töladi. Şu munosabat yurtimiz böylab ötkazilayotgan tadbirlar tobora qizğin tus olmoqda.
11-fevral kuni Özbekiston «Adolat» SDP tuman Kengaşi taşabbusi bilan bayram tadbirlari taşkil etildi.
Tumandagi Uyşin madaniyat markazi va 6-maktabgaça taʼlim taşkilotida taşkil etilgan tadbirlar «Xalq manfaatlari yölida xizmat qiladigan adolatli jamiyat quramiz» şiori ostida kötarinki ruhda ötdi. Tadbirni partiyaning tuman Kengaşi raisi Mansur Örozboyev kiriş sözi bilan oçib, ötgan 25-yil davomida partiya taşabbusi bilan amalga oşirilgan, deputatlar tomonidan loyihalar doirasida olib borilgan işlar va istiqboldagi ustuvor vazifalar haqida batafsil maʼlumot berdi.
Şu örinda maʼlumot tariqasida aytiş kerakki, Özbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi —1995-yil 18-fevral partiya taʼsis qurultoyida tuzilib, Dasturi va Ustavi qabul qilingan va şu kuni ÖzP Adliya vazirligida röyxatdan ötgan. Partiyaning boş maqsadi — Vatan mustaqilligini mustahkamlaş, islohotlarning jadallaşuviga, huquqiy demokratik, adolatli fuqarolik jamiyati barpo etiş va Özbekistonni jahonda rivojlangan mamlakatlar safidan mustahkam örin olişiga munosib hissa qöşişdir.
Şuningdek, partiyaning ğoyaviy negizini sotsial demokratiyaning 3 asosiy printsipi: siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy adolat taşkil etadi. Partiya aʼzolari qonun ustuvorligini taʼminlovçi adolatli ijtimoiy munosabatlar örnatilgandagina odil jamiyat quriş mumkinligini taʼkidlaşadi. “Adolat” SDP esa uşbu yönalişdagi işlarni bajarişni özining asosiy vazifasi deb hisoblaydi. Partiya örtahol va kam taʼminlangan aholi tabaqalariga tayanadi hamda ularning siyosiy, ijtimoiy irodasini namoyon etişga intiladi.

Mansur Örozboyev 2019-yil 22-dekabrda ötkazilgan Özbekiston Pespublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengaşlar deputatligiga bölgan saylovlar natijasiga köra Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga Özbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasidan 21 nafar deputat saylanganini, Qoraqlpoğiston Pespublikasi Jöqorği Kengesi deputatligiga 6 nafar deputat, Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatligiga 5 nafar deputat saylanganini maʼlumot tariqasida keltirdi.
Bayram tadbiri doirasida partiyaning faol yoşlari tomonidan körgazma va sahna körinişlari namoyiş etildi. Tuman sanʼatkorlari ijro etgan kuy-qöşiqlar barçaga birdek manzur böldi.
Tadbir davomida partiya safiga yangi aʼzolar ham qabul qilindi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶