“HAMIŞA QALBIMIZDA YaŞAR NOMINGIZ” MAVZUSIDA XOTIRA TURNIRI ÖTKAZILDI
El-yurt farovonligi, yoşlar kelajagi uçun öz umrini bağişlagan fidoyi insonlar nomlari özlari bu dunyodan ötganlaridan söng ham uni yaxşi bilgan insonlar qalbida abadiy yaşayveradi. Bunday insonlar bilan boğliq xotiralar ham öz yaqinlari, döstlari, ayniqsa, şogirdlari uçun maʼnaviy ruh bağişlab, ularni ezgu işlar sari ruhlantirib turadi. Alloh rahmat qilsin, Örozboy Saʼdullayev ana şunday fidoyi insonlardan edi.
Örozboy Saʼdullayev qisqa, lekin juda mazmunli umr keçirdi. U 1985-yildan 2018-yilgaça 39-sonli umumtaʼlim maktabida öquvçilarga jismoniy tarbiya va çaqiriqqaça yoşlarni tayyorlaş fanidan dars berdi. Öquvçi-yoşlar örtasida sportni ommalaştiriş, ularning jismonan va maʼnan yetuk, vatanparvar insonlar bölib voyaga yetişlari uçun bor bilim va tajribasini ayamadi. Tuman va Respublika miqyosidagi sport musobaqalariga öquvçi-yoşlarni tayyorlaş, özi mehnat qilayotgan 39-sonli maktab jamoasi nomini tuman va respublika miqyosida tanitiş maqsadida vaqtini ham, bilim va tajribasini ham ayamadi. U özidan kiçiklarga ham, kattalarga ham bir xil samimiy muomalada böldi. Öqituvçi etikasiga amal qiliş Örozboy Saʼdullayevga xos namunali fazilat edi. Şuning uçun ham uning şogirdlari turli bayram sanalarida, hayitlarda “Ustoz” deya qabrini ziyorat qilişadi, haqqiga qurʼon tilovat bağişlaydilar.
Uning şogirdlari orasida Vatan himoyaçilari, yoşlar ustozi, taniqli sport ustalari, muhimi, el-yurtga kamarbasta insonlar juda köp.
Örozboy Saʼdullayevning tavallud sanasi munosabati bilan u hayotligida mehnat qilgan 39-sonli umumtaʼlim maktabida 9-10-11-sinflar öquvçilari iştirokida “Hamişa qalbimizda yaşar nomingiz” mavzusida xotira turniri ötkazildi. Xotira turnirida Örozboy Saʼdullayevning hamkasblari, ustoz va şogirdlari u haqdagi şirin xotiralarni yodga oldilar. Örozboy Saʼdullayevning hayoti va faoliyati bilan boğliq ezgu işlar haqida faxrlanib sözladilar.
Şundan söng, maktab maʼmuriyati va jismoniy tarbiya va çaqiriqqaça yoşlarni tayyorlaş fani öqituvçilari tomonidan sportning yengil atletika turi böyiça musobaqalar taşkil etildi.
Musobaqalar olis masofaga yuguriş, arqon tortişiş, granata uloqtiriş şartlari böyiça ötkazildi. Nihoyatda hayajonli daqiqalarga boy ötgan musobaqada öquvçi-yoşlar quvonarli körsatkiçlarga erişdilar. Ğolib öquvçilar maktab maʼmuriyati tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
Şuni alohida qayd etiş kerakki, mazkur xotira turniriga maktabni 2003-yilda tugatgan sobiq öquvçilar homiylik qilişdi. Örozboy Saʼdullayevning sobiq öquvçilari öz ustozlari haqida faxrlanib sözladilar. Ustoz taʼlimi, tarbiyasi tufayli özlari hayotda erişayotgan yutuqlari haqida öquvçi-yoşlarga hikoya qilib berdilar.
Ustozning yorqin xotirasiga bağişlab ötkazilgan uşbu turnir uning yaqinlari, hamkasblari, şogirdlari va öquvçi-yoşlarda katta taassurot qoldirdi.
Muhabbat JANDAULETOVA, 39-sonli maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶