UNUTILGAN ODAM
Ismoil binoyiday işlab, oilasini yaxşigina taʼminlab yurganidan öziça xursand, hayotidan mamnun edi. Umr yöldoşi Ziyodaxon öqituvçi, hatto taniqli repetitor, özi esa tumandagi nufuzli bir korxonada iqtisodçi edi. Biri-biridan şirin Malika, Madina, Malohat, Umida ismli qizaloqlari uning oilasiga körk, quvonç bağişlab ulğayişardi...
Hamma dilxiraliklar Ismoilning xizmat safariga çiqqanidan söng boşlandi. Iqtisodçilarning uç kunlik hududiy öquv-seminariga borib-keldi-yu, Ismoil özgardi-qoldi. Avvaliga Ziyoda erini uzoq safarda çarçaganga yöydi. Lekin bu “çarçoq”ning adoği bölmagaç, soğligida biron kamçilik bormikan, degan öyda:
– Şifokorga körinasizmi? – dedi bir kuni.
Ismoil indamadi-yu, oradan heç qança vaqt ötmay, yana xizmat safariga otlandi.
– Buxoroga, malaka oşirişga jönatişyapti işxonadan, – dedi xotinidan közlarini olib qoçib.
– Qança vaqtga? – könglida kiri yöq Ziyoda töğrilikça söradi.
– Borganimizda maʼlum böladi...
Ziyoda hayronligini sezdirmadi, rostdan ham şundaydir, degan xayolda erini Buxoro safariga kuzatib qöydi.
Ismoilning “xizmat safar”lari, “malaka oşiriş” uçun Buxoroga qatnaşi köpaygandan-köpaydi. Uning tizginsiz bahonalaridan bezor bölgan Ziyoda oxiri eʼtibor bermaydigan böldi. Lekin bir galgi “xizmat safari” uç oydan oşib ketgaç, andişani qöyib, Ismoil işlaydigan korxonaga bordi.
– Ismoil Tangriyev işdan böşaş haqida ariza jönatibdi, biz uni arizasiga köra, uç oy avval vazifasidan ozod qilganmiz. Singlim, xabaringiz yöqmidi?
Korxona rahbarining bu gapidan söng Ziyoda toşday qotdi. Ham hayrat, ham nafratmi, içida nimadir ğalayon qildi, xörligi keldi. U beşinçi farzandiga homilador edi. Yuragi ostidagi mitti jon azobli tipirçilaganday böldi. Tomoğini ğippa böğib olgan qandaydir kuç uni sira qöyib yuboray demas, tobora holdan toydirib borardi. Bir amallab örnidan turdi, oğir qadamlar bilan taşqariga yönalarkan, korxona rahbarining:
– Singlim, eringizning sönggi maoşini hisob-kitob qilib olib ketasizmi, yo..? – degan ovozini arang eşitdi. “Kerak emas!” qabilida qölini silkitdi-yu, eşikdan çiqiboq içidagi ğalayon köz yoş bölib yuzini yuvdi...
Ismoil şu ketişida qişloqqa qaytib kelmadi. Hov birda, uç kunlik öquv-seminarida özlariga maşğulot ötkazgan Arofatxon ismli aspirant qiz şaytonmidi yo uning içiga şaytoniy havas kirdimi, harqalay fikr-u zikri Arofatxonda bölib qoldi. Avval bir-biri bilan qönğiroqlaşib turgan oşiq-maʼşuqlar uçun oradagi olis masofa ham pisand bölmay qoldi. Pinhona sözlaşuvlar uçraşuvlarga ulanib, oxiri ikkovi ham şayton amriga böysundilar. Ismoil gulday oilasi, farzandlaridan, Arofat esa özini namoyon etayotgan ilm-u ziyodan mahrum bölişdi.
Ziyoda esa... U beşinçi farzandini dunyoga keltirdi. Taqdir sinovlariga yoş umrini qalqon qilib, tört qizi va öğli Mahkamjonni ulğaytirdi, yaxşi tarbiya berdi. Qizlari biri-biridan bilimdon, aqlli. Katta qizi Malikaxon bu yil Pedagogika institutini tugatadi. Madinaxon Jahon tillari universitetida, 3-bosqiçda, Malohatxon esa Madaniyat institutida kutubxona işlarini yuritiş yönalişida tahsil olmoqda. Uçala qizi ham davlat grantlari asosida öqiyotganidan Ziyodaga umuman oğirligi tuşmaydi. Umidaxon esa musiqa yönalişini tanlagan. Mahkamjon hali kiçkina. Lekin zehni ötkir şaxmatçi, matematika fani jon-u dili.
Yaqinda qişloqqa bir gap oraladi: “emişki, Ismoil hozir Rossiyaning Ivanovo şahrida yaşarkan. Bir qizi bor ekan. Firma dökonlari bor, iqtisodiyot yönalişi böyiça kasbga tayyorlaş markaziga rahbarlik qilarkan...”
– Mening öğlim iş topolmay yurgan ekan, Ismoil iş beribdi. Oyligi ham yaxşi, har oyda oz-moz pul jönatib turibdi, – dedi bir kuni qöşnisi Rahima opa. – Seni sörabdi, qizlaringni, öğlingni... Pul-mul kerak bölsa, aytsin, debdi.
Ziyoda Rahima opaning gaplarini eşitarkan, özini haqoratlanganday his etdi. Vujudini lovullatib yondirgan öt içida turganday qizib ketdi:
– Qanaqa pul? Menga uning sariq çaqasiyam kerak emas! Nimalar deb ötiribsiz?!
Qöşnisi Ziyodaning bunday qizişganini heç qaçon körmagandi.
– Bunday degunça el-yurtdan, bolalaridan keçirim sörasin, keçirişarmikan?!
– Qizim, endi kim biladi, şayton...
– Şayton! Şayton odamning içida böladi, birov yöliga çiqarib qöymaydi. Oilamning, rözğorimning katta ustunini qulatgan eng katta şayton ham Ismoilning özi. Men bolalarimga şaytonning pulini heç qaçon ravo körmayman!
Oradan yarim yilça vaqt ötib, Ismoil qişloqqa keldi. Qizi va Arofatxon bilan ota-onasinikida zörğa ikki kun turişdi. Mahalla-köy, oşna, yor-döstlariga aralaşişga yuzi çidamadi. Qizlari esa uni körişni ham xohlaşmadi. Keksayib qolgan otasi Xudoybergan ota Ziyodanikiga kelib:
– Heç bölmasa yolğiz öğlini bir körsa edi, – dedi kelini oldida boşini egib.
Ziyoda ixtiyor farzandlarida ekanligini aytdi.
– Bizga unday dada kerak emas, – deyişdi qizlari.
– Örtoqlarimning dadasi velosiped olib berişganida dadamni juda körgim kelgandi, endi velosipedim bor, men u dadani tanimayman.., – dedi Mahkamjon mahzungina.
9-yilda qişloqqa kelgan Ismoil yana Rossiyaga qaytib ketdi. Uning kelişi ham, ketişi ham na oilasiga, na farzandlariga va... mahallasi – vataniga zarraça taʼsir qilmadi. U göyo unutilgan odam edi.
Robiya YÖLDOŞEVA,
jurnalist.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶