ÇEGARA HUDUD AHOLISI BILAN YIĞILIŞ ÖTKAZILDI
Qiliçboy ovul fuqarolar yiğinida mahallada ijtimoiy-maʼnaviy muhitni soğlomlaştiriş hamda çegara oldi hududida yaşaş tartib qoidalarini aholiga yetkaziş masalalariga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.
Yiğilişda ovul fuqarolar yiğini masʼul xodimlari, Davlat xavfsizlik xizmati Amudaryo tuman bölinmasi xodimi A.Qöçqorov, tuman hokimining çegara masalalari böyiça örinbosari O.Şomurodov, tuman hokimligi jamoat va diniy taşkilotlar bilan aloqalar böyiça boş mutaxassisi J.Yöldoşev, Davlat xavfsizlik xizmatiga qaraşli 9202 “K” harbiy qism komandiri A.Ravşanov, tuman boş imom-xatibi A.Matsapayev, şuningdek, ovul faollari, köça boşçilari va yoşlari iştirok etdilar.
Yiğilişni Qiliçboy ovul fuqarolar yiğini raisi Bahrom Qodirov oçdi va olib bordi. U öz sözida sönggi yillarda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan aholi farovonligini oşiriş böyiça bir qança qaror va farmonlar qabul qilinib, hayotga tatbiq etilayotganini, natijada yurtdoşlarimiz turmuş tarzi tobora obodlaşib borayotganini taʼkidladi. Şunday şaroitda yoşlar taʼlim-tarbiyasiga jiddiy eʼtibor qaratiş bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri ekanligini, yoşlar qalbida vatanparvarlik tuyğularini, milliy, maʼnaviy-madaniy qadriyatlarni mustahkamlaş, “Jaholatga qarşi – maʼrifat” ğoyasi asosida jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlaş, insonparvarlik, ezgulik va tinçlikni qadrlaş hamda diniy bağrikenglik va millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlaş asosiy vazifalardan biri ekanligi haqida töxtalib ötdi.
Söngra, sözga tuman hokimining çegara masalalari böyiça yordamçisi O.Şomurodov çiqib, şaxslarning çegara oldi zonasiga kirişi, undan çiqişi va ötişi, u yerda bölişi va yaşaşi, agar qonun hujjatlarida boşqaça tartib belgilangan bölmasa, içki işlar organlarining ruxsatnomasi asosida amalga oşirilişi, çegara oldi mintaqasiga kiriş va undan çiqiş, ötiş, u yerda vaqtinça böliş, yaşaş, harakatlaniş va işlar bajariş çegara qöşinlarining ruxsatnomasi asosida amalga oşirilişi töğrisida aytib, aholini “Özbekiston Respublikasining Davlat çegarasi töğrisida” Qonuni tartib-qoidalariga rioya etişga çaqirdi.
Tuman hokimligi jamoat va diniy taşkilotlar bilan aloqalar böyiça boş mutaxassisi J.Yöldoşev bugungi kunda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yoşlar taʼlim-tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratilayotganligini aytib, aholi, ayniqsa, yoşlarning mutaassib ğoyalarga beriliş holatlarining oldini oliş maqsadida böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş maqsadida hududdagi madaniyat va istirohat boğlarida mahalliy xonandalar, badiiy havaskorlik jamoalari, bolalar musiqa va sanʼat maktablari, dorbozlik va tsirk sanʼati ustalarining kontsert dasturlarini ötkaziş, öquvçi-yoşlar va keng jamoatçilik örtasida ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan turli ğarazli yot ğoyalarga qarşi mafkuraviy immunitetni şakllantiriş orqali yoşlar qalbida vatanparvarlik tuyğularini, milliy, maʼnaviy-madaniy qadriyatlarni mustahkamlaş, maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlaşda barça birdek masʼul ekanligini taʼkidlab ötdi. Söngra, sözga tuman boş imom-xatibi A.Matsapayev çiqib, mutaassiblik, ekstremizm va terrorizmga qarşi tarğibotni yanada kuçaytiriş, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda ijtimoiy-iqtisodiy hamda din sohasidagi olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkaziş kerakligini aytib, söngi yillarda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan diniy soha faoliyatini takomillaştiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar töğrisida töxtalib ötdi.
Yiğiliş sönggida sözga Qiliçboy ovul fuqarolar yiğini profilaktika inspektori M.Duysenboyev hududda jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş borasidagi işlarni yanada jadallaştiriş, yoşlarning tungi paytlarda ota onasi yoki ularning örnini bosuvçi şaxslarsiz yurişlarining oldini oliş hamda çet davlatlarga işlaş uçun çiqib ketayotgan fuqarolarning turli yot ğoyalar taʼsiriga tuşib qolişlarining oldini oliş kerakligini taʼkidlab ötdi.
Yiğilişda kun tartibidagi masala yuzasidan bildirilgan taklif va mulohazalarni inobatga olib, tegişli qaror qabul qilindi.
O. RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶