Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi tuman Kengaşining plenumi bölib ötdi
Tuman hokimligining kiçik majlislar zalida Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi tuman Kengaşining navbatdagi II plenumi bölib ötdi. Plenumda ÖzMTDP tuman Kengaşi xodimlari, ÖzMTDP Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşining yetakçi mutaxassisi - partiya fraktsiyasining ijroçi kotibi Majit Murzambetov, Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlari, partiya yetakçilari, faollari hamda tuman ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etdilar.
Plenumni Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati Bahodir Boltabayev oçdi va olib bordi.

Plenumda partiyaning tuman Kengaşi va partiya deputatlik guruhining 2019-yildagi faoliyati yakunlari va 2020-yildagi faoliyatining asosiy yönalişlari töğrisidagi masalalar körildi.
Kun tartibidagi birinçi masala, 2019-yil 22-dekabrdagi saylovlar natijalari tahlili yuzasidan partiyaning tuman Kengaşi raisi Gulzoda Eşimbetova sözga çiqib, har qanday siyosiy partiya siyosiy maydonga çiqar ekan, xalq orasida öz obrö-eʼtiboriga hamda örniga ega bölişga harakat qilişi kerakligi, öz ğoyalari, Dasturi, amaliy işlari bilan jamiyat va xalqqa foyda keltirişni öz oldiga maqsad qilib qöyişi lozimligiga alohida töxtaldi.

Partiyaning tuman Kengaşi raisi taʼkidlaganidek, ötgan saylovlarda mazkur partiya özining barça imkoniyatlaridan foydalangan holda munosib qatnaşişga harakat qildi. Partiya aʼzolari orasidan xalq içida obrö-eʼtiborga ega bölgan munosib nomzodlar tanlab olinib, saylovoldi tarğibot işlari olib borildi. Saylov natijalariga köra partiyadan nomzodi qöyilgan Zumrad Bekatova 4-Amudaryo saylov okrugidan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunçilik Palatasi deputatligiga, Yangiboy Yeşmurodov 35-Qipçoq saylov okrugidan Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputatligiga, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşiga esa 6 nafar deputatlar saylandi.
Şuningdek, kun tartibidagi ikkinçi masala 2019-yilning 12 oyi davomida Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi Xalq deputatlari tuman Kengaşidagi deputatlik guruhi aʼzolarining olib borgan faoliyati yuzasidan deputat Adilboy Yusupovning hisoboti hamda kelgusidagi vazifalarni belgilaş böyiça deputatlik guruhi aʼzolarining takliflari, fikr-mulohazalari tinglandi.

Adilboy Yusupovning hisobotida taʼkidlanganidek, ÖzMTDP tuman Kengaşi deputatlik guruhi aʼzolari tomonidan kiritilgan takliflar asosida Xalq deputatlari tuman Kengaşi sessiyasiga 2 ta masala kiritildi. Ötgan davr mobaynida Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlari öz saylovçilari bilan ötkazgan uçraşuvlari natijasida fukarolarning murojaatlari asosida hududlardagi mavjud muammolar, jumladan, tabiiy gaz, elektr energiyasi, toza içimlik suvi, yöl qurilişi, aholi yaşaş joylarini tozalaş va obodonlaştiriş, işga joylaşiş, kredit oliş kabi masalalarni hal qilişda amaliy yordam beriş bilan bir qatorda hukumatimiz tomonidan joriy etilgan qonunlar, qarorlar va boşqa normativ-huquqiy xujjatlar ijrosi yuzasidan ham samarali işlar qilingani taʼkidlandi.

Qolaversa, deputatlar ÖzMTDP tuman Kengaşining “Yoşlar qanoti” tomonidan taşkil etilgan “Uyma-uy”, “Deputat bilan yuzma-yuz” loyihalari doirasida aholi bilan uçraşib, ularning muammo va murojaatlariga yeçim topişda kömakdoş bölayotganlari ham alohida etirof etildi.
Plenum davomida partiyaning 2020-yil uçun möljallangan iş-rejasi tasdiqlandi hamda ÖzMTDP tuman Kengaşi Ijroiya Qömitasi va Kengaş aʼzolari tarkibiga özgartiriş kiritildi. Partiyaning “Xizmat-beminnat” loyihasi doirasida beminnat xizmat körsatgan öqituvçilar Azimboy Saparboyev, Xuşnud Çarşamov, Nafosat Tilovboyeva hamda partiya faoliyatida samarali mehnat qilgan faollarga faxriy yorliqlari va esdalik sovğalari topşirildi.
Plenum sönggida kun tartibidagi masalalar töliq körib çiqilib, tegişli qarorlar qabul qilindi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶