MEHNAT HUQUQIINGIZ BUZILIŞIGA YÖL QÖYMANG!
Maʼlumki 2020-yilning fevral oyi Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “Xodimlarning mehnat huquqi kafolatlari oyligi” deb eʼlon qilingan.
Şu munosabat bilan tuman adliya bölimi tomonidan tumanimizning turli idora va taşkilotlarida xodimlarning mehnat huquqiga oid masalalar yuzasidan sayyor qabullar ötkazilib, idora va taşkilot xodimlariga mehnat qonunçiligidagi huquq va majburiyatlari tuşuntirilib borilmoqda. Şuningdek, mazkur aktsiya davomida adliya xodimlari mehnat huquqiga oid masalalar yuzasidan monitoringlar ham ötkazib bormoqda.
Jumladan, aktsiya davomida 2020-yil 17-20 “Amudaryomaxsussuvpudrat” MÇJ va “Amudaryo yöllardan foydalaniş” unitar korxonalarida şunday monitoringlar ötkazildi.
Monitoring davomida “Amudaryomaxsussuvpudrat” MÇJning buxgalteriya xisoboti böyiça 2020-yil 1-yanvar holatiga korxonaning 28 nafar xodimidan jami 30.041.880 söm, 2020-yil 1-fevral holatiga esa korxonaning 47 nafar xodimi iş haqidan jami 86.068.852söm qarzdorlik aniqlandi.
Yana bir holatda “Amudaryo yöllardan foydalaniş” unitar korxonasida buxgalteriya xisoboti böyiça 2020-yil 1-fevral holatiga korxonaning 18 nafar xodimidan iş haqi böyiça jami 17.346.821söm qarzdorlik aniqlandi.
Vaholanki, Özbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasiga köra mehnatga haq tölaş muddatlari jamoa şartnomasi yoki boşqa lokal normativ hujjatda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam bölişi mumkin emas. Xodimlarning ayrim toifalari uçun alohida hollarda Özbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan iş haqi tölaşning boşqa muddatlari belgilab qöyilişi mumkin.
Şu kodeksning 154-moddasiga köra, iş beruvçi özining moliyaviy holatidan qatʼiy nazar, xodimga bajargan işi uçun haqni belgilangan mehnat haqi şartlariga muvofiq uşbu Kodeksning 161-moddasida körsatilgan muddatlarda tölaşi şart.
Mehnat şartnomasining taraflari kelişuvi bilan belgilangan mehnat haqi miqdori jamoa şartnomasi yoki kelişuvida örnatilgan miqdordan kam bölişi mumkin emas.
Monitoring davomida aniqlangan qonun buzilişi holatlariga yöl qöymaslik, ularning sodir etilişiga kömaklaşuvçi sabab va şart-şaroitlarni bartaraf etiş yuzasidan adliya bölimi tomonidan taqdimnomalar kiritildi.
Bundan taşqari, adliya bölimi faqat xodimlarning iş haqlari bilan şuğullanmasdan, mehnat şartnomasi ğayriqonuniy bekor qilingan, xodimlarga ğayriqonuniy ravişda intizomiy jazo qöllanilgan holatlarni ham öz vakolat doirasida örganib bormoqda.
Amudaryo tumani Adliya bölimi tumanda faoliyat yurituvçi barça idora taşkilot xodimlaridan agarda ularning mehnat huquqi buzilişiga oid murojaatlari bölsa, tuman adliya bölimiga şaxsan murojaat qilişlari, yoki 61 515 44 15, yoxud 1008 raqamli işonç telefonlariga murojaat qilişlarini sörab qoladi.
M.Matyusupov, Amudaryo tuman adliya bölimi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶