“BOBUR – UMUMARMIYa YoŞLARI NIGOHIDA” NOMLI INŞOLAR TANLOVI ÖTKAZILDI
Yaqinda tumanimizda faoliyat olib borayotgan Davlat xavfsizlik xizmati çegara qöşinlari tarkibidagi 9202 “D” harbiy qismi xizmatçilari va uşbu qismda muddatli harbiy xizmatini ötayotgan askarlar orasida şoh va şoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligi munosabati bilan “Bobur – umumarmiya yoşlari nigohida” mavzusida inşolar tanlovi ötkazildi.
Özbekiston yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi bilan hamkorlikda ötkazilgan uşbu tanlov yoşlar qalbida vatanparvarlik tuyğularini oşiriş, ösib kelayotgan yoş avlodni maʼnaviy-axloqiy va harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, unda mamlakat suvereniteti va mustaqilligini himoya qiliş burçini şakllantiriş, qadimiy va betakror diyorimizdan yetişib çiqqan buyuk bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Boburning jasurligi, ibratli hayotini har tomonlama çuqur örganiş va tarğib etiş, yoşlarimizda özlikni anglaş, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaş, ular örtasida mamlakat çegarasi sarhadlarini qöriqlaşdagi mardlik va jasorat tuyğularini keng ommalaştiriş maqsadida taşkil etilgan.
Tanlov natijalari 40 ballik tizimda, inşoda orfografik va grammatik xatolar mavjudligi, inşoning uslubiy jihatdan töğriligi va berilgan mavzu ğoyasining töliq oçib berilganligi, taʼsirçan yozilganligi kabi mezonlari asosida baholandi.
Natijalarga köra, uşbu qismda muddatli harbiy xizmatda burçini ötayotgan askar M.Akbarov birinçi öringa loyiq deb topildi va taşkilotçilar tomonidan diplom, sovğalar bilan taqdirlandi.
Fazliddin MAHAMADIYeV,
9202 “D” harbiy qism xizmatçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶