ENDILIKDA IŞ BERUVÇILAR ÖZ XODIMLARINING DAM OLIŞ HUQUQLARIGA SÖZSIZ RIOYa ETIŞI LOZIM BÖLADI!
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 38-moddasi yollanib işlayotgan barça fuqarolarga dam oliş huquqini kafolatlaydi.
Biroq şunga qaramasdan oxirgi yillarda xodimlarning mehnat huquqlari poymol bölişiga olib keluvçi holatlar (dam oliş va bayram kunlari işga çaqirib oliş, iş vaqti tugagandan keyin xodimni uşlab ötiriş va boşqa şu kabi holatlar) köplab uçrab turardi.
Mazkur masala amaldagi Özbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi bilan tartibga solingan bölsada, biroq unga hamma iş beruvçilar ham töliq amal qilmasdi. Natijada bunday qonunbuzilişlar xodimlarning işçanlik salohiyatiga, ruhiyatiga va oilaviy muhitiga salbiy taʼsir körsatmasdan qolmasdi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 2019-yil 3-oktyabrdagi 5843-sonli Farmonining 11-bandida barça darajadagi davlat organlari va taşkilotlarining rahbarlari davlat fuqarolik xizmatçilarining mehnat huquqlariga sözsiz rioya etiş, ularning şaʼni va qadr-qimmatini kamsitiş holatlariga, şuningdek, davlat fuqarolik xizmatini obrösizlantiradigan boşqa xatti-harakatlarga yöl qöymaslik töğrisida qattiq ogohlantirilgan.
Farmonning mazkur bandi ijrosi yuzasidan tegişli vazirlik va qömitalar quyi turuvçi barça idora va taşkilotlariga xodimlarning mehnat huquqlariga qatʼiy rioya etişni talab qiluvçi buyruq va körsatmalarni berdilar.
Xöş Özbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi xodimlarning dam oliş huquqiga oid qanday normalarini belgilaydi. Quyida bu boradagi qonun normalariga qisqaça töxtalamiz:
Özbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 129-moddasiga köra, barça xodimlarga dam oliş kunlari (har haftalik uzluksiz dam oliş) beriladi. Beş kunlik iş haftasida xodimlarga haftada ikki dam oliş kuni, olti kunlik iş haftasida esa, bir dam oliş kuni beriladi.
Dam oliş kunlarida işga jalb etişning çeklanişi Mehnat kodeksining 130-moddasida belgilangan. Unga köra dam oliş kunlarida işlatiş taqiqlanadi. Iş beruvçining farmoyişi böyiça ayrim xodimlarni dam oliş kunlari işga jalb etişga alohida hollardagina, jamoa şartnomasida, agar u tuzilmagan bölsa, — iş beruvçi tomonidan kasaba uyuşmasi qömitasi yoki xodimlarning boşqa vakillik organi bilan kelişib belgilangan asoslar böyiça va tartibda yöl qöyiladi.
Xodimlarni ular dam oladigan kunlari işga jalb etiş uşbu Kodeksning 220-moddasi beşinçi qismida va 228, 245-moddalarida belgilangan çeklaşlarga rioya etgan holda amalga oşiriladi.
Dam oliş kunlarida bajarilgan iş uçun kompensatsiya va haq tölaş uşbu Kodeksning 157-moddasiga binoan amalga oşiriladi.
Iş vaqtidan taşqari işlar hamda dam oliş kunlari va bayram kunlaridagi işlar uçun haq tölaş tartibi kodeksning 157-moddasida körsatilgan bölib, unga köra iş vaqtidan taşqari işlar, dam oliş kunlari va bayram kunlaridagi işlar uçun kamida ikki hissa miqdorida haq tölanadi. Tölanadigan haqning aniq miqdori jamoa şartnomasida, agar u tuzilmagan bölsa, — iş beruvçi tomonidan kasaba uyuşmasi qömitasi yoki xodimlarning boşqa vakillik organi bilan kelişib belgilanadi.
Bayram yoki dam oliş kunidagi iş xodimning xohişiga qarab boşqa dam oliş kuni (otgul) beriş bilan qoplanişi mumkin. Xodimning iltimosiga binoan iş vaqtidan taşqari iş uçun belgilangan iş vaqtidan taşqari bajarilgan iş soatlariga teng keladigan miqdorda otgul berilişi ham mumkin. Bayram yoki dam oliş kunidagi iş yoxud iş vaqtidan taşqari bajarilgan iş uçun boşqa dam oliş kuni berilgan taqdirda, bunday işlar uçun kamida bir hissa miqdorda mehnat haqi tölanadi.
Aytiş joizki, Özbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi xodimlarning dam oliş huquqlari borasida faqatgina umumiy qoidalarni belgilamasdan, jamiyatning alohida himoyaga muhtoj toifalari uçun alohida imtiyoz va afzalliklarni ham bergan.
Jumladan, kodeksning 220-moddasi nogironlar mehnatini muhofaza qilişning qöşimça çoralarini körsatib ötgan. Unga köra iş beruvçi belgilangan minimal iş joylari hisobidan iş joylariga işga joylaştiriş tartibida mahalliy mehnat organi tomonidan yöllangan nogironlarni işga qabul qilişi şart.
TMEKning nogironlarga töliqsiz iş vaqti rejimi örnatiş, ularning vazifasini kamaytiriş va mehnatning boşqa şartlari haqidagi tavsiyalarini bajariş iş beruvçi uçun majburiydir.
I va II guruh nogironlariga mehnatga haq tölaş kamaytirilmagan holda iş vaqtining haftasiga öttiz olti soatdan oşmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanadi.
I va II guruh nogironlariga öttiz kalendar kundan kam bölmagan muddat bilan yillik uzaytirilgan asosiy taʼtil beriladi.
Nogironlarni tungi vaqtdagi işlarga, şuningdek iş vaqtidan taşqari işlarga va dam oliş kunlaridagi işlarga jalb qilişga ularning roziligi bilangina, başarti ular uçun bunday işlar tibbiy tavsiyalarda taqiqlanmagan bölsa, yöl qöyiladi.
Kodeksning 228-moddasi esa tungi işlarda, iş vaqtidan taşqari işlarda, dam oliş kunlaridagi işlarda ayollar mehnatini qöllanişni va ularni xizmat safariga yuborişni çeklaydi.
Xususan, bunda homilador ayollarni va ön tört yoşga tölmagan bolasi (ön olti yoşga tölmagan nogiron bolasi) bor ayollarni ularning roziligisiz tungi işlarga, iş vaqtidan taşqari işlarga, dam oliş kunlaridagi işlarga jalb qilişga va xizmat safariga yuborişga yöl qöyilmasligi. Şu bilan birga homilador ayollarni va uç yoşga tölmagan bolasi bor ayollarni tungi işlarga jalb qilişga bunday iş ona va bolaning soğliği uçun xavf tuğdirmasligini tasdiqlovçi tibbiy xulosa bölgan taqdirdagina yöl qöyilişi belgilangan.
Şuningdek kodeksning 228-1-moddasida uç yoşga tölmagan bolalari bor, byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan taʼminlanadigan taşkilotlar va muassasalarda işlayotgan ayollarning iş vaqtining qisqartirilgan muddatiga bölgan huquqi ham kafolatlangan. Yaʼni uç yoşga tölmagan bolalari bor, byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan taʼminlanadigan muassasalar va taşkilotlarda işlayotgan ayollarga iş vaqtining haftasiga öttiz beş soatdan oşmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanadi.
Iş vaqtining qisqartirilgan muddati çoğida uşbu moddaning birinçi qismida körsatilgan ayollar mehnatiga haq har kungi töliq iş muddati çoğida tegişli toifadagi xodimlar uçun belgilangan miqdorda tölanadi.
Kodeks şuningdek ön sakkiz yoşga tölmagan şaxslarni tungi işlarga, iş vaqtidan taşqari işlarga va dam oliş kunlaridagi işlarga jalb etişni ham taqiqlaydi (245-modda).
Qayd etib ötilgan mazkur normalarga iş beruvçilarning amal qilmasligi esa Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik kodeksining 49-moddasida belgilangan javobgarlikni keltirib çiqaradi va mehnat huquqi inspektorlari tomonidan tegişli tartibda maʼmuriy bayonnoma tuzilişga asos böladi.
Şunday ekan endilikda iş beruvçilar öz xodimlarining dam oliş huquqlariga sözsiz rioya etişi lozim böladi!
M.Matyusupov, Amudaryo tuman Adliya bölimi boşliği

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶