Kuyuk köpir ovulida obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlari ötkazildi
Xalqimizda azal-azaldan bahor kelişi bilan ota-bobolarimiz tomonidan uluğ qadriyatlarimizni asraş va uluğ ayyom şodiyona kunlarini yaxşi niyat bilan kutib oliş, atrof - muhitni kökalamzorlaştiriş, obodonlaştiriş va xayr-u saxovat yölidagi ezgu işlarni amalga oşiriş odat tusini olgan. Joriy yilda ham bahor kelişi bilan yurtimizda obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlari allaqaçon boşlab yuborildi.
Tumanimizda yangilaniş, yaşariş fasli – köklamning kirib kelişi bilan mahallalarda, köça-köylarda, barça işxonalarda obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş işlari ayni paytga kelib qizğin tus oldi. Ana şunday xayrli tadbir Kuyuk köpir ovulida uyuşqoqlik bilan amalga oşirildi.
Ovul hududidagi köçalar, yöl böylari va mahallalarda gul köçatlari, manzarali daraxtlar ekiş, daraxtlarni butaş va ohaklaş, köça va yöllarni tartibga keltiriş kabi xayrli işlarga aholi keng turda jalb qilindi. Şuningdek, bu jarayonda çiqindilarni tartibli ravişda olib taşlaş, qabristonlarni, ariq va zovurlarni tartibga keltiriş bilan bir qatorda keksa va nogironlar, boquvçisini yöqotganlar, yakka-yolğiz insonlarning holidan xabar olindi.
Şu örinda taʼkidlaş kerakki, taşkil etilayotgan bunday tadbirlar jarayonida xalqimizning yaratuvçilik salohiyatini keng namoyiş etişga, tozalik, ozodalik va saranjom-sariştalikning inson salomatligini asraşdagi ahamiyatini yoşlar ong-şuuriga yanada çuqurroq singdirişga alohida eʼtibor qaratiladi. Bunday xayrli işlarda, ayniqsa, yoşlar faollik körsatişadi. Obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş işlarini amalga oşirib, atrofga yanada fayz kiritişadi. Jamiyat hayotida faol iştirok etib, ayni paytda keksalik gaştini surayotgan keksalar, nogironlar, yakka-yolğiz yaşovçilar holidan xabar olib, ularning ham könglini obod qilişadi.
Kuyuk köpir ovulidagi Dehqon va Buyum bozorlarining hududi, atroflari tozalanib, daraxtlar ohaklandi. Maişiy çiqindilarni çiqarib taşlaşda hududdagi tadbirkorlar katta yordam qilişdi. Bu xayrli işda tadbirkorlar özlarida mavjud bölgan texnikalarni jalb qilib, yaqindan kömak berdilar. Obodonlaştiriş işlarida traktorçilardan Bahodir Şomurodov, Şuhrat Nurmanov, Şuhrat Samandarov, Şokir Xolboyevlar jonbozlik körsatib, faol qatnaşişdi.
Uşbu xayrli tadbir doirasida tuman Sanitariya- epidemiologiya markazi hamda 5-sonli qişloq oilaviy poliklinikasi işçi-xodimlari hamkorligida ovul aholisi örtasida tozalik va sanitariya qoidalariga rioya etilişi yuzasidan tuşuntiriş-tarğibot işlari ham ötkazildi.
Kökalamzorlaştiriş tadbirida ovulda katta yöl böylaridagi, köçalardagi barça ariqlar tozalandi, hududddagi muassasa va korxonalar hovlilariga, aholi xonadonlari tomorqalariga, köçalar va yöl çetlariga har xil, mevali va manzarali daraxtlar, gullar köçatlari ekildi.
Dono xalqimizning “Savob işni har kim, har kun qilişi kerak” naqli bejizga aytilmagan. Bunday xayrli işlarni inson har kuni öz uyida, mahallasida qilişining özi ham bir savobdir. Zero, toza va ozoda, saranjom-sarişta bölgan joydagina qut-baraka böladi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶