21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 20:20
Jamiyat 👁 630

INSON HAYoTI ÖYINÇOQ EMAS...

INSON HAYoTI ÖYINÇOQ EMAS...

Xozirgi kunda ikki-uç kişi yiğilgan joyda suhbat Xitoy davlatining Uxan şahridan tarqalgan koronavirusdan boşlanib, koronavirus mavzusi bilan tugayapti, desam lof bölmas. Taniş-bilişlar bilan salomlaşsangiz ham omon-esonlik örniga koronavirus haqida gap oçadi. Keça işdan qaytayotib, taksiga çiqdim. Maşina içidagi ikki yölovçi va haydovçi ham şu xususda gaplaşayotgan ekan.

– Özbekistonda ham şu kasallikka çalinganlar köp ekan. Biroq hukumat ularni yaşirin davolayotgan ekan, - dedi pinagini buzmay 25-30 yoşlar atrofidagi taksiçi yigit.

– Ofat-da, ofat, – deb qöydi köksiga tuflab old örindiqda ötirgan keksa otaxon. – Avvallari bunday emasdi, heç kim deyarli kasal bölmasdi. Hozir kasallikning turi ham, kasallanayotganlarning soni ham köpayib ketdi.

– Yana Xitoyda yaşayotgan, öqiyotganlarni Özbekiston qaytarib olib kelişgani çatoq böpti, ular şu kasallik virusini yuqtirmagan, deysizmi? Içida neçta kasallanganlari bordir, – sözida davom etdi taksi haydovçi.

– Işqilib, keça bolalarim öqiydigan maktabga şifokorlar borib, koronavirus degan kasal tarqaldi, ehtiyot bölinglar, debdi-yov, – gapga aralaşdi mening yonimdagi ayol. Indamay turolmadim:

– Sen ham şularning qatorida bölsang, demoqçimanki, Xitoyda işlayotgan yo öqiyotgan bölganingda ham şu gaplarni aytarmiding, bolam? – haydovçiga savol berdim men.

Hozirça bizga koronavirus yetib kelgani yöq, kelmagay ham. Xitoydagilarning olib kelingani davlatimizning xalqparvarligidan. Xavfli hududda öz bolalarini taşlab qöymaganini, qança sarf-xarajatlar evaziga olib kelinganini, ular ikki hafta karantinda saqlanişiga qança mablağ sarflanayotganini bir öylab kör. Axir ular ham sen kabi şu yurt bolalari bölgani uçun. Qolaversa, endi qörqmasak böladi, koronavirus davosini topişdiku olimlar.

–  Öylasang – qörqib ketasan, odam. Işqilib, bizda tarqalmagani rost bölgay.

Yonimdagi ayol sözini tugatar-tugatmas, maşinaga törtinçi yölovçi çiqdi va yölga tuşdik. Maşinasini önqir-çönqir yölning  sozroq joyidan haydaşga intilib, goh öng, goh çap tarafida boşqarib borayotgan haydovçi yigit endi telefonda bir ötirişda birga ulfatçilik qilgan jörasi bilan suhbatlaşa boşladi. Maşina tezligi yuqori bölişiga qaramay, bir qöli rulni goh u yoqqa, goh buyoqqa buradi, biz yölovçilar unga sayin u yoqqa, bu yoqqa çayqalamiz.

– Bolam, gapingni bizni manzilga olib borib qöyib, keyin gaplaş, - eʼtiroz bildirdim. Şunda u qattiq kulib yubordi. U telefonda aytilayotgan gapga kuldimi, mening gapimgami – anglolmadim. Biroq suhbat ham töxtamadi, tezlik ham pasaymadi.

– Sen bola gapga quloq solasanmi, yöqmi, – dedim endi ovozimni kötarib.

– Ha, ayapa, – dedi haydovçi ögirilib kulimsiraganiça.

– Yölingga qara, menga emas. Sal sekinroq hayda, deyapman. Boyadan beri koronavirus deb odamlarga vahima qilib ötiribsan, sening bu maşina haydaşing koronavirusdan ham xavfli-ku.

– Ha, sal sekinroq haydagin-da, – gapga qöşildi otaxon.

– Olti yildan beri şu yölda odam taşiyman. Yölning har bir öyiq, har bir belgisi yod bölib ketgan. Közimni yumib haydab ham sizlarni oborib qöya olaman, qörqmang.

Haydovçi bola sal bölsa-da şaştidan tuşmadi. Astağfurulloh, deb eson-omon manzilimga yetganimga şukur qilib, maşinadan tuşib qoldim.

Tuşib qoldim-u haydovçi yigitning “bu yöllarda közimni yumib ham  sizlarni oborib qöya olaman”, deb mağrurlanib turgan holati köz öngimdan ketmaydi. Şunisi xavotirliki, xoh markaziy, xoh içki yöllarda bölsin, maşinalarni yuqori tezlikda haydaş, yölda harakatlaniş çoğida bir-birovni quvib ötişga intiliş, yölovçilarga hurmatsizlik bilan qaraş (öşa taksiçiga öxşab) juda urf bölgan. Agar çorrahalarda maşinalar harakatini  kuzatsangiz – baʼzan svetoforning çiroğiga ham böysunmay, özi kabi yöl harakati iştirokçilari hayotiga xavf tuğdirib, çorrahalarni kesib ötayotganlarni ham uçratişingiz mumkin. Mana şunday qaraşlar oqibatida har kuni yöllarda qançadan-qança köngilsiz hodisalar sodir bölayapti, baʼzi hollarda beayb yölovçilar ularning aybi bilan halok bölayotir.

Yaqinda markaziy telekanallardan birining axborot dasturida bir mast holdagi haydovçi yölda harakatlanib ketayotib, boşqaruvni yöqotib, Damas rusumli avtomaşinaga yuqori tezlik bilan kelib urilgani va oqibatda beş nafar kişi hayotdan  köz yumgani haqidagi lavha efirga uzatildi. Aybdor sudning qora kursisida ötirib ham oqibati bunday bölişini bilmagandim, bilganimda içmasdim, dedi.

Qarang-a! Beş odamning hayotini barbod qilib qöyib, oçiqroği, beş odamning qotiliga aylanib ham özini oqlaşga urinayapti u. Aslida mast odam özini jismonan ham, ruhan ham meʼyorda uşlab tura olmasligi hammaga ayon emasmi? Odamni taşvişlantiradigani – yöllarda haydovçilarning avtomobil boşqariş madaniyatiga, qonun-qoidasiga amal qilmaslikning oqibatini  his qilmaganidir.

Eʼtibor qilayotgan bölsangiz keyingi yillarda yöllar böylarida joylaşgan umumiy örta taʼlim, maktabgaça taʼlim muassasalari röparalariga ötiş yölaklari çizilib, hatto bu yerdan bolalar ötadi, degan maʼnoda yöl çetiga öquvçi surati aks ettirilgan belgilar qöyildi. Şu belgi oldida öquvçilarning yölni xavfsiz kesib ötişlari uçun öqituvçilarning navbatçiliklari ham taşkil etilgan. Biroq aynan şu yerda turib avtomaşinalar harakatini kuzatsangiz – ayrimlar uşbu hududdan ham bemalol tezligini pasaytirmay, bamaylixotir ötib ketayotganiga guvoh bölasiz. Şunda könglingizga şunday savol keladi: nahot haydovçilarning vaqti şunçalik tiğiz  bölib ketayapti? Nahot yöl harakati qoidalari, inson hayoti xavfsizligi – amal qilişga arzimas masala bölsa? Axir ostona hatlab köçaga çiqqan barça odamlarning, bolalarning ham oilasida yöliga köz tikib, kutib ötiradiganlari bor-ku!

Mening bu borada söz yuritişim bejiz emas. Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi yöl harakati xavfsizligi Boş boşqarmasi maʼlumotlariga köra, 21-yanvardan 31-yanvargaça 10 kun içida mamlakatimiz hududida 125 ta  yöl transport hodisalari sodir etilgan. Natijada 59 kişi hayotdan köz yumgan, 93 nafari esa turli darajada tan jarohatlari olgan. Yanvar oyi davomida esa 114 nafar fuqarolar yöl transport hodisalari natijasida vafot etişgan. Bu raqamlar koronovirus xavfidan kammi?

Albatta, men butun dunyo aholisi tinç-osoyişta, farovon yaşaşi tarafdoriman. Biroq dunyoning bir burçagidagi xavfni elga yoyib, odamlar könglida xavotir uyğotişga urinayotganlar özimizdagi mavjud xavflarning – har yili neça-neça odamlar içkilik, çekiş tufayli vafot etişayotgani, bir-birovning joniga qasd qilişlar tobora köpayib borayotgani haqida qayğurişsa, YTHlarning oldini olişga harakat qilişsa, bölmasmidi, deb öylayman.

Ehtimol, bu bir mulohaza qilib körişingizga arzir? Nima dedingiz? Axir inson hayoti uyinçoq emas-ku!

 

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
«INFOLIB ÖZBEKISTON–2026» axborot-kutubxona haftaligiga start berildi ▶ «INFOLIB ÖZBEKISTON–2026» axborot-kutubxona haftaligiga start berildi 20.11.2026 Eskirgan boğlar örnida intensiv boğlar barpo etiladi ▶ Eskirgan boğlar örnida intensiv boğlar barpo etiladi 20.11.2026 Suv tarmoqlariga noqonuniy ulanişlar böyiça nazorat tadbirlari ötkazilmoqda ▶ Suv tarmoqlariga noqonuniy ulanişlar böyiça nazorat tadbirlari ötkazilmoqda 18.11.2026 BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026