25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 22:17
Jamiyat 👁 351

“MATNIYoZ OXUN” QABRISTONI OBODONLAShTIRILDI

“MATNIYoZ OXUN” QABRISTONI OBODONLAShTIRILDI

Har bir xalq oʻz tarixi, har bir inson esa oʻzi bilan hamnafas yashagan aziz kishilari xotirasidan maʼnaviy kuch, tarixiy voqea-hodisalardan xulosalar chiqarib, hatto maʼrifiy taʼlim-tarbiya oladi. Shuning uchun ham xotira – oʻtmish bilan bugungi kunni bir-biriga bogʻlab turuvchi maʼnaviy koʻprik hisoblanadi. Ajdodlar xotirasiga hurmat bajo keltirish, ular mangu  qoʻnim topgan qadamjolar, ziyoratgoh va qabristonlarni obodonlashtirish esa xalqimizning azaliy qadriyatlaridandir.

Yurtimizda diniy bagʻrikenglikni taʼminlash, diniy urf-odatlarni hurmat qilish, ayniqsa, muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni yanada obod qilish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.

Tumanimizdagi “Matniyoz oxun” qabristoni Amir Temur ovulida joylashgan boʻlib, mazkur qabristonga ovulning ziyoli, obroʻli insonlari va ularning ajdodlari dafn etilgan. Oʻz davrida ovuldagi maʼnaviyat va maʼrifatga intiluvchan insonlarga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatgan ziyolilar sulolasi vakili Matniyoz oxun boboning muborak qabrlari ham shu yerda joylashgan. Ovul ahli har yili bahor kelishidan oldin qabristonda obodonlashtirish ishlarini olib borishadi.

Yaqinda ovul faollaridan koʻcha boshchi Rajab ota Xudoyberganov hamda mahalla imomi Xudoybergan Abdullayevlar rahbarligida mazkur qabristonda keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Mazkur xayrli va ezgu  ishda fuqarolar yigʻini hududida yashovchi katta-yu kichik aholi bosh qoʻshdi. Ovul faollari Jumaboy Madrahimov Oʻrozimbat Allamboyev va Mahmud Otajonovlar yoshlar bilan birgalikda qabristondagi dov-daraxtlarga shakl berib, ortiqcha shox-shabbalar, qurib qolgan oʻt-oʻlanlarni qabriston tashqarisiga chiqarib tashlashdi. Har bir qabr atrofi tozalanib, ayrimlari taʼmirlandi. Taʼmirlash ishlari olib borilgan qabrlar boshida mahalla imomi Xudoybergan Abdullayev oʻtganlar ruhiga qurʼon tilovatlari oʻqib, dinimizda sharh etilgan ezgu, xayrli ishlarning savoblari xususida yoshlarga tushunchalar berdi. Shuningdek, xalqimiz azal-azaldan bunday xayrli ishlarni koʻpchilik boʻlib, bamaslahat bajarib kelganligini, oʻtganlarni yodga olib, ularning ruhlarini shod etish – savobi ulugʻ amallardan ekanligini, marhumlarning hoki poklari qoʻnim topgan maskanlarni obod qilish va ularning haqlariga duolar qilish insoniy burchligini gapirdi. Undan tashqari, islom dini taʼlimotlariga koʻra, atrof-muhitni koʻklamzorlashtirish, uning tozaligiga, savobli va ezgu ishlarni ado etmoqlikka, ziyoratgoh-u qabristonlarni obod qilishdek xayrli ishlarga kamarbasta boʻlish farz ekanligi, bu kabi hayrli ishlar koʻpchilikka manfaatli boʻlgani bois, savobi ham mislsizligini soʻzladi.

Shunisi eʼtiborga molikki, ovul keksalari ham yoshlar bilan birgalikda obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etishdi. Natijada “Matniyoz oxun” qabristoni ortiqcha shox-shabbalardan, qurigan xas-choʻplardan tozalandi.

Dunyodan oʻtgan ota-bobolari, yaqinlari xotirasiga hurmat koʻrsatish har bir insonning  zimmasidagi farzandlik, qarindoshlik, qolaversa, insoniylik burchi ekanligini yaxshi anglagan ovul ahli yoshlarning bu ezgu ishlaridan mamnun boʻlishdi.

R.YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026