26.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
26.09.2026, 00:52
Jamiyat 👁 948

NAMUNAVIY OChIQ MAShGʻULOT BOLAJONLARGA MANZUR BOʻLDI

NAMUNAVIY OChIQ MAShGʻULOT BOLAJONLARGA MANZUR BOʻLDI

Inson hayotida ilmiy-ommabop, badiiy-maʼrifiy kitoblarning oʻrni soʻzsiz, ulkan. Kitoblar tufayli dunyoni anglaymiz, ruhiy ozuqa olamiz, bilimimizni oshiramiz. Shuning uchun ham  kitoblar chop etishga, bosma nashrlarga ehtiyoj insoniyatning  ilk rivojlanish davrlaridan paydo boʻlgan. Qadimgi ajdodlarimizning ilk yozuvlari toshlarga, qoyalarga, devorlarga oʻyib bitilgan boʻlib, ular harf, soʻz  shaklida emas, rasmlar va belgilar koʻrinishida boʻlgan.

Biroq davrlar oʻtishi natijasida yozuvlar paydo boʻlgan, turli joylarga yozilgan xabarlarni bir hududdan ikkinchi hududga yetkazish iloji boʻlmaganligi uchun hayvonlar terisiga yozishgan va bir-birlariga joʻnatishgan. Kitoblarning oʻziga xos taraqqiyot yoʻli haqida oʻsib kelayotgan yosh avlodga oʻrgatmogʻimiz, biz koʻrib yurganlarimiz turli rang-barang kitoblar ota-bobolarimizning yuksak aql-zakosi mevasi ekanligini chuqur anglab yetishlariga erishmogʻimiz lozim.

Shu yilning 26-fevralida Mangʻit shahrida faoliyat koʻrsatayotgan 40-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida Dilfuza Yoʻldoshevaning “Kitoblar tarixi”, “Gʻaroyib olam” mavzularida oʻtkazgan namunaviy ochiq darsi shu maqsadga qaratildi.

Tashkilotning katta guruhida boʻlib oʻtgan namunaviy ochiq  darsda koʻpgina maktabgacha taʼlim tashkilotlarining  katta guruhlari tarbiyachilari ishtirok etdilar.
Oʻziga xos tajriba almashuv, doʻstona hamkorlikka asoslangan tadbirda Dilfuza Yoʻldosheva bosma nashr kitoblarning  paydo boʻlishi tarixi haqida maʼruza qildi. Shuningdek, ulkan taraqqiyot pillapoyalarini bosib oʻtgan kitoblarning inson hayotidagi oʻrniga ham keng toʻxtaldi. Shuningdek, yoshlarning baxtu kamoli, osoyishta va farovon hayotida kitobning alohida oʻrni borligini, yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuygʻularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undashini alohida taʼkidladi. Soʻnggi yillarda maʼnaviyatni yuksaltirish va kitobxonlikni kuchaytirishga qaratilayotgan eʼtibor va ragʻbat kitobxon xalq degan azaliy yuksak mavqeimizni nafaqat qaytarib bergani, ayni chogʻda, bu boradagi intellektual salohiyatimiz va imkoniyatlarimizni tubdan oshirishning asosiy omili ham boʻlganini ham soʻzlab oʻtdi. Bolajonlarga necha ming yillardan buyon sayqallanib, ne-ne avlodlarga yoʻlchi yulduzdek toʻgʻri yoʻlni koʻrsatib kelayotgan ana shu xalqona hikmatlar negizidagi asl haqiqat insonning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta, baxtli va davlatli boʻlishining muhim omili – bu kitobga doʻst boʻlish, hamisha kitob oʻqish va kitob mutolaasini umr boʻyi kanda qilmaslik ekanligini tushuntirdi.
Bizni oʻrab turgan olam gʻaroyibotlarga toʻladir. Unda jamiki  jonzotlarning umrguzaronligi tabiat bilan bogʻliqdir.

Tarbiyachining bu boradagi maʼruzasini ham jajji bolajonlar qiziqib tingladilar.
Maʼruzalardan soʻng guruh tarbiyalanuvchilari orasida kitoblarning  ahamiyatini targʻib etuvchi, atrofimizni oʻrab turgan olamni eʼzozlash, tabiatga ozor bermaslik, chor-atrof ozoda, obod boʻlishiga erishish lozimligi xususida sheʼrlar aytdilar.

Shunisi eʼtiborliki, mazkur muassasada bolajonlarning puxta taʼlim-tarbiya olishlari, sogʻlom ovqatlanishlari va jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Turli toʻgaraklar tashkil etilib, ularning  iqtidori yuksalishiga xizmat qilayapti.

Taʼlim-tarbiyaning ilk bosqichi hisoblanmish maktabgacha taʼlim tashkilotidagi bu kabi amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar kelgusida oʻzining ijobiy samaralarini berishiga ishonamiz.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026