Bobur nomli ovulda “Yoş kelin-kuyovlar innovatsion maktabi”ning köçma öquv maşğuloti ötkazildi
Özi ildiz qöygan zamindan uzilib, tamoman boşqa muhit va iqlim şaroitiga moslaşiş uçun niholga alohida eʼtibor va parvariş talab etiladi. Yangi bunyod bölgan oila ham misoli yangidan ötqazilgan niholga öxşaydi. Taʼbir joiz bölsa, yoş oilaga nihol kabi katta eʼtibor va rağbat zarur. Ikki yoşning til topişib, ahil-inoqlikda öz oila qörğonlarini mustahkamlaşlari uçun eng avvalo ularga atrofidagilarning mehr-muhabbati, oila tutumlari, anʼana va qadriyatlari yuzasidan maslahat va ögitlari juda zarur.
“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining tuman bölimi qoşida taşkil etilgan “Yoş kelin-kuyovlar innovatsion maktabi”da yangi oila qurayotgan yoşlarni oila hayotiga tayyorlaş maqsadida ularni qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan mutaxassislarni jalb qilgan holda rejaviy maşğulotlar olib boriladi. Bundan tört oy muqaddam, 2019-yilning oktyabr oyida öz faoliyatini boşlagan “Yoş kelin-kuyovlar innovatsion maktabi” tinglovçilari kun sayin oşib bormoqda. Ötgan vaqt davomida 4 ta guruhda salkam 100 nafarga yaqin yoşlar oila qadriyatlari, odob-axloq meʼyorlari yuzasidan saboq oldilar.
Yaqinda yana tumanimizning Bobur nomli ovulidagi 86-sonli umumtaʼlim maktabi binosida “Yoş kelin-kuyovlar innovatsion maktabi”ni köçma öquv-maşğulotlari ötkazildi. Unda ovulning 20 nafar yoşlari iştirok etişdi.
Köçma öquv-maşğulotida Hoji Eşon bobo jomʼe masjidi imom-xatibi Rajabboy maxsum Habibullayev “Islom dinida oila aʼzolarining örni va mavqei, nikoh, taloq, köp xotinlilik masalasi hamda oilaviy nizolarning oldini oliş, farzand tarbiyasida ota-onaning burçi” mavzusida maʼruza qildi. Oçiq dars şaklida ötkazilgan öquv-maşğuloti davomida tinglovçilar özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Öz navbatida Rajabboy maxsum Habibullayev uluğ ajdodlarimiz tomonidan muqaddas tutilgan oila qadriyatlari, erning oila va rafiqa oldidagi, rafiqaning eri va qaynota-qaynonaga munosabat masalasidagi burç va maʼsuliyatlari, majburiyatlari haqida keng tuşunçalar berdi. Ayniqsa, ota-onalarimiz amal qilgan oila anʼanalari, milliy mentalitetimizga mos urf-odatlar, maʼnaviy qadriyatlar, şuningdek, zamonaviy oilada şakllantirilişi lozim bölgan axloqiy qadriyatlarga keng töxtaldi.
Öquv-maşğulotida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tuman bölimi rahbari Gulşod Yusupova “Oiladagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni soğlomlaştiriş orqali oilaviy muammolarni bartaraf etişda mahallaning örni hamda yoş oilalar bilan işlaşişda “Oila” markazi zimmasidagi vazifalar” yuzasidan qöşimça dars ötdi. Gulşod Yusupova öz darsi davomida har bir tinglovçining faolligini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratdi. Xususan, yoş kelin-kuyovlarning diniy, axloqiy hamda oila qadriyatlari yuzasidan bilim va könikmalari öquv-maşğulotidan olgan taassurotlari bilan qiziqdi.
Qizğin savol-javoblar, munozarali fikrlar asosidagi darslar tez-tez ötkazilib turilişi lozimligini taʼkidladilar. Tinglovçilar hayotda hamişa asqotadigan oila masalalari böyiça haqiqiy islomiy bilimlar, maʼnaviy-axloqiy mavzudagi maşğulotlar yoş oilalar uçun haqiqiy turmuş saboqlari bölib xizmat qilişini bildirdilar.
R.YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶