QUTURIŞ KASALLIGI PROFILAKTIKASIGA OID KÖRGAZMA BÖLIB ÖTDI
Mamlakatimizda çorvaçilikni bugungi kun talabi va xalqaro tajribalar, ilm-fan yutuqlari asosida rivojlantiriş, aholining sifatli göşt va sut mahsulotlariga bölgan ehtiyojini tölaroq taʼminlaş borasida köpgina saʼy-harakatlar olib borilayapti. Çorvaçilik mahsulotlari yetiştirişni köpaytiriş yönalişidagi işlarni ilmiy asosda taşkil etiş, naslçilik işlarini töğri yölga qöyiş va pirovardida qoramollar mahsuldorligi oşişiga erişiş asosiy maqsadlardandir. Bu borada tumanimizga çetdan nasldor qoramollar keltirilib, ozuqa tayyorlaş qayta işlaş va oziqlantiriş texnologiyasiga amal qilinmoqda. Öz navbatida kasalliklarning oldini olişga jiddiy eʼtibor berilib, tegişli çora-tadbirlar körilmoqda.
Tuman Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş bölimi tomonidan Örta qalʼa ovul fuqarolar yiğini binosi oldida uy hayvonlarida uçraydigan ötkir yuqumli kasallik – quturiş kasalligi profilaktikasiga bağişlangan körgazma bölib ötdi. Tadbirda fuqarolar yiğini masʼul xodimlari hamda ovul aholisi iştirok etdilar.
Körgazmada dastlab tuman Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş bölimining hayvonlar soğliğini saqlaş bölinmasi mutaxassisi Tursunboy Abdullayev, tuman Sanitariya epidemiologik osoyiştalik markazi şifokori Ahmad Yavbosarovlar aholiga çorva mollarini, şuningdek, it, muşuk kabi uy hayvonlarini yuqumli kasalliklardan, xususan quturiş kasalligidan qanday himoya qiliş mumkinligi, bunda kasallikka qarşi emlatiş juda muhim tadbir ekanligi xususida maʼruzalar qildilar.
Maʼruzalarda taʼkidlanganidek, quturiş öta yuqumli va oxiri ölim bilan tugaydigan kasallik bölib, u hayvondan hayvonga, odamga sölak orqali yuqadi. Şu boisdan ham kasallikning oldini olişga masʼul bölgan Içki işlar, Veterinariya va Çorvaçilikni rivojlantiriş bölimlari, tuman Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markazi, Obodonlaştiriş boşqarmasi hamkorligida şu yilning 3-fevralidan 3-martigaça bölgan davrni “Quturiş kasalligiga qarşi kuraşiş oyligi” deb eʼlon qilindi va mazkur kasallikka qarşi köpgina profilaktik tadbirlar amalga oşirilmoqda. Ötgan yilda 9000 boş, joriy yil yanvar oyida esa 1170 ta it quturiş kasalligiga qarşi emlandi va emlaş davom ettirilmoqda.
Mutaxassislar aholiga xonadonlarida uy hayvonlarini, çorva mollarini saqlaş qoidalariga amal qiliş, quturiş kasalligidan himoya qiliniş yöl-yöriqlari hususida ham tavsiyalar berdilar.
Tadbirda hudud veterinariya xodimlariga uy hayvonlarini quturiş kasalligiga qarşi emlaş uçun vaktsinalar tarqatildi.
Körgazmada aholini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.
Uy hayvonlarini, çorva mollarini quturiş kasalligidan saqlaş mavzusida ötkazilgan mazkur körgazma orqali aholining bu kasallikdan xabardorligi, himoyalaniş borasidagi bilimlari oşirildi.
Oygul Rajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶