“Bobur xotiramizda” deya nomlangan tadbir bölib ötdi
Butun mamlakatimizda fevral oyida uluğ mutafakkir allomalarimiz tavallud sanalari har yili keng miqyosda nişonlanadi. 9-fevral şoirlarning sultoni Alişer Navoiy, 14-fevral şoh va şoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi sanalari barça taʼlim maskanlari qatorida tumanimizdagi umumtaʼlim muassasalarida ham munosib nişonlandi. Uşbu sanalar munosabati bilan maktablarda turli tadbirlar, adabiy-badiiy keçalar taşkil qilinib, mutafakkir bobolarimiz xotirasiga ehtirom körsatildi.
Ana şunday ajoyib tadbir tumanimizdagi 82-sonli umumtaʼlim maktabida ham bölib ötdi. Nozik qalb sohibi, betakror şoir, Boburiylar sulolasi asosçisi Zahiriddin Muhammad Borbur tavalludining 537 yilligiga bağişlangan “Bobur xotiramizda” deya nomlangan tadbir bellaşuv tarzida taşkil qilindi. Bellaşuvda maktabning 6-“A” va 6-“B” sinf öquvçilarining Bobur hayoti va ijodi xususida olgan bilimlari sinovdan ötkazildi.
Bahs-munozaraga boy bölgan musobaqani maktabning ona tili va adabiyot fani öqituvçilari Zulhumor Saparova hamda Şohista Döstjanovalar taşkil qildilar. Bellaşuv avvalida ustozlar sözga çiqib, şoh va şoirning maşaqqatli hayot yöli, adabiyot söz sanʼatida tutgan örni hamda avlodlarga qoldirgan maʼnaviy merosi xususida gapirib ötdilar.
Taʼkidlanganidek, Zahiriddin Muhammad Bobur örta asr Şarq madaniyati, adabiyoti va şeʼriyatida öziga xos örin egallagan adib, şoir, olim böliş bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqaraşi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bölsa, serjilo özbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning maşhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning nafis ğazal va ruboiylari turkiy şeʼriyatining eng nodir durdonalari bölib, “Mubayyin”, “Xatti Boburiy”, “Harb işi”, Aruz haqidagi risolalasi esa islom qonunşunosligi, şeʼriyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa bölib qöşildi.
Şu buyuk siymo tavalludiga bağişlangan bellaşuvda öquvçilar 5 ta şartlar böyiça musobaqalaşdilar. Xususan, dastlabki şart Bobur hayoti va ijodi haqida maʼlumotlar şarti, ikkinçi şart Bobur ruboiylaridan ifodali qilib aytiş şartida öquvçilar qiziqarli maʼlumotlar va şoirning purmaʼno ruboiylaridan namunalar keltirdilar. Uçinçi sahna körinişi şartida öquvçilar Boburning maşaqqatli hayotidan körinişlarni mahorat bilan ijro qildilar.
Şuningdek, bellaşuvning törtinçi savol-javob şartida guruhlarning adabiyot fani hamda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi töğrisidagi bilimlari sinovdan ötkazildi. Bellaşuv oxirida öquvçilarga şoirning rasmini çiziş uyga vazifa sifatida berilgan bölib, buyuk siymo qiyofasini böyoqlarda tasvirlagan öquvçilarning rasm çiziş qobiliyatlariga baho berildi. Sönggi natijalarga köra, barça şartlar böyiça har ikkala sinf jamoalarining körsatkiçlari teng bölib, döstlik ğalaba qozondi. Tadbirda Vatanni madh etuvçi kuy-qöşiqlar ham ijro etildi.
Tadbir yakunida öquvçilarga esdalik sovğalari hamda faxriy yorliqlar topşirildi.
Çaros Arslonova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶