26.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
26.09.2026, 00:52
Jamiyat 👁 766

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zumrad Bekatova tuman aholisi bilan uchrashdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zumrad Bekatova tuman aholisi bilan uchrashdi

28-fevral kuni tuman hokimligining kichik majlislar zalida 4-Amudaryo saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zumrad Bekatova, Xalq deputatlari tuman Kengashidagi OʻzMTDP deputatlik guruhi aʼzolari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda OʻzMTDPdan saylangan deputatlar kelgusi 5 yillikda amalga oshirilishi lozim boʻlgan hamda partiya saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarni bajarish toʻgʻrisida soʻz yuritdilar. Shuningdek, joylarda aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash va ularni hal etishda oʻzaro hamkorlikni taʼminlagan holda amalga oshirish borasidagi chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shundan soʻng, deputat Zumrad Bekatova Gulzor va Besh ovul mahallalaridagi saylovchilar bilan uchrashdi. Uchrashuvda OʻzMTDP QR Kengashi bosh mutaxassisi Iskender Jarimbetov. OʻzMTDP tuman Kengashi raisi Gulzoda Eshimbetova, mahalla raislari va faollari ishtirok etdilar.  

Uchrashuv davomida deputat  tomonidan Prezidentimizning 2020-yil 24-yanvar kungi Oliy Majlisga murojaatnomasida belgilab berilgan, joriy yilda amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar yuzasidan toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida oxirgi ikki oyda qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyatini aholiga tushuntirdi. Jumladan, toʻy-hashamlarni ixchamlashtirish boʻyicha nizomni buzganlik uchun javobgarlik belgilanayotgani, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻrisidagi hamda dori vositalarining noqonuniy aylanishining oldini olish borasidagi qonunchilikka kiritilayotgan oʻzgarishlar, geodeziya toʻgʻrisidagi qonunlar xususida soʻz yuritildi. Qolaversa, mahalla tizimida olib borilayotgan islohotlar haqida maʼlumotlar berildi.

Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda mahalla instituti faoliyatini yanada takomillashtirishga, jamiyatda oila va xotin-qizlar oʻrni va rolini kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tashkil qilingani, fikrimizning yaqqol dalilidir. Qolaversa, Prezidentimizning «Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi Qarori, ushbu hujjat vazirlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilab berilganligi bilan ahamiyatlidir.
Farmonga muvofiq, har bir mahallada «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyiliga asoslangan yangi tizim joriy etiladi. Bu esa oʻz navbatida yurtimizda mahalla instituti orqali tinchlik-osoyishtalikni taʼminlash, obod yurt va farovon hayotni barpo etishga xizmat qiladi.

Uchrashuvlarda aholi murojaatlari ham tinglandi. Xususan, aholini qiynab kelayotgan muammolardan Gulzor mahallasi hududidagi kollektorda suv yigʻilib qolayotgani, bu holatlarga barham berish, ekologik kooefitsent masalasi, dori-darmon mahsulotlari qimmatligi, taʼlim va tibbiyotga taalluqli masalalarda murojaatlar boʻldi. Shu yerning oʻzida muammolarni bartaraf qilish yuzasidan tegishli tashkilotlar masʼullari bilan  kelishib olindi.
Uchrashuv doirasida Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati Zumrad Bekatova tumandagi 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida boʻlib, maktab faoliyati hamda oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Maktab oʻquvchilari mehmonga oʻzlarining ijod namunalaridan kuy-qoʻshiqlar hamda raqslar ijro qilib berdilar.

Uchrashuv barchada katta taassurot qoldirdi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026