MAKTABGAÇA TAʼLIM TAŞKILOTI TARBIYaÇILARINING “BALLI, QIZLAR!” KÖRIK-TANLOVI ÖTKAZILDI
Bahor – biri-biridan gözal bayramlar fasli. Uning ilk kuni – 1-martdanoq baxt va mangu bahor kuyçisi şoira Zulfiyaxonim tavalludiga bağişlangan şeʼriyat keçalari, muşoiralar boşlanadi. Har bir adabiyot şinavandasi qalbida Zulfiya nomi takror-u takror jaranglaydi. Şoiraning hayoti va ijodiy faoliyati bilan boğliq aziz xotiralar tilga olinadi.
Jahonga taniqli söz sanʼati darğalarining özbekning nazokatli, qalbi sadoqat nurlaridan munavvar, hijronga böy bermagan vafo malikasi Zulfiyaxonim haqida tölib-toşib, tölqinlanib aytgan sözlari, fikrlari quvvai hofizamizda jonlanadi. Zulfiyaning dilbar şeʼrlari jarang soçadi har bir göşada. Özbekning hazrati Ayoli – Zulfiyaxonimni xotiralaş, bu zoti mukarramaga hurmat va ehtirom körsatiş xalqimiz uçun doimiy anʼanaga aylangan.

Ayni kunlarda tumanimizda ham Zulfiyaxonim tavalludining 105 yilligiga bağişlangan şeʼriyat keçalari bölib ötmoqda. Yaqinda tuman Madaniyat markazi binosida Zulfiyaxonim tavalludining 105 yilligi hamda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bağişlangan “Balli, qizlar!” körik-tanlovi bölib ötdi. Tuman Maktabgaça taʼlim bölimi tomonidan taşkillaştirilgan körik-tanlovda 73-,24-,42-,38-,2-,13-sonli maktabgaça taʼlim taşkiloti tarbiyaçilari özaro bellaşdilar.
Asosiy 5 ta şart böyiça ötkazilgan körik-tanlovda iştirokçilarning avvalo til va adabiyot böyiça neçoğlik bilimga ega ekanliklariga eʼtibor qaratildi. Yaʼni, özlarini şeʼriy taniştiriş asnosida iştirokçilarning öz ona tiliga eʼtibori, nutqiy madaniyati, kasb etikasiga amal qilişlariga ahamiyat berildi.
Bevosita şeʼriyatga taalluqli bölgan ikkinçi şart esa Zulfiya şeʼrlari asosida bahri-bayt aytiş bilan davom etdi. Uşbu şartda iştirokçilarning Zulfiya ijodiga bölgan eʼtibori, şeʼr tanlaş sanʼati, har bir satrni ifodali öqişi inobatga olindi.
Körik-tanlovning uçinçi şarti yanada qiziqarli va hayajonli böldi. Bu şartda iştirokçilar özlariga ajratilgan 15 daqiqalik vaqt içida qöl mehnatining möʼjizasi sifatida rang-barang gulqoğozlardan erkin syujet, biron bir manzara yoki holat yaratişi talab etildi.
Törtinçi şart ijrosi uçun 10 daqiqalik vaqt berildi. uşbu vaqt içida iştirokçilar erkin mavzuda öz sanʼatlarini namoyiş etişdi. Iştirokçi qizlar Şohida Hayitboyeva, Şohista Kazakova, Feruza Örozmetova, Yulduz Usmonova, Zevar Iskandarova hamda Iroda Bobojonovalar biri-biridan qolişmasdan öz mahoratlarini körsatdilar. Şeʼr-u qöşiq, raqslar ijrosidan körik-tanlovni kuzatib borayotgan tomoşabinlar ham mamnun bölişdi.

Özlarining pazandalik sanʼatlarini 15 daqiqalik vaqt içida mahorat bilan namoyiş etgan qizlar bahoriy salatlar tayyorlaşda hakamlar hayʼati aʼzolarini ham hayratlantira oldilar.
Özbekning otaşnafas şoirasi Zulfiyaxonim dahosiga çeksiz hurmat-eʼtirom, yaqinlaşib kelayotgan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bağişlab ötkazilgan “Balli, qizlar!” körik-tanlovi barçaga biri-biridan zavqli lahzalarni hadya etdi. Vafo va sadoqatni, bahorni madh etuvçi şeʼrlar ohangi qalblarga sohir tuyğularni joylab, bellaşuvda öz mahoratlarini namoyiş etgan qizlar ijrosidagi dilbar aşula va raqslar, topqirlik bahsiga çorlovçi bahri-baytlar har dilda havas uyğotib, köngillarga xuşnudlik bağişladi.
Körik-tanlov ğoliblari taşkilotçilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶