DÖSTLIK MAHALLASIDA SUMALAK SAYILLARI BOŞLANDI, BU - NAVRÖZDAN DARAK
Bahor faslining ajib tarovati, köngillarni yaşnatib, qalblarga huzur-halovat baxş etuvçi biri-biridan gözal bayramlari bor. Kuni-keça 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan boşlangan şukuhli bayram tadbirlari bahorning xuş taomi - sumalak sayillariga ulanib ketdi.
Darvoqe, sumalak! Bu taomning inson jismiga kuç-quvvat baxş etuvçi xuşböy taʼmidan ham muhimroq, azizroq jihati borki, bu – sumalakka şaylangan momolarimizning, yeng şimarib, tonggaça dahsar qozonlarga olov qalagan şijoatli yigitlarimizning, biri-biridan xuştabiat, pazanda kelin-u qizlarimizning ahil-u inoqligida, bir-biriga mehr-u oqibatida aks etgan va el-yurtni birlaştirguvçi qudratida namoyondir.
Uzun qiş tunlarida bahorni orziqib kutgan momolarimiz allaqaçon Navröz ayyomiga taraddudni boşlab yuborganlari-çi! Bugun tumanimizning qaysi göşasiga bormang, albatta, sumalak sayillariga oşno bölasiz. Qiz-u kelinçaklarni yonlariga olib, bobomeros qadriyatlarimizdan söz oçayotgan mana bu momolarimizning ğayrat-u şijoatlariga tahsin aytmay ilojingiz yöq.
Manğit şahrining Döstlik mahalla fuqarolar yiğini raisi Elmiraxon Ismoilova mahallaning har bir köçasida doşqozonlar qurib, sumalak saylini obod qilayotgan mahalladoşlaridan mamnun. Mahallaning “Çamanzor” köçasi ahlini birlaştirib, sumalak uçun buğdoy undirgan Habibaxon momo Yöldoşevaning himmatidan qöni-qöşnilarning kayfiyatlari baland. Bir tekis unib çiqqan buğdoy maysalari katta-katta toğoralarga solinib, Ozodboy oğa Yangiboyevning xonadonida doşqozon örnatildi. Rafiqasi Dilfuzaxon aya Eşimbetova qöni-qöşnilari, dugonalari va Qurbonoy momo Kamolova, Tursunoy opa Bobojonova hamda Rozajon ayalarni, mahallaning pazanda kelinlarini sumalakka çorladi. Hamjihatlik, özaro mehr-oqibat, dillardagi samimiyat çöği barçaning qalbiga iliqlik, xuşnudlik baxş etdi. Momolar boşlagan işga kelin-u qizlar kamarbasta böldilar. Biri olib, biri qöyib, lapar-u aytişuvlarga jör bölgan kelinlarga yigitlar yaqin kömakdoş bölişdi. Buğdoy maysalarini kelida tuyiş, suv yetkazib beriş, ötin yoriş yumuşlari ham juda yengil köçganidan barça mamnun, sumalak tayyorlaşga kirişdilar. Biri-biridan çaqqon kelinlar Şirinoy, Şarofatxon, Malohatxon, Zaynabxon, Gulnozaxon hammadan asal tilli Şarofatxon, Dilbarxon-u mahallaning yana bir şarofatli kelini Şarofatxonlar barça yumuşni badastir ado etişdi.
Ozodboy oğa boşçiligidagi epçil va çaqqon yigitlar Bahrom, Mansur, Ixtiyor, Eldorbek va Kenjaboylar ötin yoriş bahsida biri-biridan qolişmadilar.
Sumalak qaynab, rangi tiniqlaşgan sari göyo köngillar ham tozardi, onaxonlar va kelin-u qizlar qalbida kuy-qöşiqqa moyillik uyğondi. Buni qarangki, sozanda-yu göyanda ham özlaridan çiqdi. Murodjon oğa Eşmonov rubob çaldi, nevarasi Valijon bobosiga jör böldi. Kuy-qöşiq sehriga hamohang qaynayotgan sumalak hidi olamga taraldi. Hamma xursand, hamma tungi bedorlikni, çarçoqni unutdi. Döstlik mahallasi fuqarolar yiğini raisi Elmiraxon Ismoilova mahalla ahlining mehr-oqibatidan mamnun bölib, keksa onaxon Qurbonoy momoning boşiga römol taşladi. Momo esa qöllarini duoga oçib, mahalla yoşlariga barkamollik, el-yurtga oğizbirçilik hamda omonlik, Vatanimizga tinçlik-osoyiştalik tiladi.
Mehr va samimiyat çöğida ollanib pişgan sumalak dasturxonlarga tortilganida butun Döstlik mahallasiga sumalakning xuşböy ifori taraldi.
Şu kuni mahallaning Nizomiy nomli köçasi aholisi ham Navröz bayrami arafasida tonggi dasturxonlariga qaynoqqina sumalak tortdilar. Mahallaning Döstlik köçasidagi yoş kelinlar va yigit-qizlar, nuroniy otaxon va onaxonlar boşçiligida doşqozon örnatib, sumalak saylini boşlab yubordilar.
Bugun Döstlik mahallasining qay bir köçasiga bormang, aholining birdamligiga, xursandlik bilan sumalak saylini boşlayotganiga guvoh bölasiz. Zero, amudaryoliklar qalbini bir maqsad yölida birlaştirib, yangi dehqonçilik yili boşlanadigan qutluğ kun – Navrözi olam tantanalari, avvalo keksalar duosi bilan ana şunday samimiyat qulf urgan sumadak sayillaridan boşlanadi. Bu – kelayotgan yangi dehqonçilik yili – Navrözi olamning elga baxş etguvçi barakasi, uluğ nasibasidan darak. Xuşböy, şirin sumalaklar pişirgan momolarimizning duolari ijobat bölmoğiga işora.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶