25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 23:34
Jamiyat 👁 533

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining uchinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining uchinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT

2020-yil 24-fevral kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 3-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiya majlisida Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Kengashi raisi, senator Abatbay Daniyorov, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Vazirlar Kengashi Paisining oʻrinbosari Erkinbay Durdiyev, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari, boʻlimlar, korxona-tashkilotlar rahbarlari, fuqarolar yigʻinlari raislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya majlisini tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev ochdi hamda olib bordi. Sessiya kun tartibida bir qator masalalar muhokama qilindi. Xususan, kun tartibidagi dastlabki, Amudaryo tumani hokimining oʻrinbosari – mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi va uning oʻrinbosarlarini tayinlash haqidagi masala yuzasidan Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Vazirlar Kengashi Paisining oʻrinbosari Erkinbay Durdiyev soʻzga chiqdi. U oʻz soʻzida taʼkidlaganidek, joriy yil 18-fevral kuni Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Pespublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi. Mazkur Qaror bilan Oʻzbekiston Pespublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda uning Qoraqalpogʻiston Pespublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman, shahar boʻlimlari tashkil etilishi belgilangan.

Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Paisining farmoyishiga koʻra, yangidan joriy qilingan Amudaryo tumani hokimining oʻrinbosari – mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi lavozimiga Yuldashev Alisher Yalgashevich tayinlangan. Deputatlar Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Paisining ushbu farmoyishini bir ovozdan tasdiqladilar.

Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining buyrugʻiga koʻra boʻlim boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimiga Beknazarova Muqaddas Norim qizi, boʻlim boshligʻining oʻrinbosarlari lavozimiga Qurboniyazov Aziz Fayzullayevich va Baltabayev Baxadir Bazarboyevichlar tayinlanganligi majlis ishtirokchilari eʼtiboriga havola qilindi.

Sessiya kun tartibidagi navbatdagi – “Band boʻlmagan yoshlarni ish bilan taʼminlash boʻyicha sektor rahbarlarining hisobotlari toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha tashkil qilingan toʻrtta sektor rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

Hisobotlarda taʼkidlanganidek, 2019-yilda barcha sektorlar hududlarida band boʻlmagan yoshlarni ish bilan taʼminlash yuzasidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Xususan, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagida boʻlgan yoshlar uchun joriy qilingan “Yoshlar – kelajagimiz” va “Har bir oila – tadbirkor” davlat dasturlari boʻyicha yoshlar orasida keng targʻibot ishlari olib borilishi natijasida koʻpchilik yosh tadbirkorlar oʻz faoliyatini boshlab, bandligi taʼminlandi.

Ushbu masala yuzasidan Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Qoraqalogʻiston Pespublikasi Kengashi  raisi Abatboy Daniyorovning fikr-mulohazalari tinglandi. U oʻz soʻzida, bugungi kunda davlatimiz rahbari yoshlar siyosatiga alohida eʼtibor qaratayotganini, yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida yuqori imkoniyatlar yaratilayotganligini, shuningdek, bunday eʼtibor hamda ishonchni oqlash yoʻlida Amudaryo tumani yoshlari astoydil harakat qilayotganini alohida taʼkidladi.

Kun tartibidagi yana bir masala – Amudaryo tumani mahalliy byudjetining 2019-yilgi ijrosi toʻgʻrisida tuman Moliya boʻlimi mudiri Ulugʻbek Bekniyazov axborot berdi. Axborotda 2019-yil davomida tuman mahalliy byujdetining daromadlari va xarajatlari boʻyicha batafsil maʼlumotlar berildi.

Kun tartibidagi huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisidagi masala yuzasidan tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari – huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi boshligʻi Aziz Qurboniyazov hisobot berdi. U oʻz hisobotida 2019-yilda olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida jinoyat va huquqbuzarliklarning soni sezilarli darajada kamayganligi, aholi tinchligi va farovonligini taʼminlash yuzasidan qator ishlar amalga oshirilayotganligini taʼkidladi.

Shuningdek, sessiyada aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman Tibbiyot birlashmasi boshligʻi oʻrinbosari Xidirboy Tajimovning hisoboti tinglandi. U oʻz soʻzida 2019-yilda tuman Tibbiyot birlashmasida aholi salomatligi yoʻlida amalga oshirilgan ishlar xususida toʻxtalib, bugungi kunda butun dunyoga xavf solayotgan epidemik kasallikning oldini olish yuzasidan koʻrilayotgan choralar yuzasidan maʼlumot berdi.

Sessiya majlisida Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi raisining oʻrinbosarini saylash masalasi ham muhokama qilindi.  Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi aʼzosi, 20-Kuyuk koʻpir saylov okrugidan deputat Gʻulomjon Yeshniyozov Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi raisining oʻrinbosari qilib saylandi.

Sessiyada tuman hokimi oʻrinbosari – xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Ahmedova boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan uni lavozimidan ozod qilish haqidagi Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Paisining farmoyishi deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

Sessiya majlisidagi  barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

Tuman hokimligining axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026