25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 23:34
Jamiyat 👁 371

MAʼNAVIYaT OILADAN BOShLANADI DEB NOMLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

MAʼNAVIYaT OILADAN BOShLANADI DEB NOMLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

19-fevral kuni  9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat  maktabi  zalida  “Mahallalarda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish boʻyicha jamoat tashkilotlarining 2020-yil yanvar-iyun oylariga moʻljallangan Hamkorlik Dasturi”ning 4-bandiga muvofiq “Maʼnaviyat oiladan boshlanadi” mavzusida targʻibot- tashviqot tadbiri tashkil qilindi.

Tadbirni oʻtkazishdan asosiy maqsad oilalarda maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, yoshlarning ilm egallashga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, ularni halol mehnat qilishga oʻrgatish, oilaviy kelishmovchiliklarga barham berishda mahallalarning davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorligini kuchaytirish, mahallalarda oila institutini mustahkamlash, oilaviy ajrimlarning oldini olish, ota-onalarning farzand tarbiyasidagi oʻrni va javobgarchiligini  oshirishga hissa qoʻshishdan iboratdir.

Mazkur tadbirda “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tuman boʻlimi rahbari G.Yusupovaning  “Oila – muqaddas”, “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi rahbari B.Allabergenovning  “Kitob – hayot maktabi”, 15-sonli maktab direktorining maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Dilnoza Jumanovaning   “Jaholatga qarshi maʼrifat”, tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi bosh mutaxassisi G.Chimboychiyevaning “Farzand tarbiyasida ota-onaning roli va masʼuliyati” mavzularidagi maʼruzalari tinglandi. Shuningdek, oilalar va mahallalarda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish, jamoat va davlat tashkilotlari oʻrtasida bir-birini toʻldiradigan, samarali hamkorlikni joriy etish, ushbu yoʻnalishda jamoat tashkilotlari oʻrtasida imzolangan hamkorlik dasturida belgilangan vazifalar keng muhokama etildi. Undan tashqari, toʻy va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish boʻyicha Dasturda belgilangan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish xususida ham soʻz yuritildi.


Tadbirda Mangʻit shahridagi 12 ta  mahalla fuqarolar yigʻinlari masʼul xodimlari, mahallalar faollari, keksa nuroniylar, hoji ota va hoji onalar ishtirok etishdi va muhokama etilgan mavzular yuzasidan oʻzlarining fikr va mulohazalarini bildirdilar.

“Oila tinch – jamiyat tinch”. Bu iborani koʻp qoʻllaymiz.  Biroq oʻzimiz yashayotgan jamiyatdagi mayda-chuyda, arzimasdek koʻringan kamchiliklar haqida koʻp qaygʻuravermaymiz. Bir kun bu kamchiliklarning ulkan muammoga aylanib ketishini va koʻpchilikning tinchini buzishi mumkinligini oʻylamaymiz.  Baʼzi oilalardagi  notinchliklar, oilaviy ajralishlarning tobora koʻpayib borayotgani, oʻsib kelayotgan yosh avlod qalbidagi maʼnaviy boʻshliqlar ana shunday beparvoliklar  oqibatlaridan biri desak, adashmaymiz. Bizning xalqimizning  asrlar osha yashab kelayotgan mahalla bolasiga oʻz bolasidek qaygʻurish, qoʻshnisi tinch-omonligini oʻz xotirjamligiday koʻrish, borini, quvonch-tashvishini birga baham koʻrishday hayotbaxsh qadriyatlarini qayta tiklash va hayotimizdan mustahkam oʻrin olishiga erishish kechiktirib boʻlmaydigan vazifalardandir.

Tadbir davomida bu borada atroflicha soʻz yuritildi va kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab olindi.

Oygul Rajabova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026