26.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
26.09.2026, 00:52
Jamiyat 👁 343

MEHRNI HAYVONLARDAN OʻRGANMAYLIK

MEHRNI HAYVONLARDAN OʻRGANMAYLIK

Biz umrguzaronlik qilayotgan bu roʻyi zamin ne-ne talotoʻplarni, erk uchun kurashlarni, xalqning qonini zulukday soʻrgan hukmdorlarni, zulmat qaʼrini yoritguvchi chaqmoqday gumroh qalblarni ilm nuri ila yoritmoqqa uringan maʼrifatparvarlarni koʻrmagan, deysiz? Ha, oyogʻimiz ostidagi ona zamin bizning, hatto aqlimiz bovar qilolmas voqealarning ham shohidi. Agar endi zaminga zabon bitganida bugun “bas, odamzod! Shuncha koʻrguliklarga chidadim, endi Allohning  inoyati, odam bolasining zurriyodi bunchalar xor qilinishiga chiday olmayman, koʻzingizni kattaroq oching, buning  oqibatini oʻylang”, deya naʼra tortgan boʻlarmidi? Ha, afsuski, zaminning zaboni yoʻq. Biroq, shu yilning 6-fevralida Samarqandda 21 yoshli ayol yangi tugʻilgan chaqalogʻini kimsasiz daraxtzorga tashlab ketganida bu zamin chidolmay toʻlgʻongan, “oʻz bolangdan, oʻz vujudingda bunyodga kelgan umring davomchisidan yuz oʻgirma”, deya nola qilib silkingan boʻlsa, ajab emas. Axir itdan ham badtarmiding, ona!?

Odatda odamlarning biron yomon xarakterini itga oʻxshatamiz, itga oʻxshab, itday boʻlib... kabi. Biroq oʻsha kuni hayvon sanalmish it ham bu ayoldan mehribonroq, bagʻrikengroq ekanligini isbotladi. U onasi tashlab ketgan yoʻrgaklangan chaqaloqni tishlab egasiga olib bordi. Xonadon egalari boʻyni, yuzi sal tirnalgan, tirik chaqaloqni itning ogʻzidan olganlarida koʻngillarida nelar kechgan ekan? Yo Xudoyim!.. Koʻz oʻngimga keltirolmayman...

Necha kunki, ijtimoiy tarmoqlarda oʻqiganim bu voqea xayolimdan nari ketmaydi, nahot odam bolasi, ayol zoti oʻz bolasini shunday xoʻrlashga qoʻli borsa? Nahotki, oʻzi dunyoga keltirgan bolaga koʻnglida begona itchalik ham mehr boʻlmasa?

Xayriyatki, jamiyatimizdagi odamlarning aksariyati bu voqeadan qattiq taʼsirlandi, ijtimoiy tarmoqlarda munosabat bildirganlar ham koʻp boʻldi.

Hali bu voqeaning  tafti “sovimay” turib, 10-fevral kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumani Bunyodkor koʻchasi boʻylab oqib oʻtuvchi kanaldan beliga tosh bogʻlangan chaqaloq jasadi topildi. Daraxtzorga qish chillasida tashlab ketilgan chaqaloqning it tufayli hayoti saqlab qolingan. Biroq shifokorlar 10-15 kunlik, suvga choʻkish oqibatida nafas ololmay halok boʻlgan, deya xulosa chiqarishgan goʻdakning ne aybi bor edi, uni shunchalar xor qilgulik? Bunday inson zotiga xos boʻlmagan oʻta pastkashlikka qoʻl urgan kim? Oʻzi dunyoga keltirgan begunoh norasidani bunchalik azoblay olgan ham inson  zotiga mansubmikan? Yetti yot begonalar rahm qilib, hayratda yoqa ushlab turganida rahm qilmagan tuqqanga qanday jazo loyiq? Savollar koʻp, savollar iztirobli.

Yashirishning hojati yoʻq, keyingi yillarda arzimagan pul uchun bolasini sotayotgan, yo shunchaki qutulish uchun biri fermer xoʻjaligi dalasiga,  biri hojatxonaga, biri yoʻl boʻyiga tashlab ketayotgan hollar tez-tez uchrab turibdi. Bundan ham yomoni keyingi kunlarda begunoh norasidalar joniga qasd qilishlar ham urchib borayotir. Bolasini sotayotib qoʻlga tushgan ota-onalar (ularning aksariyati nikohsiz tugʻilgan) buni koʻpincha pulga muhtojligi yoki bola haqida hech kim xabar topmasidan qutulishga uringani bilan izohlashadi. Biroq oʻz bolasining oʻzi qotiliga aylanayotganlar bu qilmishini qanday izohlashadi?

Oltiariq tumanida kichik Fargʻona kanali boʻyidan yangi tugʻilgan chaqaloqning jasadi topilgan. Shifokorlar 10 kuncha yashagan chaqaloqning oʻlimiga boʻgʻish sabab boʻlganligini aniqlashgan.

Toshkentda 4 yoshli qizaloqni onasining sharʼiy nikohidagi eri ayoldan oʻch olish uchun 4-qavatning derazasidan uloqtirib yuborgan.

Asakada erkak oilasidagi notinchlik sabab xotinini va 16 yoshli qizini chavaqlab tashlagan.

Namanganlik erkak sharʼiy nikohidagi xotini sobiq eri bilan uchrashib yurganidan xabar topib, undan oʻch olish maqsadida 12 yoshli oʻgay oʻgʻlini shimoliy Fargʻona kanaliga uloqtirib yuborgan. Bolakay “onajon, qutqaring”, deya dodlab-dodlab suvga choʻkib ketgan, uning ovozini eshitib yugurib kelgan odamlar norasidani qutqarishga ulgurishmagan.

Samarqandlik bir ayolning 2 farzandi, oilasi boʻla turib, yana bir erkak bilan koʻngilxushlik qilib yurganidan xabar topgan eri uyidan haydab yuborgach, mast holda oʻynashining uyiga boradi va alamidan uning singlisining beshikda yotgan 6 oylik chaqalogʻiga sakkiz marta pichoq urgan. Voqea chaqaloqning buvisi va voyaga yetmagan opasi koʻz oʻngida sodir etilgan. Biroq toʻgʻri yoʻldan toygan ayolga qarshilik koʻrsatishga ularning kuchlari yetmagan.

Bunday xabarlarni oʻqib, dahshatga tushishingiz, shaytonning izmida yurganlarga qanday baho berishga lol qolishingiz tabiiy. Biroq afsuski, bu qilmishlarning barchasi inson zotiga mansub kimsalar ishi ekanligidan koʻz yuma olmaysiz.

Tan olish kerak, jamiyatimiz qonun-qoidalari asosida ularga jazo muqarrarligi taʼminlanadi. Biroq bu bilan hayotda haqqi qolgan bolalar tirilib kelmaydida. Jazo – aybdorlarga qilmishlarini toʻla anglashlariga, xatosini tushunishlari, kelgusi hayotida sogʻlom fikrlay olishiga kafolat bera olmaydida. Shunisi odamni xavotirga soladi, bunday noxush voqealardan boshqalar ham kerakli xulosa chiqarib olishadi, endi takrorlanmaydi, deb ham ayta olmaymiz. Yaratganning oʻzi barchaga insof bersin!

Bundan ancha ilgari  “hordiq.uz” saytida bir xabarni oʻqib, dahshatdan qotib qolgandim: Hakasiyaning Tashtin degan tumanida 47 yoshli bobo, 42 yoshli buvi qoʻshni qishloqqa yumush bilan ketgan qizining 11 oylik bolasi bilan yolgʻiz qolishgan. Er-xotin spirtli ichimlik ichib, kayf ustida oʻtirganlarida nevara injiqlik qilavergach, uni ichida gurullab olov yonib turgan pechkaga tashlab yuborib qopqogʻini yopib, kayf-safoni davom ettiraverishgan.

Yana bir voqea: Hindistonda bir kambagʻal oilaning hali tili chiqmagan farzandi kasallik tufayli vafot etgan. Bolasini qabrga qoʻyib, mablagʻi yoʻqligidan davolatib oʻlimdan saqlab qola olmagani uchun iztirobda qaytayotgan ota-ona bola yigʻisini eshitib, hozirgina koʻmilgan bolasi qabrini ochib koʻrishadi. Bolada hayot nishonasi sezilmaydi. Shunda ular ovoz yonidagi qabrdan chiqayotganini anglashadi. Politsiya ishtirokida qabr ochilganida tirik chaqaloqni xumga solib koʻmib ketishganini koʻrishadi. Ular chaqaloqni oʻzlarining oʻlgan bolasi oʻrniga asrab olishga, shu bola tufayli farzand dogʻini yengishga qaror qilishadi, shoʻrlik ota-ona.

Avvallari buningdek voqealarni oʻqiganimizda “dunyoning bir chetidagi” deya koʻnglimizga tasalli berardik, ilohim, bizning yurtimizga dorimasin, deya tilak tilardik. Afsuski, bizning xohish-irodamizga qarshi yuqoridagi kabi holatlarning sodir boʻlayotgani sogʻlom fikrli barchani tashvishlantiradi.

Tan olish kerak, sotilayotgan, tashlab ketilayotgan va begunoh joniga qasd qilinayotgan bolalarning deyarli barchasi nikohsiz tugʻilgan norasidalar. Ularni dunyoga keltirgan yuzi qarolar esa aybini eldan yashirish uchun ularning qotiliga aylanib, gunohini  chandon oshirayaptilar. Ayrimlari esa yo otasining, yo onasining oila deya atalmish muqaddas goʻshaga xiyonati kasriga  qolayaptilar. Nega shunday boʻlayapti, degan savol esa yana oiladagi ota-onaning farzandlariga yetarli tarbiya bermaganiga borib taqaladi. Oʻgʻli, qiziga oila masalalariga bagʻishlangan biron kitobni olib berib, oʻqishga tavsiya qilmay, qayda yurib, qayda turayotgani bilan ishi boʻlmay, oilali qilishga oshiqadigan ota-onalar koʻp. Oila ilmini hayotdan oʻqiydi, deydiganlar ham koʻp.

Muqaddas islom dinimizda boʻy yetgan yigit-qizlar turmush qurmaslaridan oldin shu qiz kelgusida mening farzandlarimga yaxshi ona boʻla oladi, shu yigit yaxshi oila boshligʻi, farzandlarimga yaxshi ota boʻla oladi, deya ishonsagina turmush qurishga targʻib etilgan.

Afsuski, oilaviy hayotga yengil qarash, hayo, ibo, axloq tarbiyasi masʼuliyatini his qilmaslik koʻpgina muammolarga sabab boʻlayotganini hayotning oʻzi koʻrsatib turibdi.

Yana shunisi aniqki, har qanday muammoning ham yechimini topish mumkin, faqat bunga ishtiyoq boʻlsa... shunda mehrni hayvonlardan oʻrganishga  hojat qolmaydi. Axir biz hazrati insonlarmiz.

Oygul RAJABOVA,

jurnalist.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026