ONALARGA, AYoL-QIZLARGA EHTIROM KÖRSATILDI
Tumanimizdagi 60-sonli umumiy örta taʼlim maktabida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bağişlangan tadbir bölib ötdi.
Tadbirga maktab öqituvçilari, öquvçilari va ularning ota-onalari iştirok etdilar.
Tadbirda har bir sinf öquvçilari uşbu sanaga bağişlangan dasturlarini namoyiş etdilar, 7-sinf öquvçilari rus tilida tayyorlagan dasturini “Mama – solnişko moyo” deb nomladilar. Dasturdan muhtaram va uluğ zot – onalarga bağişlangan şeʼr, qöşiq, raqs va sahna körinişlari joy olganligi, ularni öquvçilar mahorat bilan ijro etganligi diqqatga sazovor böldi.
Şuningdek, 6-sinf öquvçilari tayyorlagan “Ayol borki, olam munavvar”, 7-sinf öquvçilari tayyorlagan “Jannat onalar oyoği ostidadir” deb nomlangan musiqiy kompozitsion dasturlar ham namoyiş etildi. Uşbu dasturlarda, şuningdek, “Onam va men” nomli rasmlar körik-tanlovida ham öquvçilarning özlarini oq yuvib, oq tarab voyaga yetkazgan mehribon va munis onalariga bölgan samimiy mehri, muhabbati aks etib turdi.
Maktabda ötkazilgan tadbir öqituvçilargagina emas, tadbir mehmoni sanalmiş onalarga ham juda manzur böldi.
Tozagul SAFARNIYoZOVA, 60-sonli maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶