25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 23:34
Jamiyat 👁 369

Mahallalarda koʻchat oʻtqazish ishlari boshlandi

Mahallalarda koʻchat oʻtqazish ishlari boshlandi

Yurtimizda qish oxirlab, kunlar isishi bilan bahorgi mavsumga tayyorgarlik, koʻkalamzorlashtirish ishlari boshlab yuboriladi. Bu kabi obodonlashtirish va koʻchat ekish, daraxtlarga shakl berish ishlari tumanimizda ham uyushqoqlik bilan amalga oshiriladi.

Allaqachon boshlab yuborilgan bunday xayrli tadbirlarda tuman hokimligi, tegishli tashkilot va idoralar vakillari, faol yoshlar, qisqacha aytganda, tumanimizning yosh-u qarisi – barcha birdek bahorgi mavsumga tayyorgarlik ishlarida faol ishtirok etmoqda.

Gulzor va Oybek nomli mahallalar hududidagi katta koʻcha boʻyida archa koʻchatlarini oʻtqazish ishlari hamjihatlik bilan bajarildi. Mehnatsevar yurtdoshlarimiz archa koʻchatlari kelgusida shahrimiz koʻrkiga koʻrk qoʻshadi, degan niyat bilan ushbu xayrli ishda qatnashishdi. Shu maqsadda Mangʻit shahrining 5,5 km uzunlikdagi yer maydoniga jami 2 ming tup manzarali daraxtlar, archa koʻchatlari oʻtqazishdi.

Azaldan xalqimizda bahor kirib kelishiga katta tayyorgarlik koʻrilib, koʻcha-koʻylar, mahallalarni obod qilishga, yon-atrofni ozoda, pokiza, tartibli, saranjom holda saqlashga jiddiy eʼtibor qaratilib kelinadi. Koʻklam arafasida oʻtkaziladigan hasharlar yurtimizni yanada obod, fayzli, toza va ozoda boʻlishini taʼminlash bilan birga yosh avlodda milliy anʼana va qadriyatlarimizga hurmat, oʻzaro mehr-oqibat, mehnatsevarlik, fidoyilik, ezgulikka xayrixohlik singari fazilatlarining mustahkam qaror topishida muhim oʻrin tutadi.

Shu kunlarda tumanimizda ham barcha mahallalardagi turar joylar, xiyobonlar, bogʻlar, yoʻl va yoʻlaklar, muqaddas qadamjolarni tartibga keltirilishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Markaziy koʻchalarga koʻplab mevali daraxt, gul koʻchatlari oʻtqazilmoqda. Mazkur tadbirlarda aholi, ayniqsa, yoshlar faol ishtirok etmoqdalar.

Qolaversa, mazkur tadbirlarda oʻz tadbirkorlik mahsulotlari - turli xildagi koʻchatlarni aholiga yetkazib berayotgan hamyurtlarimiz ham talaygina. Shunday mehnatsevar tadbirkorlardan biri Farhod Yaxshimov 2018-yilda 25 mln. kredit mablagʻi hisobidan Urganch shahridagi gul va subtropik oʻsimliklar yetishtiradigan “”Buyuk Turon” fermer xoʻjaligidan shartnoma asosida koʻchatlar sotib olib, gulchilik va koʻchat yetishtirishga ixtisoslashgan oilaviy tadbirkorlik korxonasi faoliyatini yoʻlga qoʻydi.

 Shuningdek, Farhod akaning ish tajribasini qunt bilan oʻrganayotgan qizi Marhaboning ham gulchilik sohasiga qiziqishi yuqori boʻlib, otasining yonida aholiga koʻchatlarni yetkazib berishga kamarbasta boʻlyapti.

Maʼlumot tariqasida aytish joizki, mazkur oilaviy korxona tashkil qilinishi bilan 8 ta boʻsh ish oʻrni yaratilib, aholi bandligini taʼminlashga hissa qoʻshdi. Oilaviy korxonada 2019-yilda 20 turdagi 7000 dona xonaki gullar yetishtirildi.

Shuningdek, bugungi kunda oilaviy korxonada 4000 dona gul tuvakchalarda tayyor holatda hamda 15000 dona gul koʻchatlari, qolaversa, ona tabiatimiz koʻrkiga koʻrk qoʻshish maqsadida 30000 dona bir yillik manzarali gullar ham yetishtirish keng yoʻlga qoʻyilgan. Ushbu xayrli ish ham, shubhasiz, tabiat hamda ekologik muhitning yanada yaxshilanishiga xizmat qiladi.

Alohida taʼkidlash kerakki, inson hayotini tabiiy muhitsiz tasavvur etish qiyin. Shuning uchun ham tabiatni muhofaza qilish, uning musaffoligini saqlash insoniyatning muqaddas burchidir. Bizni qurshab turgan suv, havo, tuproq, oʻsimliklar olamining hozirgi ahvoli, atrof-muhit ifloslanib qolishining oldini olish asosiy vazifalarimizdan biridir.

Xulosa qilib aytganda, tabiat insonlarning barcha moddiy va maʼnaviy, ruhiy ehtiyojlarini qondiruvchi asosiy manbadir. Shunday ekan, tabiat bizga emas, biz tabiatga muhtojmiz! Tabiatni asrash va undan oqilona foydalanish barchamizning asosiy konstitutsiyaviy burchimizdir. Zero, ona tabiat ajdodlardan qolgan meros emas, balki avlodlardan olingan va kelajak uchun qoldirishimiz zarur boʻlgan boylikdir!

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026